94
2) rastrli GIS.
Vektorli GIS vektor ko‘rinishidagi ma’lumotlarni yuqori aniqlikdagi nuqta,
chiziq va poligon shaklida kiritadi. Bu shahar territoriyalari yoki ko‘chmas mulk
chegaralarini aniqlashda muhim o‘rin egallaydi.
Rastrli GIS bunda xarita ma’lumotlari rasm ko‘rinishida bo‘ladi. Bu ma’lumotlar
skaner yoki digitayzer yordamida kiritiladi. Rastr ma’lumotlar
statistik tahlil yoki
vektorli GIS holatiga o‘tkazishda ishlatiladi.[1]
Soddaroq geografik axborot tizimini yaratish uchun foydalanuvchidan Html
tilida JavaScript tilini qollay olish imkoniyatiga ega bo‘lishi kerak. Bunda u JavaScript
tilida hodisalarni qayta ishlashni va Html tilining IMG, MAP va AREA teglarini juda
yaxshi o‘zlashtirgan bo‘lishi lozim.
elementi grafik fayllarga ilovalar hosil qilish uchun ishlatiladi (image).
U oxirgi tega ega emas va uning uchun kerakli bo‘lgan ma’lumotlar atributlar orqali
beriladi.
IMG elementining alohida qismlari ilovalar bilan bog’liq
va bir sahifadan
boshqasiga o‘tishni amalga oshirib bera oladigan rasmlar va tasvirlar yaratish imkonini
beradi. Bunday tasvirlarni kartalar (map) deb ataladi. Agarda kartadagi sichqoncha
bilan turtishni serverda joylashgan programma qayta ishlasa, u holda elementga ismap
atributi qo‘shiladi va u quyidagicha yoziladi:
usemap =“usemap”
Ushbu nom AREA va MAP elementlarining tegishli
atributlari bilan mos
keltiriladi va bu kartaning konfiguratsiyasini aniqlaydi. Usemap atributining berilishi
IMG elementiga A elementi uchun xos bo‘lgan xususiyatlarni beradi, ya’ni,
bunda
sahifalararo o‘tishlarni amal ga oshirish mumkin bo‘lib qoladi. Ba’zi paytlarda esa
AREA, IMG va MAP elementlarining birgalikda ishlatilishi kerak bo‘lib qoladi.
elementlari kartaning aniqlanilishi uchun kerak.
Uning ichida karta maydonlari AREA elementlari yordamida aniqlanadi va kartaning
nomi quyidagi atribut orqali beriladi:
name=“Nomi”
Kartaning har bir maydoni uchun o‘z IMG elementi hosil qilinishi kerak. Bu
element esa o‘z tarkibiga ilovani ko‘rsatuvchi href atributini olishi lozim:
href=“Manzil”
Kartaning tasviriga muqobil bo‘lgan matnni aniqlash
uchun ishlatiladigan
quyidagi atributni aniqlash zarur emas:
Alt=“TuShuntirish matni”
Bu atribut matnli brouzerlar uchun zarur, ammo u izoh tariqasida ham ishlatilishi
kerak. Kartadagi maydonning qandayligini aniqlash atributlarini
berish zarur. Umuman, uch turdagi maydonni aniqlash mumkin: aylana
(circle), to‘rtbutchak (rect) va ixtiyoriy ko‘rinishdagi ko‘pburchak (polygon).
Aylanma maydonini aniqlash shabloni quyidagicha:
shape=“circle” coords=x,y,r
Ixtiyoriy konfiguratsiyaga ega bo‘lgan maydonni aniqlash uchun ko‘pbutchakning har
bir burchagi koordinatalari (x, y) quyidagicha
beriladi:
shape=“poly” coords=x1,y1, x2,y2, x3,y3
95
To‘gri to‘rtburchakli maydonni aniqlashda
uning yuqoridagi chap
va o‘ngdagi pastki burchaklari koordinatalari beriladi:
shape=“rect” coords=x1,y1, x2,y2 [2]
Do'stlaringiz bilan baham: