mustaqil fikrlashga o‘rgatish;
bilim, ko‘nikma, malakalarni o‘rgatish va o‘zlashtirilishiga erishish;
turli metodikalarni qo‘llash va takomillashtirish;
diagnostika, monitoring olib borish;
insonparvarlik, xalqparvarlik va mafkuraviy tamoyillarga asoslanish;
ta’lim oluvchining tayyorgarlik darajasini, psixologik, fiziologik, yosh
xususiyatlarini va gigiyenik talablarni hisobga olish;
ta’lim menejmenti, marketingi talablari va xulo-
salarini, ijtimoiy motivlarni hisobga olish.
Ta’lim muasasalar ishining hozirgi nazariyasi va amaliyotida o‘quv-tarbiya jarayonining ko‘plab
variantlari mavjud va har bir ta’lim beruvchi pedagogik jarayonga o‘zining individual ulushini
qo‘shadi, lekin ko‘p texnologiyalar o‘z maqsadlari, mazmuni, qo‘llanadigan metodlari va vosi-
talari bo‘yicha yetarlicha ko‘p o‘xshashliklarga ega va ularni shu umumiy belgilariga ko‘ra
TASNIF QILISH mumkin:
• qo‘llanish darajasiga ko‘ra;
• falsafiy asosi bo‘yicha;
• asosiy rivojlantiruvchi omili bo‘yicha;
• o‘zlashtirish konsepsiyasi bo‘yicha;
• shaxsiy belgi-sifatlariga ko‘ra yo‘nalganligi bo‘yicha;
• mazmuni xususiyatlari bo‘yicha;
• boshqaruv turi bo‘yicha;
• shaxsga yondashuv bo‘yicha;
•
-
ko‘p qo‘llaniladigan metodlari bo‘yicha;
— ta’lim oluvchilar toifalari bo‘yicha.
Jamiyatning rivojlanishi alohida mamlakatlarda va umuman jahonda insonparvar falsafiy
asosdagi yangi pedagogqk texnologiyalarni yaratdi. Bular ham yuqorida aytilgan belgilarga
ko‘ra quyidagicha tasnif qilinishi mumkin: o‘yinli o‘qitish, muammoli o‘qitish, darsturlash-
tirilgan o‘qitish, interfaol o‘qitish, rivojlantiruvchi o‘qitish, muammoli o‘qitish, masofali
o‘qitish va boshqalar.
PEDAGOGIK TEXNOLOGIYalarni tasniflashda ularning eng yaqqol ajralib turadigan
xususiyatlariga asoslaniladi. Aslida esa har bir pedagogik texnologiya sof holda uchramaydi,
ularda boshqalariga xos bo‘lgan elementlar albatta mavjud bo‘ladi.
3-
илова:
Didaktik masalalarni hal etishh maqsadi shaxs sifatlarini shakllantirish uchun zarurat
bo‘lsa, shart-sharoitlar-talabalarning boshlang‘ich sifat ko‘rsatkichlari, axborot esa o‘quv
predmetining mazmunidir.
Har bir didaktik masala pedagogik tizmda o‘ziga mos keladigan PT elementlari bilan hal
qilinadi, ular: didaktik jarayon pedagog yoki o‘qitishning texnik vositalari hamda
o‘qitishning tashkil qilishh shakllari. Yuqorida ijtimoiy buyurtma yo‘nalishi didaktik
masalalarga qaratilgan va bu bejiz emas: ta‘lim har doim jamiyat talablarini qondirishga xizmat
qiladi va u ongli ravishda yoki intiutiv (ichki his blan, sezib) trzda tez yoki sekinlik bilan bu
talablarga mos holda tuzatila boriladi.
Shuni alohida ta‘kidlash zarurki, pedagog-metodistlar hozirga qadar didaktik masalalarni
aniq ifodalashga va unga mos keladigan PTni ishlab chiqishga kam e‘tibor berayotirlar. Shu
nuqtai nazardan Milliy dastur ijtimoiy buyurtma sifatida yangi PTn yaratishh va amaliyotga
joriy etishh majburiyatini yukladi.
PTga “yangi” so‘zining qo‘shib ishlatilishi nazariyani olimlar va o‘qituvchilarni bir
qadar o‘ulantirib qo‘ydi, endilkda ta‘lim-tarbiya jarayonini loyihalashga eskicha yondashish
mumkin emasligini anglab etmoqdalar. Shunday ekan PTni qanday yangilash mumkin? E‘tiborni
yuqorida keltirlgan pedagogik tizim tuzilishiga qarataylik. Bu tizimga uzluksiz ravishda ijtimoiy
buyurtma o‘z ta‘sirini ko‘rsatadi va ta‘lim tarbiya maqsadini umumiy holda belgilab beradi.
“Maqsad” (2) esa pedagogik tizimning bosh bo‘g‘ini hisoblanib, u qolgan elementlarni o‘z
navbatida yangilash zaruriyatini keltirib chiqaradi. “Kadrlar tayyorlashh milliy dasturi” ta‘lim-
tarbiyaning maqsadini yangi yo‘nalishga burdi, ya‘ni “O‘tmishdan qolgan mafkuraviy qarashlar
va sarqitlardan to‘la xolos etishh, rivojlangan demokratik davlatlar darajasida yuksak
ma‘naviy va ahloqiy talablarga javob beradigan yuqori malakali kadrlar tayyorlashh” deb
belgilanadi.Demak, ta‘lim-tarbiyaning maqsadi yangilandi, unga mos holda mazmunning
yangilanishi tabiiydir. Ta‘lim mazmuni o‘quv dasturlari, qo‘llanma va dasrliklarda o‘z
ifodasini topadi. Shu munsoabat bilan fan sohalari bo‘yicha ta‘lim mazmunini ishlab chiqish
ishlari amalga oshirldi.
Pedagogik tizimda didaktik masalalarning o‘z echimlarini topishi Milliy dastur
g‘oyalarini ro‘yobga chiqarishning muhim bosqichidir.
Agar pedagog qo‘lida bilimga chanqoq, iqtidorli talaba o‘quvchilar, fan maqsadiga mos
mazmun-dastur, o‘quv qo‘llanma, darsliklar mavjud bo‘lsa, u didaktik jarayonni
Do'stlaringiz bilan baham: