a – kotlovanni planlashtirish sxemasi; b – obnoska elementlari; 1 – yog‗och elementlardan obnoska; 2
– shtir- o‗qni mahalliy joyga
biriktirilgan nazorat belgisi; 3 – kesilgan taxta; 4 – mix o‗qni obnoskada
mahkamlash (qotirish) uchun; 5 – obnoska
ustuni
Obnoska geodezik instrumentlar yordamida binoni tashqi konturini hosil qiluvchi asosiy o‗qlarga
parallel holda va qurilish jarayonida ularni o‗zgarmasligini ta‘minlovchi masofada o‗rnatiladi.
Obnoska bir-biridan 3 m masofada gruntga qoqilgan ustunlar karkasidan iborat. Tashqi tarafdan
kamida uchta ustunga qalinligi 40...50 mm kesilgan taxtalar qoqiladi. Hamma taxtalarni yuqori qirralari nivelir
yordamida nazorat qilinib gorizontal joylashtiriladi. Obnoskani ma‘qul balandligi 0.5...1.2 m.
Konstruktiv
jihatdan obnoska yog‗ochdan yoki metalldan bo‗lishi mumkin. Metall obnoskani afzallik tomoni ishda
qo‗layligi, engil demontaj qilinishi va ko‗p marta foydalanish mumkinligi.
Kotlovan chetidan obnoskagacha bo‗lgan masofa 3...4 m dan kam bo‗lmasligi kerak.
Bu masofa
shunday hisob bilan tekshiriladikim , kotlovan qazilishida obnoska ustivorligi bo‗zilmasin. Obnoska bo‗lajak
binoni uni tomonlariga paralel ravishda o‗rab oladi, unda odamlar va transport o‗tishi uchun o‗zilishlar hosil
qilinadi.
Rejalashtirish chizmalaridan hamma ma‘lumotlar obnoskaga ko‗chiriladi,
xususan binoni asosiy
o‗qlari ko‗chirilib mixlar bilan mahkamlanadi, bo‗ylama va ko‗ndalang o‗qlar tarang tortilgan sim yoki arqon ip
yordamida mixlarga mahkamlanadi. Devorlar o‗qidan bulajak kotlovanni chetlari chiqarilib ular xam mixlar
yordamida obnoskalarda belgilanadi. CHetlarni o‗zi ham simlar yordamida ―natura‖ holatiga ko‗chiriladi.
Bo‗ylama va ko‗ndalang o‗qlari simlarining kesishuv o‗rni binoning asosiy o‗qlari kesishuvini
aniqlaydi va ular shoqul yordamida tekshiriladi, hamda ular oldin geodezik instrumentlar yordamida aniqlangan
va erda mahkamlangan no‗qtalar bilan mos kelishi kerak.
Binoning asosiy o‗qlari mahkamlangan obnoskalardan ma‘lum masofada har ehtimolga qarshi ularni
buzilishini e‘tiborga olgan holda o‗q chiziqlarini mahkamlovchi nazorat belgilari − shtirlar o‗rnatiladi.Odatda
bular gruntga obnoskadan 5...10 m masofada qoqilgan va er sathidan 2...6
sm masofada chiqib turuvchi
armatura sterjenlardir.
CHiziqli-cho‗ziqli inshootlarning gorizontal uchastkalarda har 50 m da, qayriladigan uchastkalarda har
20 m da faqat ko‗ndalang obnoskalar o‗rnatiladi.
Obnoskalar qurilaetgan binoning er osti qismini barpo etgunga
qadar buzilmay saqlanadi, keyin
bevosita binoni o‗ziga ko‗chiriladi. Hozirgi davrda lazer geodezik priborlar paydo bo‗lganligi munosabati bilan
obnoskalardan kam foydalanilayapti, o‗qlar qurilish maydonining vaqtinchalik bino va inshootlarida ( inventar
xonalar, devor va boshqalar) aks ettirilayapti.
Do'stlaringiz bilan baham: