Намуна (Образец)


O‘zbekistonda korporativ boshqaruv amaliyotining rivojlanish



Download 1,73 Mb.
Pdf ko'rish
bet45/113
Sana11.03.2022
Hajmi1,73 Mb.
#490359
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   113
Bog'liq
1 - NAZARIYA VA AMALIYOTDA KB

 
9.2.O‘zbekistonda korporativ boshqaruv amaliyotining rivojlanish 
bosqichlari 
O‘zbekistonda korporativ boshqaruvnshg ilk munosabatlari mustaqillikning 
dastlabki yillaridayoq iqtisodiyotda tarkibiy o‘zgarishlarning amalga oshirilishi, 
turli mulkchilik va xo‘jalik yuritish shakllariga asoslangan korxona va 
birlashmalariing paydo bo‘lishi, ulardagi boshqaruv mexanizmlarinikg 
takomillashtirilishi orqali shakllana boshladi. Natijada davlat korxonalari o‘rnida 
ma’suliyati cheklangan jamiyatlar, sho‘ba korxonalari, aksiyadorlik jamiyatlari, 
qo‘shma korxonalar, xo‘jalik uyushmalari, xolding kompaniyalar tashkil topdi. Bu 
jarayonda xususiylashtirish natijasida tashkil etilgan aksiyadorlik jamiyatlari 
faoliyati va ulardagi korporativ munosabatlarning rivojlanishi bilan bog‘liq 
amaliyotga alohida to‘xtalib o‘tish joiz. Chunki mamlakatimizda aksiyadorlik 
jamiyatlarining yalpi ichki mahsulotga qo‘shayotgan ulushi yildan-yilga sezilarli 
darajada ortib bormoqda. 
O‘zbekistonda korxonalar faoliyatiga korporativ boshqaruv tamoyillarini 
joriy etish bilan bog‘liq amaliyot iqtisodiy islohotlarining amalga oshirilishi, 
korxonalarni davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish davridan shakllana 
boshladi. Bu qisqa davr ichida davlat mulkchiligi monopoliyasini tugatish 
natijasida xususiy mulkchilikning iqtisodiy munosabatlarning belgilovchi milliy 
tizim shakllandi, mulkdorlar sinfining shakllanishi uchun shart-sharoit yaratildi. 
Mulkni davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish jarayonlari orqali 
aksiyadorlik jamiyatlarining tashkil etilishi hamda rivojlantirilishi korporativ 
boshqaruv tizimi asosida yaratildi. Natijada aksiyadorlik jamiyatlarida korporativ 
boshqaruv tamoyillarini qo‘llash, bunday boshqaruv mexanizmlarini rivojlantirish 
hamda mulk huquqini taqsimlash borasidagi munosabatlar paydo bo‘ldi.


103 
O‘zbekistonda korporativ boshqaruv amaliyotining rivojlanish bosqichlari 
mazmun-mohiyati hamda institutsional asoslariga ko‘ra bir nechta bosqichni o‘z 
ichiga oladi. 
Jumladan, dastlabki bosqich 1990-yillarga to‘g‘ri keladi. Bu davrda davlat 
mulkini xususiylashtirish bilan bog‘liq turli yondashuvlar o‘rganildi va 
O‘zbekiston sharoitiga to‘g‘ri keladigan xususiylashtirish yo‘llari ishlab chiqildi. 
Mulkiy munosabatlarning huquqiy asoslari shakllantirildi. Jumladan, “Davlat 
tasarrufidan 
chiqarish 
va 
xususiylashtirish 
to‘g‘risida”gi 
O‘zbekiston 
Respublikasining Qonuni
29
qabul qilindi. Jamiyatda mulkchilik munosabatlarini 
shakllantirish jarayonlari boshlandi. Iqtisodiyotning ma’lum tarmoqlarini 
rivojlantirishga qaratilgan, daromad olish maqsadidagi turli sohadagi kasb 
egalarining manfaatlari yuzaga keldi. Bu esa respublikamizda ilk korporativ 
munosabatlarning shakllanishiga asos bo‘ldi. 
Ikkinchi bosqich 1993-1997 yillarni o‘z ichiga olib, bu davrda iqtisodiy 
islohotlarning asosiy yo‘nalishi mulkiy munosabatlarni isloh etishga qaratildi. 
Iqtisodiyotning turli tarmoq va sohalarida dastlabki aksiyadorlik jamiyatlari paydo 
bo‘ldi. Ko‘p ukladli iqtisodiyog shakllana boshladi. Mulkni davlat tasarrufidan 
chiqarish va xususiylashtirish natijasida tashkiliy-huquqiy jihatdan turli nodavlat 
xo‘jalik subyektlari, jumladan, chet el sarmoyasi ishtirokidagi korxonalar barpo 
etildi. Alohida jismoniy shaxslar hamda ularning guruhlari yoki huquqiy maqomga 
ega bo‘lgan shaxslar tomonidan bunday korxonalarga egalik qilish imkoniyatlari 
shakllandi. O‘zbekiston Respublikasining “Aksiyadorlik jamiyatlari va 
aksiyadorlarning huquqlarini himoyalash to‘g‘risida"’gi Qonuni
30
qabul qilindi. 
SHuningdek, iqtisodiy jihatdan nochor to‘lov qobiliyati pasaygan, aylanma 
mablag‘lari etishmaydigan korxonalarni yangi ilg‘or texnologiyalar bilan qayta 
jihozlash uchun aksiya paketlarinn yirik investorlarga sotish orqali yangi moliyaviy 
resurslarni jalb etish siyosati amalga oshirildi. 
29
Ўзбекистон Республикасининг “Давлат тасарруфидан чиқариш ва хусусийлаштириш тўғрисида”ги Қонуни. №ЎРҚ-425-ХИИ, 
19.11.1991 й. (янги таҳрири №ЎРҚ-476, 18.04.2018 й.) 
30
Ўзбекистон Республикасининг «Акциядорлик жамиятлари ва акциядорларнинг ҳуқуқларини ҳимоя қилиш тўғрисида»ги 
Қонуни.
 
223-I-сонли 
Қонун,
 26.04.1996 й. (2019 йил 20 мартдаги ЎРҚ-531-сонли 
Қонунига
 мувофиқ янги таҳрирда қабул қилинган).


104 
Uchinchi bosqich 1998-2002 yillarga to‘g‘ri keldi. Aynan shu davrda 
O‘zbekistonda korporativ boshqaruv tizimining to‘laqonli shakllanishi hal qiluvchi 
bosqichga kirdi. Iqtisodiyotning o‘zak tarmoqlarida keng qamrovli tarkibiy 
islohotlar va monopoliyadan chiqarish tadbirlari amalga oshirildi. Bu jarayonlar 
iqtisodiyotda davlat monopoliyasiga barham berish va xususiy mulkchilikning 
shakllanishiga zamin yaratdi. Qimmatli qog‘ozlar bozori tashkil topdi. SHu bilan 
birga ushbu davrda qator qonunlar qabul qilindi. Jumladan, 1998-yil 20-mayda 
qabul qilingan “CHet el investitsiyalari to‘g‘risida”gi, 1998-yil 21-mayda “CHet 
ellik investorlar huquqlarining kafolatlari va ularni himoya qilish choralari 
to‘g‘risida”gi hamda 1999-yil 12-yanvardagi “Investitsiya faoliyati to‘g‘risida”gi 
qonunlarni misol keltirishimiz mumkin. 
To‘rtinchi bosqich Korporativ boshqaruv tizimini takomillashtirish 
jarayonlari bilan bog‘liq bo‘lib 2003-2007 yillarni qamrab oladi. Bu bosqichda 
respublikamizda korporativ boshqaruv to‘g‘risida yondashuvlar paydo bo‘ldi. 
Mulkdorlar sinfining shakllanishi hisobiga iqtisodiyotda korporativ tuzilmalarning 
ahamiyati oshdi. Aksiyadorlik jamiyatlarida korporativ boshqaruvni joriy etish va 
samaradorligini oshirish bilan bog‘liq ilmiy-tadqiqot ishlari ko‘lami sezilarli ortdi. 
Xususiylashtirish jarayonlarining ijobiy sur’atlarda borishi mamlakatda xususiy 
mulkdorlar sinfining o‘sishiga omil bo‘ldi. Natijada milliy iqtisodiyotda chuqur 
institutsional o‘zgarishlarni amalga oshirish hisobiga moliyaviy resurslar salmog‘i 
kengaytirishga imkon yaratildi. 
Beshinchi bosqich 2008-2010 yillarni o‘z ichiga olib, bu davr qisqa 
bo‘lishiga qaramay milliy iqtisodiyotning o‘sishida, ichki imkoniyatlardan 
samarali foydalanishda keskin burilish yasadi. CHunki bu davrda yuz bergan jaxon 
moliyaviy-iqtisodiy inkirozi, uning salbiy oqibatlari va uning O‘zbekiston 
iqtisodiyotiga ta’sirining oldini olish va yumshatishga asos bo‘luvchi omillar 
mamlakatimiz Prezidenti tomonidan ta’kidlab o‘tildi hamda ularni hal etish yo‘llari 
ko‘rsatib berildi. Mamlakatimizda demokratik islohotlarni yanada chuqurlashtirish 
va fuqarolik jamiyatini rivojlantirish konsepsiyasida demokratik bozor islohotlari 
va iqtisodiyotni liberallashtirishni yanada chuqurlashtirish yo‘nalishida amalga 


105 
oshirilishi lozim bo‘lgan ustuvor vazifalar sifatida mulkdorlar sinfini 
shakllantirishga alohida e’tibor qaratildi. Natijada aksiyadorlik jamiyatlarida 
korporativ boshqaruv tizimi samaradorligini oshirish borasida mahallii va xorijiy 
investorlar uchun imtiyozlar berish tizimi shakllantirildi. 
Oltinchi bosqich 2011-2014 yillarni qamrab oldi. Bu davr mamlakatimizda 
faoliyag ko‘rsatayotgan aksiyadorlik jamiyatlarida korporativ boshqaruv 
tamoyillarini joriy etish, davlat ulushi mavjud aksiyadorlik jamiyatlarida 
korporativ boshqaruv mexanizmlarini takomillashtirish borasida yangi davrni 
boshlab berdi. Iqtisodiy sharoitlarning o‘zgarishi va xalqaro tajribalardan kelib 
chiqqan holda aksiyadorlik jamiyatlarida korporativ boshqaruv bilan bog‘liq 
munosabatlarni tartibga solish, muvofiqlashtirish bo‘yicha mavjud huquqiy asoslar 
takomillashtirildi. Qimmatli kog‘ozlar bozorini rivojlantirish uchun me’yoriy-
huquqiy 
asoslar 
yaratildi. 
Natijada 
2012-yil 
6-yanvarda 
O‘zbekiston 
Respublikasining “Raqobat to‘g‘risida”gi, 2014-yil 6-mayda “Aksiyadorlik 
jamiyatlari va aksiyadorlarning huquqlarini himoya qilish to‘g‘risida”gi yangi 
tahrirdagi qonunlar qabul qilindi. 
Ettinchi bosqich 2015-yildan keyingi davrni o‘z ichiga oladi. Bu bosqichda 
mamlakatimizning ustuvor tarmoq va sohalarida korporativ boshqaruv 
samaradorligini oshirish mezonlari ishlab chiqildi. Korporativ boshqaruvning 
xorijiy uslubiyotiga asoslangan tajribalari chuqur o‘rganildi. Ishlab chiqarish, 
tashqi iqtisodiy va investitsiya jarayonlariga zamonaviy xalqaro korporativ 
menejment standartlari tatbiq etilmoqda. 
Xulosa sifatida shuni ta’kidlashimiz lozimki, mamlakatimizda xususiy 
mulkchilik sohasidagi islohotlar natijasida iqtisodiy jihatdan savodxon, xo‘jalik 
yuritish san’atiga eta bo‘lgan mulkdorlar sinfi shakllandi. Korporativ boshqaruv 
samaradorligini yanada oshirish borasida yirik korxonalarni xususiylashtirish 
jarayoniga mulkdorlar sinfini jalb etildi. Buning natijasi O‘zbekistonni dunyodagi 
eng ilg‘or, iqtisodiy jihatdan yuksak darajada rivojlangan mamlakatlar qatoridan 
munosib o‘rin egallashida koʻmak beradi. 


106 

Download 1,73 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   113




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish