O’quv metodik material o’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi namangan muhandislik pedagogika instituti



Download 1,75 Mb.
Pdf ko'rish
bet22/57
Sana13.03.2022
Hajmi1,75 Mb.
#492659
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   57
Bog'liq
milliy goya asosiy tushuncha va tamoillar

1.
 
Tahdid tushunchasi, uning mohiyat-mazmuni, tur va shakllari
 
 
Tahdid tushunchasi. 
"Tahdid" arabcha “do‘q qilish, qurqitish", degan so‘zdan olingan bo‘lib, 
kundalik hayotda "birovni qurqitish, unga duq po‘pisa qilish hamda biror falokatning, qo‘rqinchli voqeaning 
sodir bo‘lish xavfi"
12
, degan ma’nolarni anglatish uchun ishlatiladi. Falsafiy ma’noda "Tahdid - inson, jamiyat 
va davlat hayoti hamda faoliyatiga nisbatan muayyan davr mobaynida aniq maqsadga yo‘naltirilgan mahalliy, 
12
Қаранг: Ўзбек тилининг изоҳли луғати. Ж.4. Т-Ш. -Т.: "Ўзбекистон миллий энциклопедияси" Давлат илмий нашриёти, 2008. -Б.41. 


xududiy, mintaqaviy va umumsayyoraviy salbiy omillarning tajovuzi tufayli aniq makon va zamonda vujudga 
keladigan xavf-xatar shakli, muayyan barqaror siyosiy-ijtimoiy va tarixiy vaziyatni ifodalovchi tushuncha"
13
bo‘lsa, jamiyatning rivojlanishiga ta’siri, ya’ni tor ma’noda esa tahdid deb, makon va zamonda mavjud bo‘lgan 
real jamiyatning ijtimoiy tuzilmalarini zaiflashtirishga, qolaversa, emirishga qaratilgan shaxsiy, mahalliy, 
xududiy, mintaqaviy omillarning qo‘rqitish, do‘q, pupisa qilishdan iborat bo‘lgan xatti-harakatlariga aytiladi. 
Tahdidlarning xususiyati va taraqqiyot soxalariga o‘tkazadigan ta’sir darajasiga qarab, inson, shaxs, 
fuqaro, millat, davlat, jamiyat, mintaqa, global, ichki va tashqi, katta va kichik shuningdek iqtisodiy, sotsial, 
siyosiy, ekologik demografik mafkuraviy, harbiy, tabiiy-iqlimiy, makon nuqtai nazaridan esa, uzoq va yaqin va 
boshqa shakllarga ajratish mumkin. Ammo ular qanday shaklda yuzaga kelishidan qat’i nazar, o‘zining 
mohiyat-mazmuniga ko‘ra jamiyat taraqqiyotiga qarshi qaratilgan kuch hisoblanadi. 
Tahdidlarning tur va shakllari, ularning mohiyat-mazmuni. Bugungi kunda o‘zbek xalqining mustakilligiga, 
uning tinch-osuda yashashiga, ijtimoiy-iqtisodiy, siyosiy-huquqiy va ma’naviy-madaniy tuzilmalariga 
solinayotgan tahdidlarni quyidagi tur va shakllarga ajratish mumkin. 
Siyosiy tahdidlar: tashqaridan reaksion eksremistik partiya va boshqa uyushmalarning kirib kelishi va 
buzg‘unchi g‘oyalarni tarqatishi; har xil "rangli inqilob"lar bahonasida mamlakatning ichki ishlariga aralashish; 
diniy ekstremizm va separatizm; xalqaro terrorizm, uyushgan jinoyatchiliq qurol-yaroq savdosi, narkotik 
moddalarni tarqatish; hokimiyatning yuqori bo‘g‘inlarida korrupsiya va poraxo‘rlikning avj olishi va boshqalar. 
Iqtisodiy tahdidlar: "xufyona" iqtisodiyotning avjga chiqishi; iqtisodiy dezintegratsiya; banklarning to‘lov 
qobiliyatini yuqotishi; tashqi kuchlarning jahon iqtisodiyotiga yo‘l qo‘ymaslikka urinishi; raqobatga bardosh 
berolmaslik va ishsizlikning yuqori darajada mavjudligi va boshqalar. 
Bularni shartli ravishda ichki va tashqi tahdidlarga ajratish mumkin. Bunda tashqi tahdidlar deb 
buzg‘unchi kuchlarning mamlakatga tashqaridan kirib kelgan holda uning ijtimoiy tuzilmalarini yo‘q qilishga, 
xalqni ma’naviy-mafkuraviy jihatdan parokandalikka uchratib o‘zlariga tobe qilishga qaratilgan xurujlarga 
aytiladi. Ichki tahdidlar, odatda, nosog‘lom mahalliychilik, yonidagilarni mensimaslik, vatandoshlarning halqqa 
xiyonat qilishi, "ma’naviy emigratsiya" (baxtini o‘z vatanidan emas, o‘zga joylardan qidirish); odamlarni boy 
kambag‘alga bo‘lib muomala qilish; poraxo‘rlik va korrupsiya; qo‘pollik; ashaddiy millatchilik; merkantilizm - 
ortiqcha mol-dunyoga xirs qo‘yish; befarqlik va loqaydlik; o‘zligini anglamaslik va boshqa shu kabi illatlar 
shaklida bo‘ladi. 
Bular ichida eng xatarlisi ma’naviy-mafkuraviy tahdid sanaladi. Ularni ham shu yo‘sinda ichki va tashqi 
tahdidlarga ajratish mumkin. SHunga ko‘ra tashqi mafkuraviy tahdid 
-
bu mamlakatimizdagi tinchlik barqarorlik va xavfsizlik tizimini izdan chiqarish uchun 
tajovuzkor g‘oya tarafdorlari tomonidan tashqaridan turib mamlakatimiz ichkarisiga tomon xuruj qilishidir. 
Bu xuruj: 1) o‘z missionerlarini yuborish; 2) kitob, gazeta, jurnallarni yuborish; 3) maktablar ochish; 4) 
qo‘shma korxonalar ochish; 5) yoshlarni chet elga olib borib o‘qitish; 6) moliyaviy yordam-ko‘mak berish; 7) 
demokratiya tarafdorlarini qo‘llab quvvatlash; 8) "dindosh", "millatdosh"larga g‘amxo‘rlik qilish kabi 
niqoblangan ishlar asosida olib boriladi. 
Xo‘sh, "tahdid" kuchmi yoki xodisa, omil yoxud jarayon; ularning negizida nimalar turadi; u xavf-
xatardan nimalari bilan farq qiladi, degan bir qator savollarga javob qaytarish kerak bo‘ladi. 
Avvalo, shuni ta’kiddash lozimki, bu tushunchaning maqomiga aniq javob qaytarish murakkab masala. 
CHunki uning real xolatda faqat qurol vositasidagi ko‘rinishini aniq tasavvur etish mumkin. Boshqa barcha 
xolatlarda ko‘zga ko‘rinmas, mavxum, zimdan amal qiladi. Uning ana shu ta’siri moddiy borliq sifatida 
namoyon bo‘lgandagina uni sezish, anglab etish va ko‘rish mumkin bo‘ladi. Bu uzoq davom etadigan 
jarayondir. Ma’naviyatga qarshi qaratilgan tahdidlarning moxiyati va ta’sirini tez anglab etishning murakkab 
jihati, uning ong va dunyoqarash bilan bog‘liqligidir. Inson botiniga joylashib olgan har qanday salbiy 
ta’sirlardan ozod bo‘lish juda murakkab masala hisoblanadi. 
Ana shu fikrimizga asoslanib aytish mumkinki, tahdidga moddiy kuch, omil va nazariy jarayon sifatida 
qarash mumkin. Qachonki, u moddiylik asosida (qurol, vosita ko‘rinishida) yuzaga keladigan bo‘lsa, kuch 
darajasida namoyon bo‘ladi. Ma’naviyat, g‘oya va mafkuralar ko‘rinishida yuzaga kelgan tahdidlarning 
barchasi ong va dunyoqarashga joylashadigan bo‘lsa, u asta-sekin moddiylikka aylanadi. Bu tahdidning nazariy 
jarayon sifatidagi jixati hisoblanadi. Ularning barcha ko‘rinishi taraqqiyot uchun nixoyatda xatarlidir". Bunday 
ko‘z ilg‘amas tahdidlar qancha keng tarqalsa, o‘zbeklarning g‘oyaviy birligiga shuncha ko‘p zarar etkazadi, 
13
Қаранг: Маънавият: асосий тушунчалар ва изохли луғат. -Т.: Ғафур Ғулом номидаги нашриёт-матбаа ижодий уйи, 2009. -Б.546-547. 


parokanda qiladi, hamjihatlik bo‘lmaydi. G‘oyaviy birligi mo‘rt millatning davlat xavfsizligi ham mo‘rt 
bo‘ladi. 

Download 1,75 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   57




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish