Ключевые слова:
ресурс, компьютер, программное обеспечение,
образование, интерактив, проектор, доска, мультимедиа, технологии.
"Oriental Art and Culture" Scientific-Methodical Journal - (SI) II/2020
ISSN 2181-063X
204
http://oac.dsmi-qf.uz
EFFECTIVENESS OF OPPORTUNITIES IN THE USE OF ELECTRONIC
RESOURCES IN EDUCATION
Makhmudova Malokhat Akhmatovna
maloxat_1977@mail.ru
Nasirova Shaira Narmuradovna
nosirova_61@mail.ru
Navoi State Pedagogical Institute
Abstract:
This article describes the possibility of the effective use of electronic
resources in education and their importance as a lesson. The presence of educational
material in electronic form, that is, viewing, studying, editing and recording text,
graphics, audio, animated materials on a computer screen, allows for more in-depth
study. The use of information technology in lecture, practical, laboratory and
independent forms of training is quickly yielding results.
Keywords:
resource, computer, software, education, interactive, projector,
board, multimedia, technology.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasini yanada
rivojlantirish bo‘yicha harakatlar strategiyasi to‘g‘risida”gi Farmoni (2017-yil 7-
fevraldagi PF-4947-sonli) ning maqsad va talablaridan kelib chiqqan holda hozirgi
kunda uzluksiz ta’lim tizimida amalga oshirilayotgan islohatlar milliy ta’lim-tarbiya
tizimini takomillashtirishga, zamon talablari bilan uyg‘unlashtirilgan, jahon
andozalari
darajasiga
mos “milliy modelni” hayotga tadbiq qilishga,
ma’naviyatimizni yanada yuksaltirishga qaratilgan. Shuningdek, ta’lim tizimi, fan va
ishlab chiqarish o‘rtasida puxta o‘zaro hamkorlik va foydali aloqalarni rivojlantirish
orqali kadrlar tayyorlashning mavjud tizimidagi jiddiy kamchiliklarni yo‘qotishga
alohida e’tibor berilmoqda [1].
Ta’lim tizimini isloh qilish kelajakda o‘qituvchilik kasbini egallaydigan yangi
avlodni yuqori kasbiy madaniyat, ijodiy va ijtimoiy faollik, ijtimoiy- siyosiy hayotda
mustaqil qatnasha olish qobiliyatlarini shakllantirishga yo‘naltirilgan. Mazkur
vazifalarni bajarishda zamonaviy pedagogik texnologiyalarning ahamiyati o‘ta
salmoqlidir. Pedagogik va axborot texnologiyalarini o‘rganish, amalda qo‘llash
ta’lim-tarbiya sifatini oshirish talabidan kelib chiqadi. Pedagogik texnologiyaning
mohiyati-ta’lim jarayonini jadallashtirish, o‘quvchi va talabalarning o‘zlashtirishi
hamda uning atijalari suratini tezlashtirishi, ijobiy natijalarga erishishni kafolatlashga
qaratilgan pedagogik jarayonni anglatadi [2].
"Oriental Art and Culture" Scientific-Methodical Journal - (SI) II/2020
ISSN 2181-063X
205
http://oac.dsmi-qf.uz
Hozirgi zamonda ilmiy fikrlashning, hamda ilmiy texnika o‘sishi keskin va
intensiv ro‘y bermoqda. Shundan kelib chiqqan holda o‘qituvchilar zamonaviy
bilimlar bilan hamnafas bo‘lishlari shart va zarurdir.
Respublikamizda ta’limni kompyuterlashtirish va axborot texnologiyalarini
o‘quv jarayoniga joriy etish masalasi M.M.Aripov, U.SH.Begimqulov,
N.I.Taylaqovlar,
U.Yuldashevlar
va
o‘qituvchilarni
kasbiy
tayyorlashda
kompyuterlardan foydalanishni tashkil etishning vosita va usullari, masofaviy ta’lim
va uni tashkil etishda N.A.Muslimov, A.D.Asqarovlar tomonidan tadqiq etilgan.
Shaxsga yo‘naltirilgan elektron ta’lim resurslarini yaratish va o‘quv jarayonini
loyihalashning nazariy asoslari yuzasidan L.X.Zaynutdinova, A.I. Bashmakov,
F.M.Zakirovalar ilmiy-tadqiqot ishlarini olib borgan bo‘lsalar, o‘quv jarayonida
multimedia texnologiyalari va vositalarini qo‘llashning ahamiyati va ulardan
foydalanish asoslari YE.A.Drozdova, A.V.Chebotareva, A.Parpiyev, A.Maraximov,
R.Hamdamov, M.Bekmuradov, B.Rajabovlar tomonidan tadqiq etilgan.
Dars jarayonida kompyuterdan foydalanish o‘qituvchi va talabalarga, interaktiv
o‘quv qo‘llanmalari bilan bog‘liq bo‘lgan yangidan–yangi o‘ziga xos qulayliklar
yaratadi. O‘qituvchi tomonidan yaratiladigan interaktiv o‘quv qo‘llanmalari uchun
zamonaviy dasturlash tillarini bilgan holda, ularni talabalar tomonidan qiziqish bilan
qabul qilinishiga erishimiz zarur. Kompyuterni boshqa o‘qitish vositalari masalan
proyektor, elektron doskalar bilan operativ qo‘shilishi, ko‘rgazmali qurollardan
foydalanib ma’lumot berish xajmini oshiradi va bu bilan o‘qituvchi uchun dars
vaqtidan unumli foydalanishga imkoniyat yaratadi [3,4].
Bugungi kunda zamonaviy dasturlash tillari ya’ni, Delphi, Mathlab, MathCad,
Maple, Mathematica, Cilarning imkoniyatlaridan foydalanish dars jarayonlarini sifatli
tashkil qiladi. Natijada dars samaradorligi ortadi va o‘quvchilarning qiziqishi, hamda
munosabati o‘zgaradi [4].
Ta’limda o‘qitishning sifatini oshirish so‘zsiz yangi o‘qitish usullaridan qanday
foydalanishga bog‘liq bo‘lmoqda. Yangi o‘qitish usullarida talaba doimiy ravishda
izlanish va xarakatda bo‘lishi lozim, ya’ni berilgan ma’lumotlarni olishi, qayta
ishlashi va olgan bilimlarni aniq masalalar yechishda qo‘llashi lozim. O‘qitishning
ma’ruza, amaliyot, laboratoriya va mustaqil ta’lim shakllarida axborot
texnologiyalarning qo‘llanilishi tezlik bilan o‘z samarasini beradi. Masalan
laboratoriya darsida virtual stendlarning qo‘llanilishining o‘zi albatta mashg‘ulotning
sifatli tashkil etilishiga asos bo‘ladi.
Kompyuter va dasturiy maxsulotlarning beqiyos darajada rivojlanishi axborot
texnologiyani ta’limda qo‘llashga keng imkoniyatlar ochib bermoqda. O‘quv
materiallarini multimedia tizimlari ko‘rinishida tayyorlash va ularni kompyuter
tarmoqlari va uzatish vositalari orqali ko‘pchilikka taqdim etish mumkin. Kompyuter
texnologiyalarining ta’lim tizimiga keng joriy etilishi barcha turdagi o‘qitish
"Oriental Art and Culture" Scientific-Methodical Journal - (SI) II/2020
ISSN 2181-063X
206
http://oac.dsmi-qf.uz
shakllarining o‘quv materiallarini qaytadan ko‘rib chiqishni talab etadi. Xar bir
o‘qitish shakliga mos ravishda multimediali elektron o‘quv materiallari tayyorlash
kerak bo‘ladi [5].
Odatda amaliy va laboratoriya mashg‘ulotlarida axborot texnologiya
vositalaridan kam foydalaniladi. Lekin o‘qitish texnologiyalari sohasi tadqiqotlari
shuni ko‘rsatmoqdaki, aynan ushbu o‘qitish shakllarida o‘qitish sifatini oshirishning
zaxiralari yashirinib yotibdi. Gap shundaki, an’anaviy o‘qitish usullarida guruhni faol
ishlashga jalb etish va ularning o‘zlashtirishini nazorat qilish hamma vaqt ham
ko‘ngildagidek bo‘lavermaydi. O‘quv materialining elektron shaklda bo‘lishi, matnli,
grafikli, ovozli, animatsion materiallarni kompyuter ekranida ko‘rish, o‘rganish,
o‘zgartirish kiritish va yozib olib yanada chuqurroq o‘rganishga imkon beradi.
O‘quv materialining elektron shaklini mavjud lokal tarmoqga jamlansa, ular
orqali topshiriqlarni korporativ bo‘lib yechish va axborot almashish imkoniyatlari
paydo bo‘ladi. Kompyuter sinfidagi kompyuter va dasturiy vositalar talabalarga
o‘rganilayotgan mavzuga individual yondashish, o‘z fikrini shakllantirish va faollikni
oshirish imkonini beradi [6].
O‘qituvchi server kompyuter orqali xar bir talabaning o‘zlashtirish jarayoni va
berilgan topshiriqlarning qanday bajarilganligini nazorat qilish va qayd etish
imkoniyatiga ega bo‘ladi.
Yagona axborot gipermaydonidan birgalikda foydalanish amaliy bilimni olishda
o‘qituvchi va talaba o‘rtasida ijodiy hamkorlikni ta’minlaydi.
Bunday o‘qitishni tashkil etishda o‘qituvchidan elektron resurslarni yaratish
dasturlari bo‘yicha bilim va ko‘nikmaga ega bo‘lishlikni hamda auditoriyada
foydalanuvchi interfeysini ta’minlovchi texnik vositalarning bo‘lishligi talab etiladi.
Zamonaviy o‘qitish texnologiyalari - majmuaviy integral (butun, bog‘lik) tizim
bo‘lib, unda ta’lim maqsadlari asosida belgilangan ko‘nikma va malakalar
o‘quvchilar tomonidan nazariy bilimlarni o‘zlashtirish, ularda muayyan ma’naviy-
axloqiy sifatlarini tarbiyalashga yo‘naltirilgan pedagogik faoliyat elementlarining
ma’lum tartibga solingan to‘plamdir.[7]
Elektron ta’lim resurslaridan o‘quv jarayonida to‘liq foydalanish natijasida
quyidagilarga erishiladi:
1) xotiraga qabul qiladilar, anglaydilar, yig‘adilar, biroq xatosiz, ongli ravishda
qayta tiklamaydilar;
2) bevosita o‘qituvchi hamkorligida tahlil qiladilar, taqqoslaydilar,
umumlashtiradilar, namuna bo‘yicha amaliy harakatlarni bajaradilar;
3) muammolarni yechish jarayonida mustaqil izlanadilar, kutilayotgan natijaga
erishishning yo‘l va vositalarini mustaqil ravishda aniqlaydilar.
Zamonaviy dasturlash vositalarida tayyorlangan elektron ta’lim resurslarining
sifati darajasi qanchalik yuqori bo‘lsa, ta’lim berish jarayoni shuncha natijali bo‘ladi
"Oriental Art and Culture" Scientific-Methodical Journal - (SI) II/2020
ISSN 2181-063X
207
http://oac.dsmi-qf.uz
[8,9]. O‘qitishning interfaol usullarini bilish kommunikativ faoliyatni tashkil
etishning maxsus shakli bo‘lib, unda ta’lim oluvchilar bilish jarayoniga jalb qilingan
va biladigan, o‘ylayotgan narsalarini tushuntirish imkoniyatiga ega bo‘ladilar.
Elektron ta’lim resurslari qo‘llanilgan darslarda o‘quvchi va o‘qituvchi
o‘rtasidagi pedagogik hamkorlik o‘quvchini dars davomida befarq bo‘lmaslikka,
mustaqil fikrlashga, ijodiy izlanishga olib keladi, fanga bo‘lgan qiziqishlari
doimiyligini ta’minlaydi [10].
Ta’lim tizimida yil sayin rivojlanib borayotgan axborot-kommunikatsiya
texnologiyalari, ta’lim jarayonini sifat va mazmun jihatdan yanada yuqori bosqichga
ko‘tarishga xizmat qilmoqda. Bunda albatta, ta’lim jarayonini mazmunli tashkil etish
uchun zamonaviy texnik vositalardan foydalanish maqsadga muvofiqdir. Shuningdek,
kompyuter, multimedia, internet, masofali o‘qitish, yagona axborot muhiti va axborot
kommunikatsion texnologiyalarning zamonaviy vositalaridan foydalanish o‘zining
yaqqol samarasini bermoqda.
Pedagogik tajriba-sinovini o‘tkazish jarayonida amalga oshirilgan pedagogik
eksperimentning muvaffaqiyati, ushbu jarayonda uning tashkiliy-pedagogik
jihatlarini inobatga olishi zaruriyatini ko‘rsatadi. Shuning uchun ham mazkur
jihatlariga alohida e’tibor qaratildi. Tajriba-sinov ishlarini tashkil etish jarayoni
Navoiy davlat pedagogika institutidagi professor-o‘qituvchilarning fikr va
mulohazalarini bilish bilan tashkil etildi. Tajriba-sinov ishlari Navoiy davlat
pedagogika institutining “Informatika o‘qitish metodikasi” ta’lim yo‘nalishida ta’lim
oluvchi talabalar o‘rtasida o‘tkazildi. Tajriba va nazorat guruhlari uchun jami 168
nafar talaba tanlab olindi.
Tajriba-sinov davrida informatika fani professor-o‘qituvchisi va talabalar bilan
axborot-ta’lim muhitlarning asosiy hususiyatlariga oid suhbat va kuzatuvlar olib
borildi. Suxbat va kuzatish natijalari uchun 28 nafar informatika fani professor-
o‘qituvchisi va 168 nafar talaba ishtirok etdi.
Professor-o‘qituvchilar tomonidan so‘rov natijalaridan ma’lum bo‘ldiki, 56,4 %
o‘qituvchi dars jarayonida elektron ta’lim resurslaridan foydalanish zarur, 28,6 %
mustaqil ravishda foydalanish maqsadga muvofiq, 14,8 % qiyin mavzularni
o‘zlashtirishda foydalanish mumkin, 0,2 % bilimlarni o‘zlashtirishga yordam
bermaydi, deb hisoblashdi.
Talabalar tomonidan so‘rov natijalaridan ma’lum bo‘ldiki, 45 % o‘qituvchi dars
jarayonida elektron ta’lim resurslaridan foydalanish zarur, 40,3 % mustaqil ravishda
foydalanish maqsadga muvofiq, 14,4 % qiyin mavzularni o‘zlashtirishda foydalanish
mumkin, 0,3 % bilimlarni o‘zlashtirishga yordam bermaydi, deb hisoblashdi.
Tajriba-sinov ishlarining umumlashtiruvchi bosqichi 2019 yilda olingan sonli
ma’lumotlarning natijalari tahlil qilinib, umumlashtirildi va uning ishonchliligini
tekshirish maqsadida Styudent-Fisher kriteriyasi asosida matematik-statistik tahlili
"Oriental Art and Culture" Scientific-Methodical Journal - (SI) II/2020
ISSN 2181-063X
208
http://oac.dsmi-qf.uz
qilindi. Hisoblash natijasiga ko‘ra, tajriba guruhining o‘rtacha o‘zlashtirish
ko‘rsatkichi nazorat guruhiga nisbatan yuqori ekanligi, ya’ni, 11,2 % ga oshganligi
ma’lum bo‘ldi.
Bugungi kun yoshlari uchun yaratiladigan elektron ta’lim resurslariga talab ham
ancha murakkab. Ta’lim resurslari har tomonlama mukammal, zamonaviy, yoshlar
e’tiborini tortadigan va yangiliklar bilan boyita oladigan bo‘lishi kerak. Shuning
uchun yangi dasturlash tillaridan foydalanilsa maqsadga muvofiq bo‘lar edi.
Ta’lim tizimida yangi pedagogik texnologiyadan kutilgan maksad, uning
afzalliklari, darsning samaradorligini oshirish tamoyillarida namoyon bo‘ladi.
Zamonaviy dasturlash tillaridan foydalanib yaratilgan elektron ta’lim resurslarini
tarmokda joylashtirish orkali, ukuvchilarni bilim boyligi oshiriladi, esda kolishi
kuchayadi, darslar qiziqarli tashkil etiladi, tafakkurni rivojlantiradi samaradorligini
oshiradi. dunyoqarashni kengaytiradi, o‘quvchilarni o‘z ustida ishlashga da’vat etadi,
o‘z shaxsiy fikrini bayon qilish va uni himoya qilishga o‘rgatadi.
Fan bo‘yicha tayyorlangan elektron ta’lim resurslari talabalar bilimini
takomillashtirishda, talabalarni baholashda, o‘quv jarayonini boshqarishda keng
qo‘llaniladi.
Tahlillar shuni ko‘rsatadiki, olib borilgan tadqiqotlar, asosan, ta’lim
muassasalarida axborot texnologiyalaridan foydalanishni tako- millashtirish,
talabalarning innovatsion salohiyatini rivojlantirishga oid bo‘lib, ularda mustaqil
ijodiy faoliyatni rivojlantirishga yo‘naltirilgan o‘quv jarayonining didaktik
ta’minotini ishlab chiqish va joriy etishga kam e’tibor qaratilgan. Bu esa, oliy ta’lim
muassasalari talabalarida mustaqil fikrlash qobiliyatini rivojlantirish jarayonida
zamonaviy texno- logiyalardan foydalana olish ko‘nikmasini shakllantirish
masalasini atroflicha tadqiq etishni taqozo etadi.
Xulosa qilib aytganda, elektron shaklda tayyorlangan o‘quv materiallari
o‘qitishning barcha shakllarida yuqori sifat va samarani kafolatlaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |