xodim yangi mehnat shartlari asosida ishlashni davom ettirishni rad etganligi sababli
texnologiyadagi, ishlab chiqarish va mehnatni tashkil etishdagi o‘zgarishlar, xodimlar
soni (shtati) yoki ish xususiyatining o‘zgarishiga olib kelgan ishlar hajmining qisqarganligi
yoxud korxonaning tugatilganligi (100-modda ikkinchi qismining 1-bandi) sababli;
xodimning malakasi yetarli bo‘lmaganligi yoki sog‘lig‘i holatiga ko‘ra bajarayotgan
shu ishni ilgari bajarib kelgan xodim ishga qayta tiklanishi sababli (106-moddaning 2-
bandi) bekor qilingan hollarda ish qidirish davrida ikki oydan ortiq bo‘lmagan davr mobaynida
xodimlarning o‘rtacha oylik ish haqi saqlanib qoladi, bunda xodimga to‘langan bir oylik ishdan
Ushbu moddaning birinchi qismida nazarda tutilgan kafolatlar korxona rahbari, uning
o‘rinbosarlari, bosh buxgalter bilan, korxonada bosh buxgalter lavozimi bo‘lmagan taqdirda
esa, bosh buxgalter vazifasini amalga oshiruvchi xodim bilan tuzilgan mehnat shartnomasi
mulkdorning almashishi sababli bekor qilingan (100-modda ikkinchi qismining 6-bandi)
hollarda ham tatbiq etiladi.
Agar ushbu moddaning birinchi va ikkinchi qismida ko‘rsatilgan xodimlar mehnat
shartnomasi bekor qilingan kundan boshlab o‘n kalendar kun mobaynida mahalliy mehnat
organida ish qidirayotgan shaxs sifatida ro‘yxatdan o‘tsalar, mahalliy mehnat organi bergan
ma’lumotnomaga binoan uchinchi oy uchun ham oldingi ish joylaridan o‘rtacha ish haqi olish
huquqiga ega bo‘ladilar.
Oldingi tahrirga qarang.
Ushbu moddaning birinchi va ikkinchi qismida ko‘rsatilgan xodimlarga uch oy
mobaynida maqbul keladigan ish topib berilmagan taqdirda, ular ishsiz deb e’tirof etiladilar.
(67-moddaning to‘rtinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 1998-yil 29-avgustdagi 681-I-son
Qonuni tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 1998-y., 9-son, 181-modda)
Ushbu moddaning birinchi va ikkinchi qismida ko‘rsatilgan, mehnat shartnomasi bekor
qilingandan keyin o‘n kun ichida mahalliy mehnat organida ro‘yxatga olingan va kasbi bo‘yicha
qayta o‘qitilayotgan yoki ishlab chiqarishdan ajralgan holda malakasini oshirayotgan
xodimlarga qonun hujjatlarida nazarda tutilgan tartibda va miqdorlarda stipendiya to‘lanadi.
LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasining “Aholini ish bilan ta’minlash to‘g‘risida”gi Qonunining 26-
moddasi va Mehnat organlarida fuqarolarni ro‘yxatga olish, ularni ishga joylashtirish, ishsizlik nafaqasini
tayinlash va to‘lash tartibi to‘g‘risidagi nizomning (ro‘yxat raqami: 831, 13.10.1999-y.) I — V bo‘limlari.
Basharti ish beruvchi nochor (bankrot) deb topilsa, u bilan mehnat munosabatlarida
bo‘lgan xodimlar ish haqi va o‘zlariga tegishli boshqa to‘lovlar xususida boshqa barcha
kreditorlarning talablariga nisbatan imtiyozli huquqdan foydalanadilar.
LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasining “Bankrotlik to‘g‘risida”gi Qonunining 134-moddasi.
Oldingi tahrirga qarang.
Tugatilayotgan korxonalarning mablag‘i bo‘lmagan taqdirda, ushbu moddaning birinchi
qismida ko‘rsatilgan xodimlarga kompensatsiyalar Ish bilan ta’minlashga ko‘maklashish davlat
jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan to‘lanadi.
(67-moddaning yettinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 1999-yil 15-apreldagi 772-I-son
Qonuni tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 1999-y., 5-son, 124-modda)
Do'stlaringiz bilan baham: