Noyabrning 1-haftasi
«Quruqlik transporti»
Qurilish va loyihalash, matematika markazi
Matematika: Predmetlarning xossalari, geometrik shakllar.
Maqsad:
predmet xususiyatlari (rangi, shakli, o’lchami, material,i va b), kvadrat, aylana, uchburchak,
to’g’riburchak, oval singari geometrik shakllarto’g’risida tasavvur hosil qilish.
Jihoz va materiallar:
geometrikshakllar modellari: katta va kichik geometrik shakllar; geometrik
loto.
Faoliyatning borishi:
1. O’yin-sayohat: «Geometrikshakllar saltanatida».
2. Fizkultdaqiqa: «Sehrgar».
3. Predmetlarning xossalari to’g’risidagi tasavvurlarini mustahkamlash.
4. Fizkultdaqiqa: «Muzla - erkin bo’l».
Qo’shimcha:
bolalarning mustaqil ishi.
Nimaga e’tibor qaratiladi:
tasavvurlarini kengaytirish, to’g’ri mo’ljal olish.
Qurilish va loyihalash, matematika markazi
Loyihalash: «Ko’prik».
Maqsad:
qurilma namunalarini tahlil qilish; mustaqil tarzda turli hajm, shakl, rangdagi detallarni
tanlash, ularni farqlay olishga o’rgatish.
Jihoz va materiallar: rasm
lar, AKT materiallari, qurilish materiallari, mashinachalar, kinder-
syurprizshakllari.
Faoliyatning borishi:
1. Har xil ko’prik turlari bilan tanishish.
2. Bolalar tomonidan ko’prik qurilishini rejalashtirish.
3. Makon uzra mo’ljal -orientir olish mashqlari.
4. Bolalar tanlovi asosida turli ko’priklar qurish.
5. Juftliklarda ishlash.
Qo’shimcha:
keng va tor, avtomobil va piyodalar ko’priklari, ularni qurishda ishlatilgan detallar
to’g’risida tushuncha berish.
Nimaga e’tibor qaratiladi:
bolalarning o’zaro hamjihatligi, birgalikda harakatlanishlari
Syujetli- rolli o’yinlar drama markazi
Syujetli-rolli o’yin:«Avtobus».
Do'stlaringiz bilan baham: |