247 -modda. Ta’lim muassasalarining bitiruvchilari uchun qo‘shimcha kafolatlar
O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalarining, shuningdek davlat grantlari
bo‘yicha ta’lim olgan oliy o‘quv yurtlarining tegishli ta’lim muassasasini tamomlagan kundan
e’tiboran uch yil ichida birinchi bor ishga kirgan bitiruvchilari bilan mehnat shartnomasi u
tuzilgan kundan e’tiboran uch yillik muddat o‘tguniga qadar ish beruvchining tashabbusiga
ko‘ra bekor qilinganida ish beruvchi bu haqda mahalliy mehnat organini xabardor qilishi shart.
(247 -modda O‘zbekiston Respublikasining 2013-yil 7-oktabrdagi O‘RQ-355-sonli Qonuniga asosan
kiritilgan — O‘R QHT, 2013-y., 41-son, 543-modda)
Do'stlaringiz bilan baham: |