Konstruktiv elementlarni o„rnatish. Tashqi devor
panellarini o„rnatish.
YAngi qavatdagi montaj ishlarini boshlashdan oldin, orayopma yuzalarini tekislash, tirqish
(g‗ovak) va boshqa notekisliklarni bekitish ishlari bajariladi.Keyinchalik qamrovni butun perimetri
bo‗ylab (ayrim holda butun bino) tashqi devor panellarini o‗rnatiladigan joylarini aniq belgilanib,
kerakli o‗q belgilari (qayd qilinadi) chiziladi, vertikal o‗qlar bo‗yicha vertikal choklarni va panellar
tekisliklarini holati aniqlanadi, qavat bo‗yicha montaj gorizonti mahkamlanadi.
Montajga tayyorlanish
. Har bir panelni ostiga yog‗och taxtachalardan 2 marka qo‗yiladi,
ularni qalinligi nivelirlash natijalariga ko‗ra o‗zgarishi mumkin, lekin o‗rtacha 12 mm atrofida bo‗lishi
kerak. Ularni binoning tashqi devor tekisligiga Yaqin yon qirralaridan 15...20 sm masofada o‗rnatiladi.
SHu markalarning hisobiga panellarni vertikal balandligi bo‗yicha aniq o‗rnatishga erishiladi, chunki
panel butun tayanch yuzasi bo‗ylab yangi qorishmaga o‗stiga tushirilganda, shu markalarga tayanadi.
Pastdagi tashqi devor panellarni ustki qirralariga yupqa mastika qavati (―izol‖)ga yoki shunga
uxshash materialga bir nechta element uchun g‗ovak gernit chilviri (arqoni) yotqiziladi. Bevosita
panellarni o‗rnatishdan oldin chilvirni (shnur) ustki qismi mastika bilan qoplanadi, mayaklardan 3…5
mm yuqori qilib plastik qurilish qorishmasi yotqiziladi. Tashqi devor panellari uchun qorishma qatlami
tashqari qirrasiga 2…3 sm ga etmaydigan qilib tushaladi, chunki qorishma tashqariga siqib chiqarilib
fasadni buzmasligi kerak. Devor panellarini o‗rnatishda gernit chilvirini (shnurini) siqilishi kamida
40%gacha bo‗ladi. Keyinchalik osma lyulkalardan turib tashqi atmosfera ta‘siridan saqlash uchun,
tashqi tarafdagi barcha tutashuv joylariga germetik pasta qatlami so‗riladi, va u qurigandan keyin
uchun ustidan odatda kremniyorganik emaldan himoya qatlami bajariladi.
Tashqi panellar vertikal chok holatini qayd qiluvchi o‗q belgilari , panelning tashqi qirrasi -
devorni chetki chizig‗i va devorni ichki tekisligi aniqlovchi chizig‗i bo‗yicha o‗rnatiladi. Panel o‗z
joyiga o‗rnatilib, stroplar bo‗shatilmagan holda uning holati montaj lomlari bilan to‗g‗rilanadi. Panel
to‗g‗rilangandan so‗ng, u ikkita siquvchi muftali tayanchlar bilan mahkamlanadi, tayanchlar orayopma
plitalarining montaj ilmoqlariga mahkamlanadi, panel vertikal holatga muftalar orqali to‗g‗rilanib olib
kelinadi. Keyinroq strop ilgaklarni bo‗shatiladi, panelni gorizontal choklari zichlanadi va
to‗g‗rilanadi .
Panelni qorishma tushamasiga o‗rnatayotganda uni ichkariga qarab ozgina qiyaroq o‗rnatiladi,
bu mayak qistirmalarini devor tashqi qirrasiga Yaqinroq o‗rnatish bilan erishiladi. Panel vertikal
holatga tayanch tirgaklarni uzunligini o‗zgartirish hisobiga olib kelinayotganda , tashqi qirra ostidagi
qorishma zichlanadi. Panel o‗rnatilayotganda tashqi tomonga qiyalanishi mumkin emas, chunki u
vertikal holatga olib kelinayotganda panel bilan qorishma orasida tirqish paydo bo‗lishi va uni aniqlash
va osma lyulkadan bekitish ancha murakkabdir. Vaqtincha mahkamlash va shoqul yordamida
to‗g‗rilash uzun va qisqa tirgaklar yordamida bajariladi. Uzun podkos orayopma plitasini montaj
ilmog‗ini panelni yuqori qismi bilan bog‗laydi, qisqa podkos 1.7 m balandlikdagi paneldagi montaj
ilmog‗i bilan bog‗laydi. Qisqa podkoslar qo‗llanilganda panellarni mahkamlash orayopma plitalaridan
narvon va so‗rilar qullamasdan amalga oshiriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |