Yu. S. Shokirova, E. Yunusaliyev


  3.2.2. Kichik biznes va xususiy korxonalarni



Download 2,52 Mb.
Pdf ko'rish
bet33/197
Sana11.03.2022
Hajmi2,52 Mb.
#490846
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   197
Bog'liq
korxonalarda ishlab chiqarishni tashkil qilish

 


54 
3.2.2. Kichik biznes va xususiy korxonalarni
ro‘yxatdan o‘tkazish 
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 1998 yil 9 apreldagi «Xususiy 
tadbirkorlik, kichik va o‘rta biznesni rivojlantirishni yanada rag‘batlantirish chora-
tadbirlari to‘g‘risida»gi Farmoniga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish haqidagi 
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PF - 3355 Farmoniga asosan, kichik 
korxonalarga:

yakka tartibdagi tadbirkorlar; 

ishlab chiqarish tarmoqlarida band bo‘lgan xodimlarining o‘rtacha yillik 
soni 20 kishidan oshmagan; 

xizmat ko‘rsatish sohasi va boshqa ishlab chiqarishga aloqador bo‘lmagan 
tarmoqlarda 10 kishidan oshmagan; 

ulgurji chakana savdo va umumiy ovqatlanish sohasida 5 kishidan oshmagan 
mikrofirmalar kiradi. 
Quyidagi tarmoqlarning o‘rtacha yillik xodimlari soni quyidagicha miqdorda 
bo‘lishi kerak: 

yengil va oziq-ovqat sanoati, metallga ishlov berish va asbobsozlik, 
yog‘ochni qayta ishlash, mebel sanoati va qurilish materiallari sanoati - 100 
kishidan oshmasligi; 

mashinasozlik va metallurgiya, yoqilg‘i-energetika va kimyo sanoati, qish-
loq xo‘jaligi mahsulotlari yetishtirish va qayta ishlash, qurilish hamda 
boshqa sanoat ishlab chiqarish sohalari - 50 kishidan oshmasligi; 

fan, ilmiy xizmat ko‘rsatish, transport, aloqa, xizmat ko‘rsatish sohasi 
(sug‘urta kompaniyalaridan tashqari), savdo va umumiy ovqatlanish hamda 
boshqa ishlab chiqarishga aloqador bo‘lmagan sohalar - 25 kishigacha 
bo‘lishi kerak.
Kichik korxonalar O‘zbekiston Respublikasining «O‘zbekiston Respu-
blikasida mulk to‘g‘risida»gi Qonunida belgilangan istalgan mulkchilik shaklida
tashkil etilishi mumkin, ularga aralash korxonalar, oilaviy korxonalar, to‘liq 
shirkat, kommanditlik shirkati, mas’uliyati cheklangan yoki qo‘shimcha 
mas’uliyatli jamiyatlar, aksiyadorlik jamiyati, ijara korxonasi, jamoa korxonasi, 
davlat korxonasi va to‘la xo‘jalik yuritish huquqiga asoslangan boshqa korxonalar 
kiradi. 
Ishlab chiqarish kooperativlari shaklidagi kichik korxonalarning huquqiy 
holati respublikaning kooperatsiya to‘g‘risidagi qonun hujjatlari bilan belgilanadi. 
Xorijiy investitsiyalar bilan kichik korxonalarni tashkil qilish va ularning 
faoliyati bilan bog‘liq munosabatlar O‘zbekiston Respublikasining «O‘zbekiston 
Respublikasida tashqi iqtisodiy faoliyat to‘g‘risida»gi va «O‘zbekiston Respu-
blikasida xorijiy investitsiyalar to‘g‘risida»gi qonunlari, O‘zbekiston Respublikasi 
Prezidenti huzuridagi Vazirlar Mahkamasining 1991 yil 12 noyabrdagi 190 - sonli 
qarori bilan tasdiqlangan xorijiy investitsiyalar bilan korxonalar, xalqaro 
birlashmalar, shuningdek ularning tarkibiy bo‘linmalarini tuzish tartibi, ularning
faoliyat ko‘rsatishi, ularni davlat ro‘yxatiga olish to‘g‘risidagi nizomlar, respu-
blikaning boshqa qonunchilik va me’yoriy hujjatlari bilan belgilanadi 


55 
Mulkning aralash shakllari asosida kichik korxonalarni tashkil qilishda 
korxonalarning turi mazkur korxonani tashkil qilgan mulkdorlarning mulkiy ulushi 
salmog‘iga ko‘ra belgilanadi. 
O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari, respublika hududida yashovchi 
fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar, birgalikda mehnat xo‘jaligi yurituvchi oila a’zolari 
va fuqarolari, O‘zbekiston Respublikasining «O‘zbekiston Respublikasida mulk 
to‘g‘risida»gi Qonunida belgilangan istalgan mulkchilik shaklidagi korxonalar, xo-
rijiy huquqiy shaxslar va fuqarolar, fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar kichik korxon-
alarning ta’sis etuvchilari bo‘lishi mumkin. 
Siz o‘zingiz uchun tadbirkorlik g‘oyasini tanlab oldingiz va uni har 
tomonlama asosladingiz. Siz shunga amin bo‘ldingizki, uni amalga oshirish na-
tijasida yaxshigina foydaga erishasiz. Endi o‘z kichik korxonangizni tashkil etish-
ingiz kerak, bunda birinchi navbatda uni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish zarur bo‘ladi. 
 
Yangi amalga kiritilgan «Tadbirkorlik sub’yektlarini davlat ro‘yxatidan 
o‘tkazish va hisobga olish haqidagi Nizomi»ga ko‘ra ro‘yxatga oluvchi organlarga 
taqdim etiladigan hujjatlar tarkibi qisqartirildi. 
Huquqiy shaxs maqomiga ega bo‘lgan xususiy korxonani davlat ro‘yxatidan 
o‘tkazish uchun ro‘yxatga oluvchi organlarga quyidagi hujjatlar taqdim etiladi: 

ariza; 

notarius tomonidan tasdiqlangan ikki nusxadagi ta’sis hujjatlari; 

tadbirkorlik sub’yektining pochta manzilgohini tasdiqlovchi hujjat; 

belgilangan hajmdagi davlat boji yoki ro‘yxatga olish yig‘imini to‘laganlik 
haqidagi bank to‘lov hujjati; 

vakolatli hokimiyat organlari tomonidan berilgan firma nomi haqidagi 
guvohnoma; 

muhr va shtampning uch nusxadagi xomaki loyihasi. 
Xususiy tadbirkorlarni ro‘yxatga olish uchun esa: 

ariza; 

3

4 hajmdagi 2 ta fotosurat

belgilangan hajmdagi davlat boji yoki ro‘yxatga olish yig‘imini to‘laganlik 
haqidagi bank to‘lov hujjati; 

muhr va shtampning uch nusxadagi xomaki loyihasi taqdim etiladi. 
Korxonani davlat ro‘yxatidan o‘tkazish uchun to‘lanadigan davlat boji 
quyidagi hajmda belgilangan: 

xorijiy investitsiyali korxonalar uchun - eng kam ish haqining besh barobari 
hajmida, shuningdek, 500 AQSH dollari; 

nizom fondi to‘liq xorijlik investorlar tomonidan shakllantirilayotgan korxon-
alar uchun 2000 AQSH dollari; 

sug‘urta auditorlik kompaniyalari va birjalari uchun eng kam ish haqining to‘rt 
barobari miqdorida to‘lanadi.
Sobiq davlat korxonasi bazasida tashkil etilayotgan aksiyadorlik jamiyatlari, 
shuningdek, dehqon xo‘jaliklari ro‘yxatga olish yig‘imidan ozod etiladi. Davlat 
ro‘yxatidan o‘tganligi yoki ro‘yxatdan o‘tkazishdan voz kechish haqidagi qaror 


56 
ro‘yxatga oluvchi organ tomonidan ro‘yxatga olish haqidagi ariza va zaruriy hu-
jjatlar olingan kundan boshlab quyidagi muddatlarda qabul qilinadi: 
huquqiy shaxs maqomiga ega bo‘lgan barcha tadbirkorlar uchun - 7 ish ku-
nidan kechiktirilmasligi; 
xususiy tadbirkorlar va huquqiy shaxs maqomiga ega bo‘lmagan dehqon 
xo‘jaliklari uchun - 3 ish kunidan kechikmasligi lozim. 
Davlat ro‘yxatidan o‘tganligi haqidagi qarorni olgan kichik va o‘rta korxona 
sub’yektlariga «ro‘yxatdan o‘tgan» belgisi qo‘yilgan, ro‘yxatdan o‘tkazish or-
ganining muhri bilan tasdiqlangan ta’sis hujjatlari, shuningdek, muhr va shtamp 
tayyorlashga ruxsat beriladi 
Korxona davlat ro‘yxatidan o‘tganligi haqidagi ma’lumotlar O‘zbekiston 
Respublikasi yagona davlat reyestriga kiritish uchun o‘n kun muddat ichida 
O‘zbekiston Respublikasi Moliya Vazirligiga xabar qilinadi. 
«O‘zbekiston Respublikasidagi kichik korxonalar to‘g‘risidagi Nizom»ga 
ko‘ra (1992 yil 26 feraldagi 85-son qarorga ilova) kichik korxonalarni ro‘yxatga 
olishga rad javobini berishga yo‘l qo‘yilmaydi. Rad etilgan hollarda ro‘yxatga 
oluvchi organ arizachiga rad etish sabablari aniq ko‘rsatilgan yozma xulosani be-
radi. Davlat tomonidan ro‘yxatga olishni rad etish sabablari ta’sischi tomonidan 
asossiz deb topilsa yohud korxona belgilangan muddatda ro‘yxatga olinmasa 
ta’sischi sudga, hakamlik sudiga murojaat qilishi mumkin. 
Kichik korxonani ro‘yxatga olishning asossiz rad etilganligi sud tomonidan 
aniqlangan taqdirda, ro‘yxatga oluvchi organlar moddiy javobgarlikka tortiladilar. 
Moddiy javobgarlikning miqdori sud tomonidan belgilanadi va qonunda bel-
gilangan tartibda undirib olinadi. 
Korxona ro‘yxatdan o‘tgan kundan boshlab tashkil etilgan hisoblanadi, qo-
nuniy jihatdan huquqiy shaxs huquqini oladi. Korxona ro‘yxatdan o‘tgandan keyin 
o‘zining xo‘jalik faoliyatini boshlashi, qonunlar asosida tashqi iqtisodiy faoliyat 
olib borishi mumkin.
Ro‘yxatdan o‘tmasdan tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanish ta’qiqlanadi. 
Ro‘yxatdan o‘tmagan holda tadbirkorlik bilan faoliyat olib borish natijasida 
olingan foyda davlat tomoniga sud orqali undirib beriladi. 
Tadbirkorlik sub’yektlarini ro‘yxatdan o‘tkazish inspeksiyalari to‘g‘risidagi 
namunaviy nizom O‘zbekiston Respublikasining Fuqarolik Kodeksiga, «Mahalliy 
davlat hokimiyati to‘g‘risida»gi, «Tadbirkorlik faoliyati erkinligi kafolatlari 
to‘g‘risida»gi O‘zbekiston Respublikasi qonunlariga va O‘zbekiston Respublikasi 
Vazirlar Mahkamasining «Tadbirkorlik faoliyatini tashkil etish uchun ro‘yxatdan 
o‘tkazish tartibotlari tizimini tubdan takomillashtirish to‘g‘risida»gi 2003 yil 20 
avgustdagi 357 - son qaroriga muvofiq ishlab chiqilgan. 
Namunaviy nizom tadbirkorlik sub’yektlarini ro‘yxatdan o‘tkazish 
inspeksiyalari faoliyatining yagona tartibini belgilaydi va Qoraqalpog‘iston 
Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar, Toshkent shahri va tuman (shahar) 
hokimliklari tomonidan bajarilishi majburiydir. 
Shaharlar va tumanlar hokimliklari huzuridagi tadbirkorlik sub’yektlarini 
ro‘yxatdan 
o‘tkazish 
inspekitsyasining 
namunaviy 
tuzilmasi 
Vazirlar 
Mahkamasining 2003 yil 20 avgustdan 357-son qaroriga 2-ilovada keltirilgan. 


57 

Download 2,52 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   197




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish