- 77 -
Angliya va Uelsda 23000 boshlang`ich va o`rta maktablarning 400000 o`qituvchisini qayta
tayyorlash uchun har yili 800 millionga yaqin dollar sarflanadi.
Norvegiya hukumati malaka oshirish kurslariga o`qituvchilarning qatnashuvini mablag` bilan
qo`llab-quvvatlashni o`z zimmasiga oladi. O`qituvchiga islohotlar bilan bog`liq predmet bo`yicha
bilimlarni mustahkamlash va boshqa maktab masalalari bo`yicha shaxsiy javobgarlik yuklanadi.
Daniyaning har bir maktab boshqaruv kengashi yillik byudjetdan o`qituvchilar malakasini oshirish
uchun kerakli mablag`ni ajratishni zim- masiga oladi. Har bir maktab direktori maktabning
o`qituvchilarni qayta tayyorlash siyosatini aniqlaydi, har bir mashg`ulot turiga fond ajratish,
o`qituvchilarni kurslarga taqsimlash masalalarini bajaradi.
Gresiya ta`lim vazirligi o`qituvchilarni tayyorlashning barcha turlari bo`yicha mablag`larni
rejalashtirish va boshqarishga javob beradi. O`z vaqtida mintaqaviy boshqaruv organlari ijro etuvchi
rolini o`ynaydi.
5 oylik tayyorgarlik kurslarini yo`l-yo`lakay o`tovchi doimiy o`qituvchilar hali ishga kirmagan,
tayyorgarlik bosqichini o`tagan o`qituvchilar bilan almashadilar. Belgiyada o`quvchilar ta`tilga
chiqqanida o`qituvchilar uchun 2-3 kunlik tayyorgarlik kurslari uyushtiriladi.
O`zbekistonda o`qituvchilar malakasini oshirishni o`tkazishning asosiy tomonlari :
-o`qituvchilarning kasbiy mahoratlarini o`z predmeti bo`yicha oshirish;
— o`qitishning yangi usullarini o`rganish;
— tajriba almashish va tajribali pedagoglarning ta`limi;
— kompyuter malakasini o`rganish va takomillashtir ish.
Asosiy zaif tomonlar:
— o`qitishning yomon usullari;
— zarur va zamonaviy adabiyotlarning etishmasligi;
—malaka oshirish institutlaridagi yomon sharoit;
— keraksiz predmetlarning ko`pligi;
— kompyuter texnologiyasini egallashining past darajasi;
— yuksak malakali pedagoglarning etishmasligi.
O`zbekistonda o`qituvchilar malakasini oshirish tizimini takomillashtirish usullari:
— chet davlatlarda stajirovka va chet el tajribasini o`rganish;
— malaka oshirish institutlariga tajribali ma`ruzachilarni jalb qilish;
— zamonaviy metodik adabiyotlarning qo`llanilishi;
— kompyuter malakalarini o`zlashtirish;
— malaka oshirish institutlarining mintaqaviy filiallarini tashkil qilish;
— o`qitishning zamonaviy usullari;
— amaliy mashg`ulotlar ustuvorligi;
— o`quvchilar fikriga e`tibor berish;
— o`quvchilar ehtiyojlariga katta e`tibor berish.
O`qituvchilar doimiy kasbiy rivojlanishda o`z ehtiyojlarini aniq belgilay oladilar. Ular o`qitish
usullarini boshqa tajribali o`qituvchilar bilan muhokama qilib aniq baholay oladilar va kompyuter
malakalarini takomillashtiradilar. Bir vaqtda o`qituvchilarning aksariyati ma`ruzalarni qiziq emas va
zerikarli, o`qitish usullarini yomon va ba`zilari xatto malaka oshirish institutlariga qatnashish vaqtni
va pulni bekorga sarflash deb hisoblaydilar.
Vaziyatni o`zgartirishning birinchi usuli — chet el tajribasini qo`llash hisoblanadi.
Yevropada o`qituvchilar tarkibini takomillashtirish talablarini tahlil qilish an`anasi
shakllangan. Rivojlanish rejasi mavjud institutlarda takomillashish zarurati xodimlar bo`yicha
yig`iladi va jamoatchilik e`tiboriga havola qilinadi.
Do'stlaringiz bilan baham: