155-modda. Mehnat haqining eng kam miqdori
Oldingi tahrirga qarang.
Muayyan davr uchun belgilangan mehnat normasini va mehnat vazifalarini to‘liq
bajargan xodimning oylik mehnat haqi qonun hujjatlarida Mehnatga haq to‘lash yagona tarif
setkasining birinchi razryadi bo‘yicha belgilangan miqdordan oz bo‘lishi mumkin emas.
(155-moddaning birinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2012-yil 10-sentabrdagi O‘RQ-329-
sonli Qonuni tahririda — O‘R QHT, 2012-y., 37-son, 421-modda)
Mehnat haqining eng kam miqdoriga qo‘shimcha to‘lovlar, ustamalar, rag‘batlantirish
tarzidagi to‘lovlar, normal ish vaqtidan chetga chiqqan holda bajarilgan ishlar uchun oshirilgan
miqdorda to‘lanadigan haqlar (157, 158-moddalar), shuningdek rayon koeffitsiyentlari (153-
moddaning to‘rtinchi qismi) qo‘shilmaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |