TRANSDUKSIYA Genetik materialni bir akteriyadan ikkinchisiga fag orqali o‘tilishi TRANSDUKSIYA deyiladi.
Uch xil transduksiya bo‘ladi: nespetsefik, spetsefik va abort formasi.
NESPETSEFIK TRASNDUKSIYA. Bu holda fag vibrionlari hosil bo‘lish jarayonida bakteriya
donor DNK sining qandaydir bir qismi hosil bo‘layotgan fag DNK siga kirib qoladi va qisman
informatsiyani o‘tkazadi, ya’ni transduksiya qiluvchi fag bir bakteriyadan ikkinchisiga faqat
genetik materialni o‘tkazuvchi bo‘libgina qoladi va kulturani lizis qilaolmaydi, ya’ni donor DNK
si bakteriya xromasomasiga joylashadi.
SPETSIFIK TRANSDUKSIYA. Avvalgisidan farqli o‘laroq bu holda donor DNK si retsipientga
ma’lum bir genni to‘liq o‘tkazadi va DNK retsipient xromasomasi bilan mustahkam bo0lanadi.
ABORTIK TRANSDUKSIYA. Bu holda donor DNK si retsipient hujayrasiga kiradi, lekin uning
xromasomasi bilan bog‘lanmasdan erkin holda turaveradi. Hujayra bo‘linishi vaqtida bu DNK
faqat bitta yangi qiz hujayraga berilishi mumkin, natijada kelgusi avlodda yo‘q bo‘lib ketadi.
KONYUGATSIYA Genetik materialni donor hujayrasidan retsipient hujayrasiga birikishi chatishish yo‘li bilan
o‘tishidir. Bu holda bakteriyalar birga o‘stiriladi. Donordagi genetik material F faktorga ega
bo‘ladi, (fertihy - pushtililik) buni G+kletkasi F faktorga ega bo‘lmagan bakteriyalar hujayrasi
genotipi donor bo‘laolmaydi, ularning G-hujayra deb belgilaymiz. Jinsiy faktor konyugatsiya
xususiyatiga ega bo‘lgan PLAZMIDALAR guruhiga kiradi va ma’lum massaga ega bo‘lgan DNK
xalqasidan tashkil topgan bo‘ladi. F – plazmida jinsiy kiprikchalar (F) ni sintezini nazoratqiladi,
bu kirpikchalar donor va retsipient hujayrasini birlashishida, shu bilan birga DNK dan tashqarida
bo‘lgan genetik materialni o‘tkazishda qatnashadi.
PLAZMIDALAR . plazmidlar xromasomadan tashqaridagi genetik (irsiy) elementlardir: ya’ni
DNK
molekulasidagi xromasomaga bog‘liq emas: replikatsiya xususiyatiga ega replikatsiyada qatnashadi. Plazmidalar bakteriya hujayrasi tarkibidagi doimiy elementlar tarkibiga kirmaydi. Amma ular muhim protsesslarda qatnashishi mumkin – genetik ma’lumotlarni konyugatsiya orqali o‘tishida antibiotiklarga sezgirligi va hokazo. Plazmidalar konyugatsiyalanuvchi va konyugsiya bo‘lmaydigan guruhga bo‘linadi. konyugativ plazmidalarga DNKni donordan retsipientga konyugatsiya orqali o‘tkazuvchi F SO-plazmidalar kiradi. Ikkinchi kletkadan kletkaga konyugatsiya usuli bilan gen belgini o‘tkazish xususiyatiga ega emas. Ona hujayraning bo‘linishida yangi qiz hujayralarda bir tekisda taqsimlanadi. R-plazmidalar bakteriyadagi antibiotiklarga chidamlikni belgilaydi.