• transheyaning chuqurligi 30 m gacha bo‗lganda cheklagich po‗lat list
ko‗rinishida o‗rnatiladi, u armaturali karkasga payvandlanadi. Zarur bo‗lganda
listga shvellerlar payvandlab kuchaytiriladi.
Qamrab olish (qamrov) uzunligi 3 m dan ortiq bo‗lganda betonlash odatda
ikkita beton quyuvchi quvurlar orqali bir vaqtda amalga oshiriladi. Betonning
plastikligini oshirish uchun va uni yotqizish qulay bo‗lishi uchun
plastifikatsiyalovchi qo‗shimchalar – spirtli barda, superplastifikatorlar
qo‗llaniladi.
Ba‘zida transheya chetlarining buzilishidan va to‗kilishidan muhofaza
qilish uchun yig‗ma elementlardan yoki forshaxta metallidan – gruntning yuqori
qatlamarini kuchaytirish uchun 1 m gacha chuqurlikdagi transheyalarning bosh
qismlari yoki bu transheya 1 m gacha chuqurlikkacha devorning yuqori qismlari
mustahkamlab quriladi.
―Grunt ichidagi devor‖ texnologiyasining kamchiliklari: armaturani beton
bilan ishlashi yomonlashadi, chunki armatura sirtiga loy qorishmasi zarralari
yopishib qoladi; qish paytida ishlarni bajarishda ko‗p murakkabliklar vujudga
keladi, shuning uchun sharoit imkon berganda yig‗ma va yig‗ma – monolit
variantlardan foydalaniladi.
Yig‗ma temirbetonning qo‗llanilishi quyidagilarga imkon beradi:
• ishlarni amalga oshirishning industrialligini ko‗tarishga;
• oqilona shakldagi: g‗ovakli, tavrli va ikki tavrli konstruksiyalarni
qo‗llanishga;
• barpo etilgan inshootlarning sifat kafolatiga ega bo‗lishga.
Yig‗ma temirbetonning kamchiliklari: buyumlarni tayyorlash uchun har gal
individual kesim va uzunlikdagi maxsus texnologik moslama talab etiladi;
maxsulotlarni qurilish maydonchasiga tashishning murakkabligi; quvvatli montaj
kranlarining kerakliligi; yig‗ma temirbetonning qiymati monolitnikidan ancha
yuqoriligi.
Yig‗ma elementlar orasidagi vertikal tirqishlar (oraliqlar) ishlarni quruq
holda olib borish usulida sement qorishmasi bilan to‗ldiriladi. Ho‗l usulda ishlashda
esa, transheyaning tashqi qo‗yini sement, qum qorishmasi bilan, ichki qo‗yini esa
– qum – graviy qorishmasi bilan to‗ldiriladi. Tashqi to‗ldirish keyinchalik
gidroizolyasiya sifatida xizmat qiladi.
Yig‗ma – monolit echimning ikki varianti qo‗llaniladi:
inshootning pastki qismi ma‘lum darajagacha monolit betondan iborat,
yuqorida yotuvchi konstruksiyalar – yig‗ma elementlardan iborat;
yig‗ma elementlar koshin-qolip ko‗rinishida qo‗llanilib, u transheyaning
ichki sirtiga o‗rnatiladi, tashqi sirti monolit beton bilan to‗ldiriladi.
Tunnellar va rejadagi berk inshootlarni qurishda tashqi devorlar
qurilgandan so‗ng inshootning ichki qismidagi grunt olib chiqiladi va ag‗darib
haydalgan erga(ag‗darma) to‗kiladi, tubi betonlanadi yoki inshootning ichki
konstrukiyalari ostiga poydevor quriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: