1-LABORATORIYA ISHI
Mikrobiologiya laboratoriyasida ishlashning umumiy qoidalari.
Mikroskopning tuzilishi va uni ishlatish tartib qoidalari. Mikroskop turlari.
Mikrobiologiya laboratoriyalarida ishlash rejimida
va xavfsizlik qoidalarida
imtihondan o'tgan shaxslarga ruxsat beriladi. Talabalar laboratoriya ishlarini
bajarishga texnika va yong‘inga qarshi xavfsizlik qoidalarini o‘qib o‘zlashtirganlari,
hamda maxsus jurnalda ro‘yxatga olinganlaridan so‘ng qo‘yiladi.
Laboratoriyada ishlaganda ular asosiy e’tiborni quyidagi talab va tavsiyalarga
qaratishlari kerak:
1.
Laboratoriya ishlarini bajarishni faqat uslubiy qo‘llanmalar asosida amalga
oshirish kerak. Qo‘llanmadan chetlashish faqat o‘qituvchi ruxsati bilan bo‘lishi
mumkin.
2.
Ishni bajarishda talabalar faqat himoyalovchi ustki kiyimlari-xalatlari
bo‘lsagina qo‘yiladilar.
3.
Kimyoviy reaktivlar bilan ishlaganda ularning qo‘lga to‘kilishligiga yo‘l
qo‘ymaslik, qo‘llarni ko‘zlarga va yuzga tekkizmaslik kerak.
4.
Kimyoviy moddalarni ta’mini ko‘rishlik
man etiladi; moddalarni hidini
ularning buqlarini yoki gazlarini qo‘l bilan elpib turib, o‘ziga yo‘naltirib, chuqur
nafas olmay hidlash mumkin. Ishdan so‘ng qo‘llarni tozalab yuvish kerak.
Laboratoriyada ovqatlanish man etiladi.
5.
Laboratoriyada faqat etiketkali
kimyoviy idishda turgan, nomi ma’lum
Kerakli reaktivlardan foydalanish kerak.
6.
Ishqor va kislotalar, hamda boshqa o‘yuvchi va zaharli suyuqliklar hajmini
faqat o‘lchash silindri, avtomatik pipetka yoki maxsus rezinali pipetkalarda
o‘lchashga ruxsat beriladi.
7.
Suyuqlik quyilayotgan, qizdirilayotgan yoki
qaynayotgan idishga yaqin
engashib qarashlik man etiladi, chunki suyuqlikni sachragan tomchilari yuzga yoki
ko‘zlarga tegishi mumkin. Suyuqlikni zich yopilgan idishda qaynatish man qilinadi.
8.
Engil uchuvchan moddalarning ajralib chiqishi bilan bog‘liq bo‘lgan,
kislotali, ammiakli, eritmalarni qaynatish va bug‘latish ishlari, dietil efiri va boshqa
erituvchilar bilan ishlash, tahlil qilinayotgan moddalarni yondirish ishlarini faqat
yoqilgan aktiv ventilyasiya shkafida (tyaga ostida) bajarishga ruxsat beriladi.
9.
Engil yonuvchan moddalar (dietil efir, atseton, spirt va boshqa erituvchilar)
bilan ochiq elektrisitish jixozlari yaqinida ishlash man qilinadi.
10.
Tigellarni mufel shkafidan olishda (mufel shkafida temperatura 600-700
o
S)
maxsus qisqich, tutqichlaridan foydalanish kerak; tigellarni sovutish uchun issiqqa
va olovga chidamli maxsus joyga quyish kerak. Eksikatorga tigellar faqat
sovutilgandan so‘ng joylanadi.
11.
Issiq suyuqlik solingan kolba va stakanni olib
yurganda nihoyatda extiyot
bo‘lish kerak.
12.
Laboratoriyada asosan tik turib ishlash kerak; faqat yonqin, sachrash va
portlash xavfi bo‘lmaganda o‘tirib ishlash mumkin. Laboratoriyada yolg‘iz bir kishi
ishlashi man etiladi.
13.
Elektr
jixozlar bilan ishlaganda, shu jixoz bilan ishlashning barcha
qoidalariga qat’iy amal qilish kerak. Elektr tarmoqiga ulangan uskunani qo‘zg‘atish
yoki ta’mirlash man etiladi.
14.
YOqilib, ishlab turgan jixozlarni nazoratsiz qoldirish qat’iyan man qilinadi.
15.
O‘ta xavfli ishlar bajarilganda (yonish, portlash, issiq va agressiv
suyuqliklarni sachrash xavfi bo‘lsa) organik shishadan
yasalgan himoyalovchi
to‘skich, ko‘zoynak yoki himoyalovchi ekran tutish zarur.
16.
Gazli gorelkalar bilan ishlaganda, gazning to‘liq yonishi va xonaning
gazlanmasligini nazorat qilish zarur.
17.
Shisha idishlar bilan ishlaganda shishali qismi bo‘lgan qurilma va jixozlarni
yiqish va ajratishda quyidagi extiyotkorlik choralariga amal qilish kerak:
- shisha naychalarni po‘kak tiqinlarga yoki rezinali naychalarga o‘rnatishdan
oldin ularni suvli glitseringa yoki vazelin moyiga botirib olish kerak. Bunda shisha
idish sochiq bilan o‘rab ushlanishi kerak.
- shisha kolbani tiqin bilan yopayotganda kolba bo‘ynining eng yuqori
qismidan, tiqinga yaqinroq ushlash zarur. Bunda kolba sochiq bilan o‘ralgan bo‘lishi
kerak.
18. Erituvchilar, konsentrlangan kislotalar va ishqorlar hamda boshqa o‘yuvchi
suyuqliklar qoldiqlarini kanalizatsiyaga faqat maxsus qayta ishlashdan so‘ng
(neytrallash, haydash, zararlantirish) to‘kish mumkin.
19. Agar yonuvchi suyuqliklar yoki boshqa moddalar alangalansa, elektrisitish
jixozlarini o‘chirib, engil yonuvchi suyuqliklar turgan idishlarni olovdan uzoqroqqa
olib, yong‘inni o‘chirish choralarini ko‘rish kerak.
20. Laboratoriyada tartib va tozalikni saqlash zarur. Ish tugagach elektr jixozlar
va elektr tarmoqi o‘chirilishi shart. Iflos
laboratoriya idishlari yuvilib, ish joyi
tozalanib, qo‘llar sovunlab yuvilib, suv krani yopilishi kerak.
Bulardan tashqari Mikrobiologiya laboratoriyasida ishlash uchun yonlangan
shaxslar mikroorganizmlar va patogen mikroorganizmlar bilan kasallangan deb
gumon qilingan materiallarning kulturalari
bilan ishlash qoidalarini, laboratoriya
hayvonlari bilan ishlash usullarini va laboratoriya uskunalarini ishlatish va kislotalar
va ishqorlar bilan ishlash tartibini, shuningdek texnologiya qoidalarini bilishlari va
ularga
rioya
qilishlari
kerak.
Vakolatsiz
shaxslarning
mikrobiologiya
laboratoriyasiga kirishiga yo'l qo'yilmaydi. Mikrobiologiya laboratoriyasiga
kirishda xodimlar belgilangan kiyimda tashqi kiyim va poyafzallarni yechib olishlari
va sanitariya kiyimlari va olinadigan poyafzallarni kiyishlari kerak. Sanitariya
kiyimida va o'zgaruvchan poyabzalda laboratoriyadan chiqib ketish taqiqlanadi.
Laboratoriya
ish joylariga ovqat, yeyish va chekish taqiqlanadi. Laboratoriya
tekshiruvidan oldin va keyin har bir xodim qo'llarini sovun bilan yaxshilab yuvishi,
dezinfektsiyalashi va yana yuvishi kerak. Qo'lni dezinfektsiyalash uchun vodorod
periksitning 3% eritmasidan, 0,5-1% xloramin eritmasidan foydalaning;