Намуна (Образец)



Download 1,73 Mb.
Pdf ko'rish
bet108/113
Sana11.03.2022
Hajmi1,73 Mb.
#490359
1   ...   105   106   107   108   109   110   111   112   113
Bog'liq
1 - NAZARIYA VA AMALIYOTDA KB

 
Nazorat savollari
1.
Biznes-injiniring qanday ta’riflanadi? 
2.
Biznes-injiniring texnologiyasining asosiy maqsadi nimalardan iborat? 
3.
Biznes-injiniring jarayonini qanday asosiy elementlar tashkil etadi? 
4.
Biznes-injiniring qanday 
bosqichlardan iborat? 
5.
Biznes-model nima? 
6.
Biznes-modelning bazali sxemasidagi modellar qanday xarakteristikalarga ega? 
7.
Kompaniyaning biznes-modeli qanday elementlardan shakllantiriladi?
8.
Biznes-model kompaniya uchun qanday imkoniyatlar yaratib beradi?


244 
21-MAVZU. KORPORATIV NIZOLAR
 
 
21.1. Korporativ nizo tushunchasi 
Har qanday nizoning mohiyatini tomonlar o’rtasida kelishuvning yo’qligi 
sifatida ta’riflash mumkin. Korporativ munosabatlar subyektlari o’rtasida 
manfaatlar muvozanatining yo’qligi korporativ nizolarga sabab bo’lishi mumkin. 
Korporativ nizolardeganda jamiyat aksiyadorlari o’ratasida, jamiyat 
aksiyadorlari va menejerlari o’rtasida, investorlar (potenstial aksiyadorlar) va 
jamiyat o’rtasida vujudga keladigan, quyidagi oqibatlardan biriga olib keladigan 
kelishmovchiliklar va tortishuvlar tushuniladi: 

amaldagi qonunchilik me’yorlari, jamiyat nizomi yoki ichki hujjatlari, 
aksiyadorlar yoki ularning guruhlari huquqlarining buzilishi; 

jamiyat va uning boshqaruv organlariga qabul qilingan qarorlar bo’yicha 
da’volar; 

amaldagi boshqaruv organlari vakolatlarini muddatidan oldin to’xtatish; 

aksiyadorlar tarkibida jiddiy o’zgarishlar.
Korporatsiyalar faoliyatining o’ziga xosliklari tufayli nizolar vujudga kelishi 
uchun quyidagi sabablarni ko’rsatish mumkin. 
Aksiyadorlik mulkida ishtirok etish uchun keng imkoniyatlar kapitallarning 
murakkab tarzda chigallashib ketishi va mos ravishda, manfaatdor tomonlar 
doirasining doimiy bo’lmasligini nazarda tutadi. 
Mulkni boshqaruvdan ajratish (qaror qabul qilish va riskni qabul qilish 
funktsiyalarining taqsimlanishi) va nazorat funktsiyasining riskni qabul 
qilmaydigan va boshqaruvda ishtirok etmaydigan shaxslar tomonidan amalga 
oshiriladigan alohida bir funktsiyaga ajratilishi korporatsiya faoliyati natijalaridan 
manfaatdor turli shaxslar o’tasida manfaatlar mojarosining yuzaga kelishini 
belgilab berdi. 


245 
Korporatsiya menejmenti, aksiyadorlar va boshqa manfaatdor shaxslar 
o’rtasida belgilanadigan munosabatlar tizimiga turli iqtisodiy subyektlar guruhlari 
tomonidan ijozat beriladi: 
1.
Davlat va korporatsiya o’tasidagi munosabatlarga davlat tomonidan ijozat 
beriladi va u davlat-hukumat xarakteriga ega bo’ladi. 
2.
Menejment va aksiyadorlar o’rtasidagi aloqalarning muayyan jihatlari 
korporatsiya boshqaruv organlari tomonidan amaldagi qonunchilik doirasida 
qabul qilingan qo’shimcha bitim va kelishuvlar bilan tartibga solinishi 
mumkin.
3.
Menejment va boshqa manfaatdor shaxslar o’rtasidagi munosabatlar turli 
yo’nalishdagi xarakterga ega bo’lib, manfaatdor shaxslarning korporatsiya 
uchun ichki yoki tashqi muhitga mansubligiga bog’liq bo’ladi. Ular qonun 
hujjatlari va jamiyatning ichki reglamenti bilan tartibga solinadi. 
Zamonaviy iqtisodiyotda korporativ munosabatlar subyektlari o’rtasida 
vujudga kelayotgan jiddiy qarama-qarshiliklar va ixtiloflar mamlakatda ishlab 
chiqarishning rivojlanishiga investistiyalar oqimining kirib kelishiga to’sqinlik 
qilmoqda. 
Barcha nizolar xilma-xilligini quyidagi to’rt turga ajratish mumkin: 
1.
Yirik (majoritar) va mayda (minoritar) aksiyadorlar munosabatlari nizosi. 
2.
Ichki aksiyadorlar (insayder) va tashqi aksiyadorlar (autsayder) nizosi. 
3.
Menejment (aksiyalarsiz yoki aksiyalar kichik paketiga ega) va aksiyadorlar 
nizosi. 
4.
Chetdan «nodo’stona qo’shib olish tashabbuskorlari» tarafdorlari va 
aksiyadorlar nizosi. 
Ko’rib chiqilgan korporativ nizolar turlari ichida quyidagi xillarni ajratib 
ko’rsatish mumkin: 
1.
Qonunchilik me’yorlarining buzilishi korporativ huquq me’yorlari va 
jarayonlarini tasodifan buzish bilan bog’liq bo’lib, aksiyadorlar tomonidan 
ularning manfaatlariga tajovuz sifatida qabul qilinadi. 


246 
2.
Qo’shib olish – aksiyadorlar guruhining (chetdan investorning) korxona 
ustidan nazorat o’rnatish jarayonida yuzaga keladigan nizolar. 
3.
Dividendlar bo’yicha nizolar – yirik va mayda aksiyadorlar o’tasida korxona 
foydasidan foydalanish borasida yuzaga keladigan nizolar. 
4.
Menejerlar bilan nizolar – aksiyadorlik jamiyatining menejerlari va 
aksiyadorlar o’rtasida kompaniyani boshqarish samaradorligi va menejerlar 
harakatlari vijdonanligi bo’yicha yuzaga keladigan nizolar. 
5.
Raqobat 
– 
aksiyadorlik 
jamiyatining 
moliyaviy 
holati 
va 
raqobatbardoshligiga putur etkazishga yo’naltirilgan nizolar. 
6.
Korporativ shantaj - minoritar aksiyadorlar ishtirokidagi, aksiyadorlik 
jamiyati yoki uning yirik aksiyadorlarini minoritariylardan ularga tegishli aksiyalar 
paketini bozor qiymatidan qimmat narxja sotib olish yoki nizoni to’xtatish uchun 
voz kechish muzdi to’lashga undashga yo’naltirilgan nizolar. 
Shuningdek, korporatsiya tomonidan aksiyadorlar huquqlarining buzilishiga 
olib keladigan asosiy harakatlar aniqlandi: 
1.
Aksiyadorlar 
cheklangan 
doirasida 
joylashtiriladigan 
aksiyalar 
qo’shimcha emissiyasi (ko’pincha bozor narxidan past yoki ushbu 
kompaniya uchun etarli darajada iste’mol qiymatiga ega bo’lmagan 
aktivlar bilan to’lash kuzatiladi). 
2.
Kompaniyaning startegik aktivlarini aksiyadorlar nazorati ostida 
bo’lmagan firmalarga o’tkazish yo’li bilan ajratib qo’yish (ko’pincha 
qayta tashkil qilingan muassasalar yordamida). 
3.
Affilyastiyalangan shaxslar guruhi tomonidan nazorat paketini qo’lga 
kiritish maqsadida aksiyalar paketini «maydalash». 
4.
Aksiyadorlarga qaytarib sotib olishda imtiyozli huquqlar bermagan holda 
nizom kapitalidan ancha katta bo’lgan miqdordagi summada qo’shimcha 
emissiya chiqarish. 
5.
Aksiyadorlar bilan muvofiqlashtirish bo’yicha zarur jarayonlarni 
o’tkazmagan holda aksiyalar yirik paketlarini sotib yuborish. 


247 
6.
Mayda aksiyadorlarni chiqarib yuborishga yo’naltirilgan aksiyalarni 
konsolidastiyalash jarayonini amalga oshirish. 
Sanab o’tilgan harakatlar aksiyadorlashtirishning u vositasida aksiyalarni 
xarid qilishda pul mablag’lari ishlab chiqarishni rivojlantirishga to’g’ridan-to’g’ri 
investistiyalar shaklini oladigan mexanizm sifatidagi asosiy mazmuniga putur 
etkazadi. 
Barcha nizolar xilma-xilligini tahlil qilib xulosa chiqarish mumkinki, 
korporativ boshqaruv muammolari asosan mulk egalaridan bittasi uning mulkiy 
huquqlaridan emas, balki boshqaruv funktsiyalaridan kelib chiqadigan 
ustunliklarni qo’lga kiritishi bilan bog’liq. 

Download 1,73 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   105   106   107   108   109   110   111   112   113




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish