Qarori yo‘l harakati qoidalarini tasdiqlash to‘G‘risida


XXVIII. Velosiped, moped va aravalar harakatlanishiga, shuningdek hayvonlarni haydab



Download 3,39 Mb.
Pdf ko'rish
bet29/46
Sana11.03.2022
Hajmi3,39 Mb.
#490170
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   46
Bog'liq
370-сон 24.12.2015. Yo‘l harakati qoidalarini tasdiqlash to‘g‘risida

XXVIII. Velosiped, moped va aravalar harakatlanishiga, shuningdek hayvonlarni haydab
o‘tishga doir qo‘shimcha talablar
165. Yo‘lda velosiped, aravani boshqarish, miniladigan yoki yuk ortiladigan hayvonlarni haydab
o‘tish 14 yoshdan kichik bo‘lmagan, mopedni boshqarish esa 16 yoshdan kichik bo‘lmagan
shaxslarga ruxsat etiladi.
166. Velosipedlar, mopedlar, aravalar, miniladigan yoki yuk ortiladigan hayvonlarning yo‘lning
chetki o‘ng bo‘lagida imkoni boricha o‘ng tomonidan bir qator bo‘lib harakatlanishiga yo‘l qo‘yiladi.
Agar piyodalarga xalaqit bermasa, yo‘l yoqasidan harakatlanishga ham ruxsat etiladi.
Yo‘lning qatnov qismida harakatlanishda velosipedchilar, aravalar jamlanmasi, miniladigan
yoki yuk ortiladigan hayvonlar guruhlari va haydab ketilayotgan hayvonlar to‘dasi yo‘l harakati
xavfsizligini ta’minlaydigan hamda ularni quvib o‘tishni osonlashtiradigan guruhlarga bo‘linishi
kerak.
167. Velosiped tovushli ishora moslamasi bilan jihozlangan va tormoz tizimi soz bo‘lishi zarur.
Qorong‘i vaqtda va yetarlicha ko‘rinmaslik sharoitida harakatlanish uchun velosipedning old
tomoniga oq rangli nur qaytargich va chiroq, orqa tomoniga qizil rangli nur qaytargich va chiroq,
yon tomonlariga esa, zarg‘aldoq yoki qizil rangli nur qaytargich o‘rnatilishi kerak.
168. Velosiped va moped haydovchilariga quyidagilar taqiqlanadi:
Oldingi
 tahrirga qarang.
rulni ushlamasdan yoki bir qo‘lda ushlab harakatlanish (manyovrdan oldin ishoralar berish
bundan mustasno);
(168-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 9-
apreldagi 292-sonli 
qarori 
tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 10.04.2019-y.,
09/19/292/2915-son)
yo‘lovchi tashish (ishonchli oyoq qo‘ygich bilan jihozlangan qo‘shimcha o‘rindiqda 7
yoshgacha bo‘lgan yo‘lovchini tashish bundan mustasno);
gabaritdan bo‘yiga va eniga 0,5 metrdan ortiq chiqib turgan yoki boshqarishga xalaqit
beradigan yuklarni tashish;
velosiped yo‘lkasi bo‘lgan holda yo‘lning qatnov qismida harakatlanish;
tramvaylar harakatlanadigan yo‘llarda va tegishli yo‘nalishda bo‘lagi bittadan ko‘p bo‘lgan
yo‘llarda chapga burilish yoki qayrilib olish;
qadab olinmagan motoshlemsiz yo‘llarda harakatlanish (moped haydovchilariga).
Velosipedlarni va mopedlarni shatakka olish, shuningdek ulardan shatakka olishda
foydalanish taqiqlanadi (velosiped yoki mopedga mo‘ljallangan tirkamalarni shatakka olish bundan
mustasno).
169. Chorrahadan tashqaridagi tartibga solinmagan velosiped yo‘lkasi bilan yo‘l kesishmasida
velosiped va moped haydovchilari yo‘lda harakatlanayotgan transport vositalariga yo‘l berishlari
kerak.
170. Ot-aravalarda uni to‘xtatib turadigan moslama va orqaga tisarilib ketishga yo‘l
qo‘ymaydigan tirgaklar bo‘lishi kerak.
Qorong‘i vaqtda va yetarlicha ko‘rinmaydigan sharoitda harakatlanganda ot-aravaning old
tomoniga oq rangli chiroq yoki ikkita nur qaytargich, orqa tomoniga esa qizil rangli chiroq yoki
ikkita nur qaytargich o‘rnatilishi kerak.
Yondosh hududdan yoki ikkinchi darajali yo‘ldan ko‘rinishi cheklangan joylarda yo‘lga
chiqayotgan arava haydovchisi hayvonlarning jilovini qo‘yib yubormasligi kerak.


09.03.2022, 15:54
370-сон 24.12.2015. Yo‘l harakati qoidalarini tasdiqlash to‘g‘risida
https://lex.uz/docs/-2850459
27/70
171. Hayvonlar yo‘lda, asosan kunning yorug‘ vaqtida haydab borilishi kerak. Podachilar
hayvonlarni mumkin qadar yo‘lning o‘ng chetida olib yurishlari kerak.
172. Temir yo‘l kesishmalari orqali o‘tishda podachilar sonini hisobga olgan holda hayvonlar
podasi xavf-xatarsiz haydab o‘tilishi ta’minlanadigan to‘dalarga bo‘linishi kerak.
173. Aravani boshqarayotgan, miniladigan yoki yuk ortiladigan hayvonlarni, podani haydab
ketayotgan shaxslarga quyidagilar taqiqlanadi:
yo‘llarda hayvonlarni nazoratsiz qoldirish;
podani temir yo‘ldan va yo‘lda maxsus ajratilmagan joylardan, shuningdek ruxsat etilgan
joylarda esa qorong‘i vaqtda va yetarli ko‘rinmaslik sharoitida haydab o‘tish;
boshqa yo‘llar bo‘lganda hayvonlarni mukammal qoplamali yo‘llarda haydab borish;
ko‘kalamzorlashtirilgan joylarda (yo‘l, yo‘l yoqasi, ajratuvchi bo‘lak va h.k.) hayvonlarni boqish
va bog‘lab qo‘yish.

Download 3,39 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   46




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish