O’quv metodik material o’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi namangan muhandislik pedagogika instituti


Taraqqiyotning milliy modellari va ularning mazmuni



Download 1,75 Mb.
Pdf ko'rish
bet31/57
Sana13.03.2022
Hajmi1,75 Mb.
#492659
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   57
Bog'liq
milliy goya asosiy tushuncha va tamoillar

Taraqqiyotning milliy modellari va ularning mazmuni. 
Bunday ulkan vazifani bajarishdan 
oldin jahonda mavjud bo‘lgan iqtisodiy rivojlanish modellarini o‘rganish zarur edi. Ma’lumki, 
jahonda milliy taraqqiyot modellari ko‘p bo‘lib, ularni asosan Evropa va Osiyo taraqqiyot 
modellariga ajratish mumkin. Bu modellar shu qit’ada yashayotgan tub aholisining nomi bilan 
ataladi. Bunda Evropa mamlakatlari iqtisodiy taraqqiyot modellari turkumiga: nemis, britan, 
fransuz, shved; Osiyo mamlakatlari iqtisodiy taraqqiyot modellari guruhiga: yapon, koreys, hind, 
xitoy modellari kiradi. 
45
Қаранг: Ўлмасов А.,Ваҳобов А.В. Иқтисодиёт назарияси. Дарслик. -Т.: Шарқ;, 2006. -B.79. 


Bunda, nemis modeli ijtimoiy yo‘naltirilgan bozor iqtisodiyotiga, britan modeli iqtisodiyotni 
davlat tomonidan tartibga solishga, fransuz modeli davlat tadbirkorligiga, shved modeli ijtimoiy 
tenglik va adolatni ta’minlash ustuvorligiga asoslangan xrlda iqtisodiy faoliyat olib borishga 
saratilganligi bilan ajralib turadi. 
Osiyo mamlakatlaridagi yapon modeli iqtisodiyotni yaponcha hayot tarzi an’analariga 
muvofiq "oila+jamoa"ni uyg‘unlashtirish asosida jamiyatni ijtimoiy tashkil etish, koreys modeli 
investitsiyalarni jalb etish; hind modeli korxonalarning innovatsion faolligi; xitoy modeli 
industrlashtirish, shaharlashtirish, marketinglash va baynalmillashuv, shuningdeq iqtisodiyot, 
siyosat, madaniyat, jamiyat va ekologiya sinteziga asoslanadi
178
. Ushbu modellarning ishlash 
mexanizmlari, ular keltirib chiqaradigan natijalar tuliq o‘rganib chiqilgandan so‘ng, ulardan nusxa 
ko‘chirilmasdan, o‘zbek xalqining manfaatlariga mos keladigan va ularni porloq kelajak uchun 
boshlab boradigan taraqqiyotning yangi "o‘zbek modeli" O‘zbekiston Respublikasining Prezidenti 
I.A.Karimov tomonidan 1992 yilda yozilgan "O‘zbekistonning o‘z istiqlol va taraqqiyot yuli" nomli 
kitobi va keyingi asarlarida ilmiy jihatdan asoslangan holda ishlab chiqildi va hayotga tadbiq etildi. 
2.
"O‘zbek modeli"ning mohiyat-mazmuni. Uning kishilar tafakkurini yangilashda tutgan 
o‘rni va roli 
"O‘zbek modeli”ning asosiy maqsadi va vazifalari. "O‘zbek modeli"ning asosiy maqsadi 
bozor iqtisodiyotiga asoslangan erkin demokratik jamiyatni barpo etishdan iborat bo‘lsa, asosiy 
vazifalari esa iqtisodiy, ijtimoiy, siyosiy, ma’naviy va boshqa sohalarda tub o‘zgarishlar va 
islohotlarni amalga oshirish, xalqning turmush farovonligini yuksaltirish, komil insonlarni 
tarbiyalab voyaga etkazishdan iborat. 
"O‘zbek modeli"ning mohiyati va mazmuni. "O‘zbek modeli"ning mohiyati-mazmunini 
millati, tili va dinidan qat’i nazar, davlatimizda yashovchi barcha kishilar uchun munosib hayot 
sharoitini yaratib berish, har bir inson uchun ijtimoiy kafolatlangan turmush darajasini va 
erkinliklarini ta’minlash, xalqimizning qadriyatlari va mentalitetiga, milliy davlatchilik an’analariga 
tayanish, dunyo tajribasining ilgor yutuqlariga asoslanish, umuminsoniy qadriyatlar ustuvorligini 
ta’minlash masalalari tashkil etadi. 
"O‘zbek modeli"ning asosiy tamoyillari. "O‘zbek modeli"ning asosiy tamoyillari: 1) 
iqtisodiyotning mafkuradan xoliligi, siyosatdan ustunligi; 2) davlat - bosh islohotchi; 3) bozor 
munosabatlariga tadrijiy yo‘l bilan bosqichma-bosqich o‘tish; 4) qonun ustuvorligi; 5) kuchli 
ijtimoiy siyosat yuritishdan iborat. 
"O‘zbek modeli”ning kishilar tafakkurini yangilashda tutgan o‘rni va roli. "O‘zbek 
modeli"ning kishilar tafakkurini yangilashda tutgan o‘rni va roli quyidagilar: birinchidan, 
odamlarning dunyoqarashini tubdan o‘zgartirib, mustaqillikning ulug‘ saodat ekanligiga ishonchini 
mustahkamlaganligi; ikkinchidan, iqtisodiy erkinlik - shaxs, oila, mehnat jamoasi, ijodiy 
guruhlarning tashabbuskorligi va tadbirkorligini kuchaytirib xalq farovonligini oshirayotganligi; 
uchinchidan, xususiy mulkning daxlsizligini ta’minlab, uning mavqeini kuchaytirayotganligi; 
to‘rtinchidan, aholining nochor qatlamlari, bolalar, talabalarning ijtimoiy jihatdan qo‘llab 
quvvatlanayotganligi; beshinchidan, ta’lim-tarbiya tizimini tubdan o‘zgartirib, komil insonlarni 
voyaga etkazishga xizmat qilayotganligi; oltinchidan, jahonda o‘zbek degan xalqning borligini har 
tomonlama namoyon qilayotganligi va boshqalar bilan ifodalanadi. SHuning uchun ham bu 
modelning o‘zbek xalqi hayotida tutgan o‘rni va roli haqida I.A.Karimov: "...biz tanlagan taraqqiyot 
strategiyasining naqadar to‘g‘ri bo‘lganini hayotning o‘zi yana va yana bir bor tasdiqlab 
bermoqda"
46
, - degan edi. 
3.
Komil insonlarni tarbiyalab voyaga etkazish - ma’naviy yangilanishning pirovard natijasi 
Inson tushunchasi. Inson - har qanday falsafiy ta’limotning asosini tashkil etuvchi 
46
Каримов И.А. Мамлакатимизни демократик янгилаш ва модернизация қилишга қаратилган тараққиёт йўлимизни қатъият билан 
давом эттириш - бош мақсадимиздир // Халқ; сўзи, 2014 йил, 6 декабрь. 


fundamental falsafiy kategoriya hisoblanadi. Inson tushunchasiga aniq ta’rif berish uchun uni 
olamda mavjud bo‘lgan boshqa biologik mavjudotlardan ajratib turuvchi eng muhim xususiyatlarni 
aniqlash zarur. Ta’kidlash zarurki, eng avvalo, inson boshqa tirik mavjudotlardan o‘zining xotirasi, 
tafakkuri, tili borligi bilan ajralib turadi. Ayniqsa, til uning ajdodlari va avlodlari orasidagi 
vorisiyliq aloqadorlik vazifasini bajaradi. Inson nasliga xos barcha genetik xususiyatlar, axloqiy 
normalar, uning faoliyatini boshqaruvchi dasturlar xuddi shu til orqali ajdodlardan avlodlarga 
o‘zatiladi. Boshqa tirik mavjudotlardan insonning tub sifatiy farqni ifodalovchi xususiyatlardan 
yana biri uning o‘z amaliy faoliyatini tartibga sola bilishidir. Bu holat insonning insoniyligini 
belgilovchi eng muhim xususiyat, madaniyat ekanligini ifodalaydi. SHuningdek insonning o‘z 
turmushi uchun zarur bo‘lgan moddiy va ma’naviy boyliklarni ishlab chiqarish malakasiga egaligi 
ham ana shunday xususiyatlardan biri hisoblanadi. Inson xayotida mehnat asosiy rol o‘ynaydi. 
Mehnat tufayli inson o‘zi yashayotgan tabiiy muhitni o‘zgartiradi, moddiy va ma’naviy boyliklar 
yaratadi, o‘z-o‘zini o‘zgartiradi. 
Bugungi kunda faylasuflar inson uchta buyuk qudrat:tana, ruhiyat va ma’naviyatning 
yig‘indisi ekanligini uqdirmoqdalar. Bunda insonning biologik holatideganda uning tanasida sodir 
bo‘ladigan morfofiziologik genetik miyasida ro‘y beradigan elektroximik o‘zgarishlar, uning yoshi, 
irqi va jinsini ifodalovchi alomatlar; tushuniladi. Insonning ruhiy holati haqida fikr yuritganda 
uning his-tuyg‘ulari, kayfiyati, kechinmalari, irodasi, temperamenti anglanadi. Insonning 
ma’naviyati jamiyatda mavjud bo‘lgan ob’ektiv shart-sharoitlar va sub’ektiv omillar natijasida 
shakllangan fazilatlar, xislatlar, qobiliyatlar, malakalar yigindisidir. YUqoridagi fikr-mulohazalar 
insonning murakkab, bir butun biosotsial jonzot ekanligidan dalolat beradi. 
YUqorida bayon qilingan fikrlarni umumlashtirgan holda inson tushunchasiga quyidagicha 
falsafiy ta’rif berish mumkin. 
Inson 

Download 1,75 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   57




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish