Намуна (Образец)



Download 1,73 Mb.
Pdf ko'rish
bet18/113
Sana11.03.2022
Hajmi1,73 Mb.
#490359
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   113
Bog'liq
1 - NAZARIYA VA AMALIYOTDA KB

Nazorat savollari 
1. 
Transmilliy korporatsiyalar qanday mohiyatga ega?
2. 
Transmilliy korporatsiyalar qanday funksiyalarni amalga oshiradi?
3. 
TMK qanday salbiy jihatlarga ega? 
4. 
Jahon iqtisodiyotida zamonaviy TMKlar qanday xarakterli belgilarga ega? 


43 
5. 
Jahondagi 
yirik korporatsiyalarning 
ro‘yxatini 
tuzishishda qaysi
ko‘rsatkichlardan foydalaniladi. 
6. 
TMK egallash ko‘lami bo‘yicha qanday shakllarga ajratiladi? 
7. 
TMKlarni qanday guruhga bo‘linadi? 
8. 
Jahon xo‘jaligida transmilliy korporatsiyalarning o‘rni. 
9. 
Jahon iqtisodiyotini rivojlantirishda transmilliy korporatsiyalar qanday 
ahamiyatga ega? 
10. 
Milliy iqtisodiyotni rivojlantirishda transmilliy korporatsiyalar qanday 
ahamiyatga ega? 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 


44 
4-MAVZU. KORPORATIV BOSHQARUV PRINSIPLARI 
 
4.1. Iqtisodiy hamkorlik va rivojlantirish qo‘mitasining (IHRQ) korporativ 
boshqaruv prinsiplari 
1999-yil Iqtisodiy hamkorlik va rivojlanish tashkiloti korporativ boshqaruv 
prinsiplarining imzolanishi Iqtisodiy hamkorlik va rivojlanish tashkiloti a’zo 
mamlakatlarining bu boradagi tajribalarini umumlashtirishga olib keldi, 
Prinsiplarning o‘zi esa, jumladan, o‘tish iqtisodiyotiga ega mamlakatlar uchun 
andozalar va yo‘l-yo‘riqlar potensial modelli to‘plamiga aylandi. Kompaniya 
intilishi lozim bo‘lgan korporativ boshqaruv asosiy ko‘rsatkichi korporativ 
boshqaruv samaradorligi hisoblanadi. Jahon bankining ta’rifiga ko‘ra, samarali 
korporativ boshqaruvga xos bo‘lgan jihatlar quyidagilar hisoblanadi: «shaffoflik»; 
kompaniya faoliyat haqida moliyaviy va boshqa axborotlarni ochish; menejment 
faoliyati ustidan ichki nazorat jarayonlari; barcha aksiyadorlar huquqlarini himoya 
qilish va ta’minlash; direktorlarning kompaniya strategiyasini belgilash, biznes-
rejalar tasdiqlash, boshqa muhim qarorlar qabul qilish, menejerlar tayinlash, 
ularning faoliyatini nazorat qilish, zarur hollarda menejerlarni ishdan bo‘shatishda 
mustaqilligi. 
Iqtisodiy hamkorlik va rivojlanish tashkiloti samarali korporativ 
boshqaruvning quyidagi jihatlarini ajratib ko‘rsatadi: halollik - investorlarning o‘z 
mablag‘lari himoyalanishiga ishonch; «shaffoflik» - kompaniyaning o‘z moliyaviy 
ahvoli ishonchli va to‘liq axborotni o‘z vaqtida ochish; hisobdorlik - menejerlar 
kompaniya mulk egalariga hisobot beradi; javobgarlik - kompaniyaning qonunlar 
va axloqiy me’yorlarga rioya qilish. 
Samarali korporativ boshqaruv natijasi mahalliy miqyosda ham, global 
miqyosda ham namoyon bo‘ladi: kompaniya miqyosida samarali korporativ 
boshqaruv kompaniyaning aksiyadorlar va barcha manfaatdor shaxslarning 
manfaatlarini himoya qilgan holda maksimal foyda olishini ta’minlaydi; davlat 
miqyosida samarali korporativ boshqaruv xususiy sektor, fond bozori va butun 
iqtisodiyotning rivojlanishiga xizmat qiladi; jahon miqyosida samarali korporativ 


45 
boshqaruv xalqaro moliya bozori strukturasini shakllantirishda moliya inqirozining 
ro‘y berish riskini pasaytirishga imkon beradi. 
Korporativ boshqaruv an’anaviy konstepstiyasiga muvofiq kompaniya 
farovonligining o‘sishi bilan uning aksiyadorlari farovonligi ham o‘sadi. Biroq 
zamonaviy konstepstiya aksiyadorlar farovonligi kompaniya farovonligidan farq 
qilishi va bu kompaniya va uning aksiyadorlari turli maqsadlarga ega bo‘lishi 
mumkinligi bilan bog‘liq ekanligini tan oladi. SHu sababli samarali korporativ 
boshqaruv maqsadi - korporativ munosabatlar barcha qatnashchilarining 
manfaatlar muvozanatini tan olish hisoblanadi. 
Korporativ boshqaruvning asosiy tamoyillariga quyidagilarni kiritishimiz 
mumkin: 

Download 1,73 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   113




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish