Намуна (Образец)


 Direktorlar kengashining majburiyatlari



Download 1,73 Mb.
Pdf ko'rish
bet21/113
Sana11.03.2022
Hajmi1,73 Mb.
#490359
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   113
Bog'liq
1 - NAZARIYA VA AMALIYOTDA KB

 
4.3. Direktorlar kengashining majburiyatlari 
O‘zbekiston Respublikasida 1996-yil 26-apreldagi 223-I-sonli “Aksiyadorlik 
jamiyatlari va aksiyadorlarning huquqlarini himoya qilish to‘g‘risida” qonunida 
koʻrsatilganidek, aksiyadorlik jamiyatlarining korporativ boshqaruv organlariga 
quyidagilar kiradi: 
-
Aksiyadorlar umumiy yig‘ilishi; 
-
Kuzatuv kengashi (Direktorlar kengashi); 
-
Ijroiya organi. 


48 
Aksiyadorlarning umumiy yig‘ilishi jamiyatni boshqarishning oliy 
organidir. 
Jamiyat har yili aksiyadorlarning umumiy yig‘ilishini (aksiyadorlarning 
umumiy hisobot yig‘ilishini) oʻtkazishi shart. 
Aksiyadorlarning umumiy hisobot yig‘ilishi jamiyat ustavida belgilangan 
muddatlarda, ammo moliya yili tugaganidan keyin koʻpi bilan 
olti oy ichida
oʻtkaziladi. Aksiyadorlarning umumiy hisobot yig‘ilishida jamiyatning Kuzatuv 
kengashi 
va 
Taftish 
komissiyasini (taftishchini) saylash to‘g‘risidagi, 
yakkaboshchilik asosidagi Ijroiya organi bilan kollegial ijroiya organining a’zolari, 
boshqaruvchi tashkilot yoki boshqaruvchi bilan tuzilgan shartnomaning amal qilish 
muddatini uzaytirish (shartnomani qayta tuzish yoki uni tugatish (bekor qilish) 
mumkinligi to‘g‘risidagi, auditorlik tekshiruvi oʻtkazish haqida qaror qabul qilish 
to‘g‘risidagi masalalar, auditorlik tashkilotini va uning xizmatiga toʻlanadigan haq 
miqdori chegarasini belgilash masaladari hal etiladi, shuningdek, ushbu Qonun 65- 
moddasining birinchi qismi 13 xatboshisiga muvofiq jamiyatning yillik hisoboti va 
boshqa hujjatlar qarab chiqiladi. Aksiyadorlarning yillik umumiy yig‘ilishidan 
tashqari oʻtkaziladigan umumiy yig‘ilishlar navbatdan tashqari yig‘ilish 
hisoblanadi. 
Aksiyadorlarning umumiy yig‘ilishi oʻtkaziladigan sana va uni oʻtkazish 
tartibi, yig‘ilish oʻtkazilishi haqida aksiyadorlarga xabar berish tartibi, 
aksiyadorlarning umumiy yig‘ilishini oʻtkazishga tayyorgarlik vaqtida 
aksiyadorlarga beriladigan materiallar (axborotlar) roʻyxatini jamiyatning 
Direktorlar kengashi belgilaydi.Jamiyatning Direktorlar kengashi jamiyat 
faoliyatiga umumiy rahbarlik qiladi. Ovoz beruvchi aksiyalarning egasi bo‘lgan 
aksiyadorlar soni 30 kishidan kam bo‘lgan jamiyatda Direktorlar kengashi vazifasi 
jamiyat ustavi bilan aksiyadorlarning umumiy yig‘ilishi zimmasiga yuklanishi 
mumkin. Bunday hollarda aksiyadorlar umumiy yig‘ilishini oʻtkazish masalasini 
hal etishga vakolati bo‘lgan muayyan shaxs yoki jamiyat organi jamiyat ustavida 
o‘z aksini topishi kerak. 
Direktorlar (Kuzatuv) kengashi faoliyatini quyidagilarni tashkil etadi: 


49 
-har bir jamiyatda kengash maqsadi, vazifasi, vakolati va javobgarligi 
ta’riflangan hamda oʻziga quyidagi asosiy qoidalarni olgan hujjatning boʻlishi 
tavsiya qilinadi: 
-kengashning uzak g‘oyasi - jamiyat va uning faoliyati bilan ishbilarmonlik 
va boshqa o‘zaro munosabatlardan xoli, mulk egalari (aksiyadorlar) va boshqa 
manfaatdor shaxslar nomidan nazorat ishlarini olib boruvchi shaxslar guruhining 
shakddanishidir; 
-
kengashning missiyasi aksiyadorlar qo‘ygan ulush qiymatining maksimal 
oshirishdir. Kengash faoliyatining asosida aksiyadorlar maqsadlari va manfaatlari 
yotishi zarur. 
Direktorlar kengashining vakolatlari quyidagicha tartibda amalga oshiriladi: 
1.
Umumiy yig‘ilish yoki Ijro etuvchi organga xal qilish uchun berilishi 
mumkin bo‘lmagan va fakat Kuzatuv kengashi vakolatiga kiradigan masalalar, 
jamiyat Ustavida fakat Kuzatuv kengashi vakolatiga kiruvchi masalalar deb 
belgilanishi kerak; 
2.
Direktorlar kengashi vakolatiga kiritilgan masala Umumiy yig‘ilish 
mutlak vakolatiga tegishli bulsa, Ustavda ushbu masalani fakat Kuzatuv kengashi 
vakolatiga taalukli kilib belgilash mumkin; 
3.
Umumiy yig‘ilishning umumiy vakolatiga karashli masalalar, Jamiyat 
Ustavida Umumiy yig‘ilish yoki Kuzatuv kengashi yoki Ijro etuvchi organ 
vakolatiga doir kilib belgilanishi mumkin; 
4.
Taftish komissiyasi tomonidan jamiyatning moliyaviy - xujalik faoliyatini 
taftish qilish haqidagi qaror qabul qilish to‘g‘risidagi masala, Ustavda ham 
Umumiy yig‘ilish, ham Kuzatuv kengashi va Taftish komissiyasi vakolatiga 
kiritilishi kerak; 
5.
Umumiy yig‘ilish kun tartibini shakllantirish boʻyicha tashabbuslar bilan 
boglik masalalar. 
Direktorlar 
kengashi 
vakolatlaridan 
samarali 
foydalanish 
uchun 
quyidagilarga amal qilish lozim: 
1.
Umumiy yig‘ilish va Kuzatuv kengashi qarorlarining bajarilishini kuzatib 


50 
borish; 
2.
Direktorlar kengashiga aksiyadorlarning murojaatlari boʻyicha muvofiq 
teskari alokani ta’minlash; 
3.
Biznes-rejani tuzish va amalga oshirishda Kuzatuv kengashi va Ijroiya 
organining solidar (birgalikda) javobgarligi; 
4.
Aksiyadorlarning dividendlar boʻyicha “umidlarini” va ishlab 
chiqarishning qayta investitsiya kilinishiga extiyojlarini hisobga oladigan mu’tadil 
dividend siyosati; 
5.
AJ asosiy faoliyatiga mansub bo‘lmagan, mulklarni sotib olish va 
begonalashtirish, bitimlar hamda zaxira va boshqa fondlarni ishlatilish ustidan 
Kuzatuv kengashining nazorati; 
Direktorlar (Kuzatuv) kengashining har bir a’zosidan korporativ huquqda 
savodli bo‘lishi, tarmoqqa doir zarur kasbiy malakaga ega bo‘lishi, halol va o‘z 
mas’uliyatini his qiladigan shaxs sifatida tanilgan bo‘lishi, Kengashning boshqa 
a’zolari, kompaniya menejerlari va aksiyadorlari bilan samarali hamkorlik qilishga 
qobiliyatli bo‘lishi, korporativ munosabatlardagi qatnashchilarni manfaatlarining 
muvozanatiga rioya qilishi talab etiladi. 

Download 1,73 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   113




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish