Ayrim ishlarni bajarishda texnika xavfsizligi qoidalari
QYSlarini montaj qilish jarayonida ayrim ishlar yuqori xavfga
egadir. Bunday ishlarga quyidagilar kiradi:
– kuchlanishni to‘liq yoki qisman olib tashlagan holda QYS
vositalarini montaj, demontaj yoki sozlash ishlarini bajarish;
– 1 metrdan 5 metrgacha balandlikda bajariladigan ishlar;
– elektrlashtirilgan qo‘l asboblari bilan ishlash;
– qurilish-montaj pistoleti bilan ishlash;
– lampa va kislotalar yordamida kavsharlash ishlarini baja-
rish;
– yelim va suyultiruvchi bilan ishlash;
– kabel-aloqa liniyalarini o‘tkazish ishlari.
Bu ishlarning ayrimlarini ko‘rib chiqamiz.
Do'stlaringiz bilan baham: |