Намуна (Образец)



Download 1,73 Mb.
Pdf ko'rish
bet31/113
Sana11.03.2022
Hajmi1,73 Mb.
#490359
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   113
Bog'liq
1 - NAZARIYA VA AMALIYOTDA KB

 
 
Nazorat savollari 
1.
Korporativ boshqaruvning institutsional asoslarini nimalar tashkil qiladi? 
2.
Aksiyadorlarning huquqlari deganda qanday huquq tushuniladi? 
3.
Korporativ huquq qanday belgilarga ega? 
4.
Korporativ boshqaruvda me’yoriy hujjatlarga qanday talablarga javob berishi 
shart? 
5.
Korporativ boshqaruv standartlariga misol keltiring. 
6.
Korporativ boshqaruv (xulq) kodeksiga qanday talablar qo‘yiladi? 
7.
O‘zbekistonda “Korporativ boshqaruv kodeksi” qanday tarkibiy qismlarga ega? 
8.
Aksiyadorlik jamiyatlariga “Korporativ boshqaruv kodeksi”ni tayyorlash va 
joriy etish bo‘yicha qanday chora-tadbirlarni amalga oshirish tavsiya etiladi? 
 
 
 
 
 
 
 


63 
6 -MAVZU. AKSIYADORLIK JAMIYATINI TASHKIL ETISH 
 
6.1. “Aksiyadorlik jamiyatlari va aksiyadorlarning huquqlarini himoya qilish 
to‘g‘risida” gi Qonunning maqsadi va umumiy qoidalari
18
 
Aksiyadorlik jamiyatlari va aksiyadorlarning huquqlarini himoya qilish 
to‘g‘risida” gi Qonuni 1996 yil 26 aprelda qabul qilinib, 2019 yil 20 martda ayrim 
o‘zgartirishlar va qo‘shimchalar kiritilib yangi tahrirlandi. Ushbu Qonunning 
maqsadi aksiyadorlik jamiyatlarining tashkil etilishi, faoliyati, qayta tashkil etilishi 
va tugatilishi hamda aksiyadorlarning huquqlarini himoya qilish sohasidagi 
munosabatlarni tartibga solishdan iborat bo‘lib, mazkur hujjat asosida jamiyatlarda 
korporativ boshqaruv faoliyati takomillashtirildi. 
Aksiyadorlik jamiyati deb ustav fondi (ustav kapitali) aksiyadorlarning 
aksiyadorlik jamiyatiga nisbatan huquqlarini tasdiqlovchi muayyan miqdordagi 
aksiyalarga taqsimlangan tijorat tashkilotiga aytiladi. Mazkur jamiyat yuridik shaxs 
bo‘lib, u o‘z mustaqil balansida hisobga olinadigan alohida mol-mulkka, shu 
jumladan o‘zining ustav fondiga (ustav kapitaliga) berilgan mol-mulkka ega 
bo‘ladi, o‘z nomidan mulkiy va shaxsiy nomulkiy huquqlarni olishi hamda amalga 
oshirishi, zimmasiga majburiyatlar olishi, sudda da’vogar va javobgar bo‘lishi 
mumkin. Jamiyat davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan paytdan e’tiboran yuridik shaxs 
maqomiga ega bo‘ladi. Agar jamiyatning ustavida faoliyatning muddati 
belgilanmagan bo‘lsa, cheklanmagan muddatga tuziladi.
Jamiyat o‘z majburiyatlari yuzasidan o‘ziga tegishli barcha mol-mulk bilan 
javobgar bo‘ladi. Aksiyadorlar jamiyatning faoliyati bilan bog‘liq zararlarning 
o‘rnini o‘zlariga tegishli aksiyalar qiymati doirasida qoplash tavakkalchiligini o‘z 
zimmasiga oladi.
Jamiyat o‘zi chiqarayotgan aksiyalarga ularni ommaviy joylashtirish yo‘li 
bilan qonun hujjatlari talablarini hisobga olgan holda ochiq obuna o‘tkazishga 
haqli. Jamiyat o‘zi chiqarayotgan aksiyalarga ularni xususiy joylashtirish yo‘li 
18
Ўзбекистон Республикаси “Акциядорлик жамиятлари ва акциядорларнинг ҳуқуқларини ҳимоя қилиш 
тўғрисида”ги қонуни. 26.04.1996 й. №223-I-сонли қонун. 1-боб. // манба: lex.uz 


64 
bilan yopiq obuna o‘tkazishga haqli, yopiq obuna o‘tkazish imkoniyati qonun 
hujjatlarida va jamiyat ustavida cheklab qo‘yilgan hollar bundan mustasno. 
Aksiyadorlar o‘zlariga tegishli aksiyalarni boshqa aksiyadorlarning va jamiyatning 
roziligisiz o‘zga shaxsga berishga haqli. Aksiyalarning haqini to‘liq to‘lamagan 
aksiyadorlar jamiyatning majburiyatlari yuzasidan o‘zlariga tegishli aksiyalar 
qiymatining to‘lanmagan qismi doirasida solidar javobgar bo‘ladi. O‘z aksiyalarini 
sotayotgan aksiyador aksiyalarini sotish niyati to‘g‘risida boshqa aksiyadorlarni 
aksiyalarning narxini va uchinchi shaxsga taklif etish shartlarini ko‘rsatgan holda 
to‘g‘ridan-to‘g‘ri yoxud jamiyat orqali yozma shaklda xabardor qilishi shart. 
Aksiyadorlar sotayotgan aksiyalarni olishga doir imtiyozli huquqni amalga 
oshirish tartibi va muddatlari jamiyat ustavida belgilanadi, bunda imtiyozli 
huquqdan foydalanish muddati aksiyalar sotuvga qo‘yilgan paytdan e’tiboran o‘n 
kundan kam va o‘ttiz kundan ko‘p bo‘lishi mumkin emas. 
Aksiyador tomonidan o‘ziga tegishli aksiyalar imtiyozli huquq buzilgan 
holda sotilgan taqdirda, jamiyatning istalgan aksiyadori va (yoki) jamiyat bunday 
qoidabuzarlik to‘g‘risida aksiyador yoki jamiyat bilgan yoxud bilishi lozim bo‘lgan 
paytdan e’tiboran uch oy ichida o‘ziga sotib oluvchining huquq va majburiyatlari 
o‘tkazilishini sud tartibida talab qilish huquqiga ega. Aksiyalarni olishga bo‘lgan 
ushbu imtiyozli huquqdan boshqa shaxs foydasiga voz kechishga yo‘l qo‘yilmaydi. 

Download 1,73 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   113




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish