Dim As
Bu yerda: O’zgaruvchilarni e’lon qilish Dim xizmatchi so’zi bilan
boshlanadi. Undan so’ng o’zgaruvchii (identifikator) nomi keladi. O’zgaruvchi
nomi sifatida simvollar ketma-ketligi 255 tadan oshma-gan va harfdan
boshlanuvchi harflar va sonlar ketma-ketligini olish mumkin. O’zgaruvchilarga
nom quyishda, biror ma’no beruvchini tanlash maqsadga muvofiq. As xizmatchi
so’z bo’lib, ma’lumot tipini bildiradi.
Masalan:
Dim FakultetName As String
Dim TugilganSana As Date
Endi hammasi birga
Ifoda – dasturning kichik qismi, bundan Access masalalarni yechishda
foydalanadi. Dim xizmatchi so’zini ishlatib, haqiqatda mo’staqil ifoda tuzishga
kirishdik, garchi o’z-o’zicha masa-lani yechmasa ham. Bular dasturlashning
umumiy texnologik jarayonida muhim qism bo’lib hi-soblanadi.
Arifmetik operatorlar
Arifmetik operatorlar masalaning shartiga ko’ra oddiy yoki yetarlicha
murakkab bo’lishi ham mumkin. Misollar:
1: Dim a As Integer
2: A=0
3: A=5+3
4: A=6/2
5: A=5-3
6: A=16*16
Eslatma ba’zi adabiyotlarda: Operatorning chap tomonini lvalue, o’ng
tomonini esa rvalue deb yuritiladi.
Taqqoslash operatorlari
Taqqoslash operatorlar: <, <=, >, >=, = . Bularning bari binar razryadga
tegishli. Har bir operator lvalue va rvalue qiymatlarni taqqoslab, natijada Boolean
tipli faqat True yoki False qiy-matlardan biliri qabul qiladi. Boolean tipli
o’zgaruvchilar faqat ikki True yoki False qiymatlar-dan birini saqlashga qodir.
Misol:
1: Dim Result As Boolean
2: Result = 5>4
3: Result = 6=7
4: Result =4<=7
Mantiqiy operatorlar
Boolean tipli kattaliklar bilan ishlaganda mantiqiy operatorlar ishlatiladi.
Mantiqiy operatorlar ham arifmetik operatorlar kabi oddiy yoki masala shartiga
ko’ra murakkab bo’lishi mumkin. Quyida mantiqiy operatorlar ruyxatini
keltiramiz:
belgilanishi
tavsiflash (maqsadi)
And
Eqv
Imp
Not
Or
Xor
Binar operator, agarda uning operandlarining qiymatlari True
bo’lsa, u holda natija ham True, aks hollarda False ga teng
Bitlar bo’yicha taqqoslash operatori (ikkilik sistemada taqqoslash)
Implikatsiya operatori (binary mantiqiy bog’lanish). Implikatsiya –
bu P va Q fikrlardan yangi fikr hosil qilmoq, P> Q belgilanadi va
P fikrdan Q fikr keladi deb o’qiladi. Yangi fikr faqat P = True va Q
= False bo’lgandagina False bo’ladi, qolgan boshqa hollarda doimo
True.
Inkor etish, unar operatori (Misol: Not True - bu False, Not False -
bu True)
Binar operatori, Operandlardan biri True bo’lsa, natija ham True
Binar operatori, lvalue va rvalue har-hil bo’lsa, u holda natija True
Misollar:
1: Dim Mantiq As Boolean ‘ Tipni e’lon qilish
2: Mantiq = True And False ‘ qiymat False
3: Mantiq = False Or False ‘ qiymat False
4: Mantiq = Not (5>4) ‘ qiymat False
5: Mantiq = ((MyValue>3.1459) And (YpurValue<=(6+5))) Or True ‘ qiymat
True, chunki Or
True qatnashyapti
Satrlarni qo’shuvchi (kleylovchi –konkatenatsiya) operator
Satrlar bilan operatsiyalar bajarishga ko’p to’g’ri keladi. String – bu
ma’lumotlar tipi bo’lib, uzliksiz simvollar ketma-ketligini saqlash imkonyatini
beradi. Satrlarni qo’shganda bir satr oxiridan – ikkinchi satr qo’shiladi. Satrlarni
qo’shuvchi ikki operator mavjud. Ular (+) plyus va (&) ampersand simvollari bilan
begilanadi. Ikkilasi ham binar operatordir.
Misol:
1: Dim Salom As String
2: Salom = “ Assalom, “ + “ Dorilfunun !”
3: Salom = “ Assalom, “ & “ Dorilfunun !”
(+) va (&) lar bir xil vazifani bajaradi. (&) farqi faqat xoxlagan
(встроенний) tipdagi ma’lumotni satrga aylantirishi mumkin. Masalan: “ Men
allaqachon “ & 20 & “ yoshdaman” ifodada, & buni “ Men allaqachon 20
yoshdaman” natijaga aylantiradi.
Eslatma: Ma’lumotlar tipi Встроенным deyiladi, agarda bu tip dasturlashda
oldindan aniqlangan (ko’rsatilgan) bo’lsa.
Misol:
1: Dim Xabar As String
2: Xabar = “ Men allaqachon “ & 20 & “ yoshdaman !”
3: MsgBox Xabar
4: Xabar = “ Men allaqachon “ + Str(20) + “ yoshdaman !”
5: MsgBox Xabar
Eslatma: 2- va 4- satrlar bir xil vazifani bajaradi.
Dastur ma’lumotlar bilan qanday ishlaydi
Hamma dasturlarda aniqlangan ma’lumotlardan foydalanishadi. Access – bu
dastur, 2 xil ko’rinishdagi ma’lumotlarga murojaat qiladi. Birinchi turdagi
ma’lumotlarni MB sida saqlashi-miz mumkin, bu ma’lumotlar kompyuter
o’chirilganda ham o’chmaydi. Bundan tashqari, ba’zi-bir ma’lumotlarni dastur
bajarilayotgan paytda foydalanadi, lekin ish tugallangandan so’ng, xoti-rada
saqlanmaydi.
O’zgaruvchilarni e’lon qilish
Do'stlaringiz bilan baham: |