173
7.3. Plastik surkov moylarining asosiy xossalari
Harakatlanuvchi qismlardan sachrab ketmasligi uchun,
ishqalanuvchi qismlar orasidan chiqib oqib ketmasligi uchun,
yetarli mustahkamlikka ega bo‘lishi kerak.
1. Yetarli mustahkamlik xossasi.
Plastik surkov moylarining
mustahkamligi deganda quyultirgichlar asosida hosil bolgan panjarali
strukturani buzilishi natijasida hosil bo‘ladigan siljish zo‘riqishini
oldini olish xususiyati tushuniladi. Mustahkamlik chegarasi kichik
bo‘lsa, surkov moy shuncha yumshoq bo‘ladi. Mustahkamligi juda
yuqori bo‘lishi ham yomon, chunki ishqalanuvchi juftlar orasiga moy
yetib bormaydi, natijada qismlar yediriladi. Masalan, eshiklar, qulflar
tez yediriladi.
2. Qovushqoqlik xossasi.
Plastik surkov moylarining qovush-
qoqligi moyning suyuqlanish xususiyatini aks ettiradi. Surkov
moylarining qovushqoqligi deformatsiya tezligiga bog‘liq bo‘lib,
deformatsiya tezligi ortishi bilan qovushqoqlik kamayadi.
3. Issiqbardoshlik va sovuqbardoshlik xossalari.
Harorat ko‘-
tarila boshlashi bilan surkov moylari suyuqlana boradi, natijada
moy-moy va quyultiruvchiga parchalana boshlaydi. Ba’zi moylar
qizib soviganda - kimyoviy o‘zgarish: oksidlanish va bug‘lanish
tufayli termomustahkamlik (mustahkamlik chegarasi juda oshib
ketishi) natijasida moylash xususiyatini yo‘qotadi. Bu ko‘rsаtkiсh
surkоv mоyining hаrоrаt o‘zgаrishigа bаrdоsh bеrish ko‘rsаtkiсhi
hisоblаnаdi. U lаbоrаtоriya shаrоitidа surkоv mоyining hаrоrаti
bеlgilаngаn dаrаjаgа еtgаndа birinсhi tоmсhisi tushgаndа o‘l-
сhаnаdi.
Surkоv mоylаrini ishlаtiladigan shаrоitining hаrоrаti uning
tоmсhilаsh hаrоrаti 10-15
O
C dаn pаst bo‘lishi kеrаk, sababi detal
yuzalaridan moy oqib ketishi mumkin. Dеmаk, surkоv mоylаri
suyuqlаnish hаrоrаtigа qаrаb ulаrning ishlаsh shаrоiti аniqlаnаdi.
Plastik surkov moylarining tomchilanish harorati qiymatiga ko‘ra:
- qiyin suyuqlanadigan, o‘rtacha suyuqlanadigan, engil suyuqla-
nadigan moylarga bo‘linadi.
174
Sovuqbardoshlik - past haroratda qotib qolmaslik xusu-
siyatidir.
4. Mexanik stabillik
- surkov moyining deformatsiyadan keyin
o‘z xossalarini saqlash xususiyatidir. Intensiv deformatsiyadan
keyin moyning xossalari o‘zgaradi: mustahkamlik chegarasi
pasayadi yoki oshadi.
5. Suvga chidamlilik xossasi
- o‘ziga suv yuqtirmaydi, suv
bilan reaksiyaga kirishmaydi. Litiyli (Litol-24) va kalsiyli
(Solidollar) quyultiruvchilardan tayorlangan surkov moylari suv
ta’siriga chidamli bo‘lib, natriyli quyultiruvchilardan tayorlangan
surkov moylari suv ta’siriga chidamsizdir. Ximoya surkov moylari
suvda erimaydi.
6. Тirnalish va yedirilishga qarshi xossalari.
Yedirilishdan
saqlash xossalariga - dispersion muhit ta’sir ko‘rsatadi.
Тirnalishdan saqlash xossasi - moyning tarkibida qo‘shilmalar
borligiga bog‘liq. Surkov moylariga ishlatilish xossalari asosan
moyning nomida beriladigan quyultiruvchining turiga qarab
aniqlanadi.
7.1-jadval
Do'stlaringiz bilan baham: