Намуна (Образец)


Jahon iqtisodiyotini globallashuvida transmilliy



Download 1,73 Mb.
Pdf ko'rish
bet16/113
Sana11.03.2022
Hajmi1,73 Mb.
#490359
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   113
Bog'liq
1 - NAZARIYA VA AMALIYOTDA KB

 
3.2. Jahon iqtisodiyotini globallashuvida transmilliy
korporatsiyalarning roli 
Transmilliy korporatsiya (TMK)
 
– bu aksionerlik yoki xususiy kompaniya 
bo‘lib, u bosh kompaniya va uning filiallarini o‘z ichiga oladi. Ushbu ta’rifdan 
kelib chiqqan holda, ikki yoki undan ortiq mamlakatda o‘zining filialiga ega 
bo‘lgan barcha kompaniyalar TMK kategoriyasiga kiradi. TMK egallash ko‘lami 
bo‘yicha quyidagi shakllarga ega: 
1.
Multimilliy kompaniya - dunyoning turli xil mamlakatlarida o‘zining 
bo‘linmalariga ega kompaniya bo‘lib, ular o‘zining biznes strategiyasini mahalliy 
bozor xususiyatidan kelib chiqqan xolda tashkil etadi. 
2.
Global kompaniya - bu kompaniya dunyoning hamma mintaqalaridagi 
faoliyatini bir xil standart asosida tashkil etishga harakat qiladi. 
3.
Halqaro kompaniya - bu kompaniya ham global kompaniyalarga tegishli 
bo‘lib hisoblanadi. 
Jahon iqtisodiyotida zamonaviy TMKlarning xarakterli belgilari quyidagilar 
hisoblanadi: 
1.
Ishlab chiqarish, savdo va xizmat ko‘rsatish faoliyatining katta qismini 
bosh shtab-kvartira joylashgan, mamlakat iqtisodiy makoni chegarasidan 
tashqariga olib chiqadi. 
2.
Turli 
davlatlarda 
filiallar, 
sho‘ba 
va 
assotsiatsiyalangan 
kompaniyalarning katta tarmog‘ini tashkil etadi. 
3.
Iqtisodiy faoliyatni samarali bashoratlash va rejalashtirish sharoitida 
tashqi va ichki investitsion oqimlarni boshqaradi. 
4.
Kapitallar, ishchi kuchi, axborot transferining firma ichkarisidagi 
kanallarining ko‘pligi. 
Ishlab chiqarish quvvatlarini va servis markazlarini jahonning turli 
hududlariga 
bo‘lib-bo‘lib 
joylashtirish 
(diversifikatsiyalash) 
bunday 
korporatsiyalarga halqaro mexnat taksimoti shartlari va ichki milliy bozor 


37 
xususiyatlaridan kelib chiquvchi ustunliklardan foydalanish hisobiga katta 
daromad olish imkoniyatini beradi. 
Transmiyllik korporatsiyalarning soni Milliy kompaniyani halqaro 
kompaniyaga aylanishiga konkret misol sifatida «Elektrolyuks» guruhini keltirish 
mumkin. «Elektrolyuks» elektr uskunalarni ishlab chiqish va ta’mirlash bilan 
shug‘ullanuvchi ikki shved firmasining qo‘shilishi natijasida 1912-yilda tashkil 
etilgan. 50-yillarda bu kompaniya avval SHvetsiyada, so‘ngra boshqa 
Skandinaviya mamlakatlarida ham etakchi mavqega ega bo‘ldi. Tayyorlanayotgan 
mahsulotlar nomenklaturasini uzluksiz kengaytirib borgan holda kompaniya 
G‘arbiy Evropada savdo va xizmat ko‘rsatish korxonalari tarmog‘ini yaratishga 
kirishdi. 80-yillarda «Elektrolyuks» o‘z tuzilmasiga AQSHning («Uayt 
Konsolideytid» elektr uskunalari ishlab chiqarish bo‘yicha mamlakatda 3-o‘rinda 
turadi), Germaniyaning («AEG»), Italiyaning («Zanussi») kabi bir necha yirik 
kompaniyalarini qo‘shib oldi. Hozirgi paytda jahonning 75 mamlakatida uning 
bo‘limlari mavjud, bu TMKning personali 110 ming kishidan ortiq, yillik 
aylanmasi 16 mlrd. dollardan oshadi. 
BMT ekspertlarining fikricha, transmilliy korporatsiyalar (TMK) «jahon 
iqtisodining dvigatellaridir». BMTning transmilliy korporatsiyalar haqidagi 
dokladlaridan biri xuddi shunday deb nomlangan edi. 1990-yillarning o‘rtalariga 
kelib jahonda 40 mingta TMK mavjud edi. Ular o‘z davlatlaridan tashqarida 250 
mingga yaqin shoʻba korxonalarini nazorat qilardi. Ularning soni oxirgi yigirma yil 
mobaynida 5 barobarga ko‘paydi (1970-yilda 7ming ta bunday firma ro‘yxatga 
olingan edi). 
100 ta eng yirik halqaro kompaniyalarning 40% mulki (shu jumladan, 
moliyaviy 
mulki) 
boshqa 
davlatlar 
hududida 
joylashgan. 
Transmilliy 
korporatsiyalarning asosiy qismi AQSH, EI davlatlari va Yaponiyada joylashgan. 
TMK jahon sanoat ishlab chiqarishining 40%igacha, halqaro savdoning yarmini 
nazorat qiladilar. TMK korxonalarida ishlab chiqarilgan mahsulotlarning miqdori 
yiliga 1 trln. dollardan oshib ketadi. Ularda 73 mln.dan ortiq kishi ya’ni jahonda 
band aholining undan bir qismi
ishlaydi . 


38 
Transmilliy korporatsiyalar ichida eng ko‘p xorijiy aktivga (moliya sektori-
transmilliy banklardan tashqari) “Angliya-Gollandiya” konserni, «Royal-Datch 
shell» kompaniyasi, keyin AQSHning 4 ta kompaniyasi: «Ford», «Jenerat motore», 
«Ekson» va «IBM» kompaniyalardir.Ko‘p TMKlarning iqtisodiy qudrati 
davlatning o‘rta miqdori bilan taqqoslanadi. Masalan, Amerikaning «Djeneral 
motors» korporatsiyasining sotish hajmi orqali Shveysariya, Avstriya va Shvetsiya 
kabi davlatlarning YAIM hajmini oshiradi. 2007 yilda ushbu mamlakatlar jahon 
eskport hajmini 1,5 baravarga oshirgan.
11
Ko‘pmilliy korporatsiyalar (KMK) – ishlab chiqarish va ilmiy-tadqiqotchilik 
asosida bir necha davlat milliy korporatsiyalarini birlashtiruvchi halqaro 
korporatsiyadir. Bunga 1907-yildan buyon mavjud bo‘lgan Angliya-Gollandiya 
davlatlarining 
«Royal-Datch shell» konsernini ko‘rsatish mumkin. Bu 
kompaniyaning hozirgi kapitali 60:40 nisbatda taksimlangan. Ko‘pmilliy 
korporatsiyalarga mashinasozlik, lectron injeneriyaga ixtisoslashgan, Evropada 
mashhur Shveyesariya-Shvetsiya AVV (AseaBrownBovery) kompaniyasini 
ko‘rsatish mumkin. Evropaning ilgʻor ko‘pmilliy korporatsiyalari qatoriga 
Angliya-Gollandiya kimyo texnologiya konserni «Yunilever»ni ham qo‘shish 
mumkin. 
Dunyoda transmilliy korporatsiyalarning soni 1985-yilda 12 mingga, 1990-
yillarning oxirida 60 mingtaga etgan bo‘lsa, hozirgi kunga kelib 82 mingta TMK 
bo‘lib, ular 810 mingta filiallarga egadir.
12
TMKlar hissasiga to‘g‘ridan-to‘g‘ri 
investitsiyalarning 90 foizi, yangi texnikaga patent va litsenziyalarning 80 foizi, 
tashqi savdo aylanmasining 63 foizi va jahon sanoat ishlab chiqarishining 
taxminan 40-50 foizi to‘g‘ri keladi. 2000-yilga kelib dunyoda 63 ming dona TMK 
va ularning filiali esa 690 ming tadan ortiqni tashkil etdi. TMKlar utgan asrning 
80-yillarini oxiriga kelib jahon bozorini xom ashyo, tovarlar va xizmatlar bilan 
ta’minlovchi asosiy korxonalarga aylandi. Amerikaning ishbilarmonlar jurnali 
Forbes 2016 yakunlariga ko‘ra dunyodagi 2 mingta eng yirik TMKlar reytingini 
11
James Gerber. International Economics. Fifth Edition. Pearson, 2012. Р. 142. 
12
https://www.scienceforum.ru 


39 
e’lon qilgan.
13
Ushbu reytingda to‘rt yildan uyon Xitoyning “ICBC” banki 
liderlikni egallab turganligi qayd qilingan. SHuningdek, oldingi uchta qatorni ham 
Xitoyning 3 ta banki – CHina Sostrustion Bank, Agrisultural Bank of CHina va 
Bank of China kabi banklar egallagan. Top-10talikka amerikalik Berkshire 
Nathavay Uorrena Baffetta, JP Morgan CHase va Exxon Mobil neft va gaz 
korporatsiyasi, Xitoyning PetroCHina korporatsiyasi hamda Amerikaning General 
Elektrik korporatsiyasi kiritilgan. Ro‘yxatga Rossiyaning 25 ta kompaniyasi 
kiritilgan. Ushbu 2000 ta yirik korporatsiyalar 2016-yildagi umumiy faoliyati 
natijasida 35 trl.dollarlik hajmda daromad, 2.4 trl.dollar hajmda foyda ko‘rgan. 
Ular 163 trl.dollarlik aktivlarni boshqarishadi, bozor kapitallashuvi esa 44 
trln.dollarni tashkil etadi. 2016-yilda ro‘yxat geografiyasi 63 ta mamlakatni 
qamrab olgan. Reytingda eng ko‘p AQSH kompaniyalari bo‘lib, ular 587 tani 
tashkil etadi, Yaponiyaning 219 ta va Xitoyning 200 ta kompaniyalari o‘rin 
egallagan. 
Jahondagi yirik korporatsiyalarning ro‘yxatini tuzishishda, asosan, 4 
ko‘rsatkichdan, ya’ni daromad, foyda, aktivlar va bozor qiymati (kapitallashuv) 
kabi ko‘rsatkichlardan foydalaniladi. 2017-2018 yillardagi dunyodagi TOP-100 
talik eng yirik TMKlar ro‘yxati yuqorida qayd etilgan ko‘rsatkichlar asosida 
quyidagi jadvalda aks ettirildi: (3.2.1-jadval) 

Download 1,73 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   113




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish