Bog'liq Bino va inshootlarni barpo etish texnologiyasi
Binolarni statik ishlash variantlari .Ko‗p qavatli binolar qurilishi amaliyotida binoni har-xil
statik ishlash sharoitiga javob beradigan ramali, rama-bog‗lamali va bog‗lamali karkasning
konstruktiv sxemalari qo‗llaniladi.
Ramali sxema –ustun, rigel va orayopma plitalarning o‗zaro bir-biri bilan birikishidan tashkil
topgan bikir va turg‗un, mustahkam fazoviy sistemadan iborat. Barcha vertikal va gorizontal
yuklamalarni ustun va rigellarning bikir qilib ishlangantugunlari qabul qiladi. Bunday sistema juda
sermehnatli va metall sarfi ehtiyoji yuqoridir. Bu sxema texnologik talablar bo‗yicha ustunlar
oralig‗ida ko‗ndalang va bo‗ylama parda devorlar yoki bog‗lamalar o‗rnatilishi mumkin bo‗lmasa
qo‗llaniladi.
Bog‘lamali sxema oldingidan shu bilan farqlanadiki, bunda ustunlar faqat vertikal
yuklamalarga ishlaydi, gorizontal yuklamalarni esa vertikal ―disk‖ sistemasi va bikirlik yadrosi qabul
qiladi.
Rama-bog‘lamali sxema oraliq sxema bo‗lib va ko‗p qavatli karkasli binolarda, binoning
bo‗ylama o‗qiga ko‗ndalang yo‗nalishda joylashgan tekis ramani va bikirlik diafragmasini o‗z ichiga
oladi. Binoning bo‗ylama turg‗unligi, metall panjaralar yoki temirbeton tekisliklar ko‗rinishidagi
vertikal bikirlik disklari tufayli ta‘minlanadi.
Fazoviy bikirlik,monolit yoki yig‗ma temirbetondan tayyorlangan bikirlik yadrosi orqali
ta‘minlanadigan yig‗ma-monolittemirbeton konstruksiya istiqbolli hisoblanadi.
Binolarni montaj qilish usullari Ko‗p qavatli sanoat binolarini barpo etishda, uni ishga tushirilishi sharoitiga va
konstruksiyaning materialiga qarabmontaj qilishni ikki usuli qo‗lllaniladi: gorizontal qavatlar
bo‗yicha yoki yarus bo‗yicha va vertikal binoning bir qismi (seksiyasi bo‗yicha) butun balandlik
bo‗yicha.
Gorizontal yarus bo‗yicha (qavatlar bo‗yicha) usuli eng ko‗proq tarqalgan bo‗lib, unda
montajni hamma bosqichlarida karkas bikirligi va mustahkamligi( turg‗unligi) xamda poydevorlarni
bir tekisda cho‗kishi ta‘minlanadi. Bu usul yig‗ma temirbeton elementlarning montajida
konstruksiyalar o‗rnatilgandan so‗ng birdaniga choklarga ishlov berilganda qo‗llaniladi. Bunda qavatni
(yarusni ya‘ni ustunlarni ikki yoki uch qavatli bo‗lishida ) yig‗ish tugagandan tutashuv joylaridagi
beton 70% mustahkamlikka ega bo‗lgandan so‗ng keyingi qavatni (yarusni) montaj qilishga o‗tiladi.
oqilonadir. Elementlarni bunday ketma-ketlikda o‗rnatishdagi nisbiy erkinlik faqat minorali
kranga xosdir. Agar o‗ziyurar strelali va minorali-strelali kranlar ishlatilsa, unda ―kranga qarab‖
montaj prinsipiga to‗liq rioya qilinib, ketma-ket ko‗p miqdordagi ko‗p yarusli ustunlarni montaj qilish
qo‗llanilmaydi.