Намуна (Образец)



Download 1,73 Mb.
Pdf ko'rish
bet93/113
Sana11.03.2022
Hajmi1,73 Mb.
#490359
1   ...   89   90   91   92   93   94   95   96   ...   113
Bog'liq
1 - NAZARIYA VA AMALIYOTDA KB

prinsiplarga
asosan tashkil 
etiladi: 
1. Faoliyatning uzluksizligi – ichki nazorat tizimining muntazam ravishda va 
tegishli tarzda faoliyat yuritishi Kompaniga har qanday me’yordan chetga chiqish 
holatini vaqtida aniqlash va ularning kelgusida ro‘y berishining oldini olish 
imkonini beradi; 


209 
2. Barcha ichki nazorat tizimi ishtirokchilarining hisobot berishi shartligi – 
har bir shaxsning o‘z nazorat funksiyalarini bajarishi sifati ichki nazorat tizimining 
boshqa ishtirokchisi tomonidan nazorat qilib boriladi; 
3. 
Vazifalar 
taqsimoti 
– Korporatsiya nazorat funksiyalarining 
takrorlanishiga yo‘l qo‘ymaslik uchun harakat qiladi, shu sababli bu funksiyalar 
xodimlar o‘rtasida shunday taqsimlanishi lozimki, toki muayyan aktivlar bilan 
operatsiyalarni tasdiqlash, operatsiyalarni hisobga olish, aktivlarning saqlanishini 
ta’minlash va ularni xatlovdan o‘tkazish bilan bog‘liq funksiyalar bitta shaxsning 
vakolati doirasida bo‘lib qolmasin; 
4. Operatsiyalarning tegishli tarzda ma’qullanishi va tasdiqlanishi – 
Korporatsiya barcha moliyaviy-xo‘jalik operatsiyalarining mas’ul shaxslar 
tomonidan o‘z vakolatlari doirasida tasdiqlanadigan tartibni joriy etishga harakat 
qiladi; 
5. Korporatsiyada xizmat qiluvchi barcha ichki nazorat sub’ektlarining 
nazorat funksiyalarini tegishli darajada bajarishlari uchun mas’ulligi; 
6. Ichki nazoratning korporatsiya barcha bo‘linma va xizmatlarining aniq 
yo‘lga qo‘yilgan hamkorligi asosida amalga oshirilishi; 
7. Muttasil rivojlanib va takomillashib borish – Korporatsiya ichki nazorat 
tizimini moslanuvchan yo‘lga solish uchun sharoit yaratishga harakat qiladi, 
bundan maqsad u zaruratga qarab yangi vazifalarni hal etish, tizimnig o‘zini 
kengaytirish va takomillashtirish ko‘nikmasiga ega bo‘la olsin; 
8. CHetga chiqish to‘g‘risidagi xabarlarni vaqtida etkazilishi – 
Korporatsiyada tegishli xabarni chetga chiqish holatlarini bartaraf etish to‘g‘risida 
qaror qabul qilish vakolatiga ega shaxslarga etkazish uchun mumkin qadar qisqa 
vaqt belgilangan; 
9. Ichki nazorat tizimining murakkablik darajasi bilan nazorat qilinadigan 
ob’ektning murakkablik darajasining o‘zaro muvofiqligi; 
10. Korporatsiya faoliyatining nazorat yo‘lga qo‘yilayotgan sohalari 
ustuvorligini belgilash – ichki nazorat tizimi qamrab oladigan strategik 


210 
yo‘nalishlar, hatto ular faoliyatining samaradorligini («xarajat – iqtisodiy 
samaradorlik»ni) o‘lchash mushkul bo‘lsa ham, ajratib olinadi; 
11. Turli yo‘nalishdagi ob’ektlar ustidan ichki nazoratning umumiy 
jihatlarga ega ekanligi. 
Ichki nazorat tizimi quyidagi bir-biri bilan uzviy bog‘liq 
tarkibiy qismlarni
o‘z ichiga oladi: 
1. Nazorat muhiti, u Korporatsiya xodimlarining ahloqiy qadriyatlari va 
salohiyatini, rahbarlik siyosatini, rahbariyat bilan vakolat va mas’uliyatlarning 
taqsimlab olinishini, tashkiliy tizilma va xodimlar malakasini oshirib borishni, 
shuningdek kuzatuv kengashi tomonidan olib boriladigan rahbarlik va boshqaruvni 
o‘z ichiga oladi; 
2. Xatarlarni baholash – bu jarayon bir-biri bilan turli darajalarda bog‘liq va 
botinan izchil bo‘lgan muayyan vazifalarni bajarishga erishish yo‘lida uchraydigan 
tegishli xatarlarni identifikatsiya va tahlil qilishdan iborat; 
3. Nazoratga doir faoliyat, u umumlashtiruvchi siyosatdan va rahbariyat 
ko‘rsatmalarining bajarilayotganini kafolatlashga yordam beradigan tadbirlardan 
iborat bo‘lib, o‘z ichiga ma’qullash, ta’qiqlash, tasdiqlash, tekshirish o‘tkazish, 
joriy faoliyatni nazorat qilish, aktivlarning xatarsizligini kafolatlash va vakolatlarni 
taqsimlash kabi qator turli xil harakatlarni oladi; 
4. Axborot ta’minoti va axborot almashishga doir faoliyat, u ma’lumotlarni 
vaqtida va samarali aniqlash, ro‘yxatga olish va ularni almashishga, shu jumladan 
barcha ichki nazorat sub’ektlarida Korporatsiya tomonidan qabul qilingan ichki 
nazorat siyosati va tadbirlarini anglab etish va ularning ijrosini ta’minlash 
maqsadida axbot almashishning samarali kanallarini yaratishga yo‘naltirilgandir; 
5. Monitoring – boshqaruv va nazorat funksiyalarini o‘z ichiga oladigan 
jarayon bo‘lib, mazkur jarayon chog‘ida vaqt kechishi bilan ichki nazorat tizimi 
ishining sifatiga baho beriladi. Ichki nazorat tizimini baholash moliyaviy 
hisobotlarning aniqligiga ta’sir qiluvchi xatoliklar bo‘lishi mumkinligini aniqlash, 
mazkur xatoliklarning mohiyatini aniqlash va ichki nazorat tizimining qo‘yilgan 
vazifalar ijrosini ta’minlash imkoniyatini belgilash uchun amalga oshiriladi. 


211 
Ichki nazorat Korporatsiyaning kuzatuv kengashi, taftish komissiyasi, ijroiya 
organi rahbari, ichki audit xizmati, shuningdek barcha darajadagi xodimlari 
tomonidan amalga oshiriladi, bunda ularning har biri ichki nazorat uchun 
belgilangan tartibda javob beradi. 
Korporatsiya bo‘linmalarining vazifa, huquq va majburiyatlari, javobgarligi 
Korporatsiyaning tashkiliy-boshqaruv hujjatlarida nazarda tutilgan. Mazkur 
hujjatlar, ichki nazorat masalalariga bevosita yoki bilvosita dahldor bo‘lgan boshqa 
hujjatlar kabi ushbu Nizomga zid bo‘lishi mumkin emas. 
Korporatsiya moliyaviy-xo‘jalik faoliyatini nazorat qilishning tizimli tarzda 
bo‘lishini ta’minlash maqsadida ichki nazorat tadbirlari Korporatsiyaning vakolatli 
organi – ichki audit xizmati, bunday xizmat bo‘lmagan taqdirda esa 
Korporatsiyaning ichki nazorat uchun mas’ul taftish komissiyasi tomonidan 
Korporatsiyaning boshqa organlari va bo‘linmalari bilan hamkorlikda amalga 
oshiriladi. 
Ichki nazorat tizimida Kuzatuv kengashi vazifasiga quyidagilar yuklatiladi: 
1. ichki nazorat tizimini rivojlantirish yo‘nalishlarini belgilash va uning 
muayyan operatsiyalari va strategiyalarini ma’qullash; 
2. aksiyadorlarning yillik yig‘ilishida ichki nazorat tizimining ishonchliligi 
va samaradorligi bo‘yicha o‘tkazilgan tahlil va baholash natijalari to‘g‘risida yillik 
axborot berish, bu axborot Korporatsiya ijroiya organi rahbari, ichki va tashqi 
audit, taftish komissiyasining doimiy hisobotlari ma’lumotlariga, boshqa 
manbalardan ichki nazoratning barcha yo‘nalishlari, jumladan: moliyaviy nazorat, 
operatsion nazorat, qonunlarga rioya qilinishi ustidan nazorat, ichki siyosat va 
tadbirlar nazorati ma’lumotlariga asoslangan bo‘ladi; 
3. Korporatsiyaning ichki nazorat uchun mas’ul bo‘linmasi tizilmasi va 
tarkibini belgilash; 
4. Ichki nazorat tadbirlarini muntazam takomillashtirib borish. 
Korporatsiya bo‘linmalarining har qanday darajadagi ichki nazorat 
strategiyasi va uni amalga oshirish tadbirlarini mufassal ishlab chiqishda o‘z 
vakolatlari doirasida bevosita ishtirok etishadi. Ularning vazifasi yuzaga kelgan 


212 
nostandart vaziyatlar va muammolarni hal etishga erishishdan iborat. Xodimlar 
jiddiy masalalar yoki konkret bitim bo‘yicha yuzaga kelgan xatarlar haqida 
Korporatsiya rahbariyatiga ma’lumot beradilar. 
Korporatsiya va uning alohida bo‘linmalarining moliyaviy-xo‘jalik faoliyati 
ustidan nazorat uchun javobgarlik doimiy faoliyat yurituvchi ichki nazorat organi – 
Taftish komissiyasi zimmasida bo‘lib, uning ahamiyati, maqsad, vazifalari, 
vakolatlari Taftish komissiyasi to‘g‘risida Nizomda aks ettirilgan. 
Ichki nazorat tadbirlarining bajarilishi, xususan korporatsiyada amalga 
oshiriladigan moliyaviy-xo‘jalik operatsiyalarining O‘zbekiston Respublikasi 
qonunlariga va umuman korporatsiya, uning alohida bo‘linmalari Ustaviga 
muvofiqligi, shuningdek buxgalteriya va ichki moliyaviy hisobotlarining to‘laligi 
va aniqligi ustidan doimiy nazorat olib borilishi uchun javobgarlik ichki audit 
xizmati zimmasida bo‘lib, uning ahamiyati, maqsad, vazifalari, vakolatlari, 
shuningdek o‘tkazilgan moliyaviy-xo‘jalik operatsiyalarini baholash uchun hujjat 
va materiallarni ichki audit xizmatiga taqdim etish muddatlari hamda ularning 
ko‘rsatilgan muddatida taqdim etilmaganligi uchun Korporatsiya mansabdor 
shaxslari va xodimlarining javobgarligi Ichki audit xizmati to‘g‘risida Nizomda 
aks ettirilgan. 
Ichki nazorat tizimining risoladagidek amal qilishi xodimlarning malakasiga 
ham bog‘liq. Korporatsiya kadrlarni tanlash, yollash, o‘qitish, tayyorlash va 
xodimlarni xizmat bo‘yicha ko‘tarib borish tizimining ularning yuksak malakali 
mutaxassis bo‘lishini va oliy ahloqiy mezonlarga rioya qilishlarini ta’minlaydigan 
bo‘lishiga harakat qiladi.
 
Korporatsiya ichki nazorati tadbirlari quyidagilarni o‘z ichiga oladi: 
1. Korporatsiya boshqaruvining turli darajalaridagi o‘zaro bog‘liq va zid 
kelmaydigan maqsad va vazifalarni belgilash; 
2. Korporatsiya faoliyati maqsadlariga erishish yo‘lida halaqit qilishi 
mumkin bo‘lgan yashirin va mavjud operativ, moliyaviy, strategik va boshqa 
xatarlarni aniqlab, tahlil qilish; 
3. Ichki nazoratning eng muhim tarkibiy qismlarini baholash; 


213 
4. Biznes-jarayonlarni ichki nazorat qilish tizimining samaradorligini 
baholash; 
5. Korporatsiyaning tizimiy bo‘linmalari, mansabdor shaxslari va boshqa 
xodimlari ishining samaradorligi mezonlarini belgilash va baholash; 
6. Moliyaviy va boshqa axborotlarni avvalgi davrlardagi qiyoslanadigan 
axborot bilan yoki faoliyatning kutilayotgan natijalari bilan solishtirib ko‘rib 
chiqish; 
7. 
Hodisa, 
operatsiya 
va 
tranzaksiyalarni 
hisobga 
olishning 
uyg‘unlashtirilgan usullaridan foydalanish; 
8. Aktivlarning saqlanishini tekshirish; 
9. Ichki nazorat tadbirlarini tegishli tarzda hujjatlashtirib borish; 
10. Ichki nazorat tizimining sifatini muntazam suratda baholab borish; 
11. Korporatsiyaning barcha xodimlariga ichki nazorat sohasidagi 
majburiyatlarini etkazish; 
12. Korporatsiya xodimlari o‘rtasida eng muhim vazifalarni (shu jumladan 
operatsiyalarni ma’qullash va tasdiqlash, ularni hisobga olib borish, resurslarni 
tarqatish, saqlash va qabul qilib olish, operatsiyalarni tahlil qilish va tekshirish 
bo‘yicha vazifalarni) taqsimlash; 
13. Operatsiyalarning faqat tegishli vakolatga ega shaxslar tomonidan 
tasdiqlanishi va amalga oshirilishi; 
14. Ichki nazoratdan ko‘zda tutilgan maqsadlarga erishish uchun boshqa 
tadbirlar; 
Ichki nazorat tadbirlarini amalga oshirishda tekshirish, kuzatish, tasdiqlash, 
qayta hisoblash metodlari, shuningdek ichki nazorat tadbirlarini amalga oshirish 
uchun zarur bo‘lgan boshqa metodlar ham qo‘llaniladi. 
Ichki nazorat tizimining Nizomi, shuningdek unga kiritiladigan o‘zgartirish 
va qo‘shimchalar korporatsiya aksiyadorlarining umumiy yig‘ilishi qarori bilan 
tasdiqlanadi. Ushbu Nizomga qo‘shimcha va o‘zgartirishlar korporatsiya Kuzatuv 
kengashining a’zolari, korporatsiyaning tashqi auditori, Taftish komissiyasi, ichki 
auditi xizmati, Ijroiya organi rahbari taklifiga binoan kiritiladi. 


214 
Agar O‘zbekiston Respublikasi qonunlari va me’yoriy hujjatlarida ro‘y 
bergan o‘zgartirishlar natijasida ushbu Nizomning ayrim moddalari ularga zid 
kelib qolsa. Ular o‘z kuchini yo‘qotadi va korporatsiya Nizomiga o‘zgartirish 
kiritilguniga qadar O‘zbekiston Respublikasi qonunlari va me’yoriy hujjatlariga 
asoslanib ish ko‘riladi. 

Download 1,73 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   89   90   91   92   93   94   95   96   ...   113




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish