ro'yxatga kiritilgan monopoliya mavqyeidagi korxonalar mahsuloti bo'yicha narxlarni va
rentabillikni tartibga solib turish huquqi berildi.
1996 yil 1 iyul holati bo'yicha respublika va mahalliy bozorlar Davlat reyestrida 5153 ta
mahsulot, tovarlar, ishlar va xizmatlar turi bo'yicha jami 878 korxona hisobga odashgan.
Respublikada monopol mavqyeiga ega bo'lgan korxonalarni Davlat reyestriga kirishi uchun
mezonlar belgilashda jahon tajribasi hamda o'tish davrining o'ziga xos jihatlari hisobga olinadi.
Hozirgi davrda Respublikada agar korxona ishlab chiqargan muayyan mahsulotlar tovarlar
bozoridagi shunday mahsulotning 35%idan ortiq bo'lsa, bu korxona monopolistik korxona sifatida
Davlat reyestriga kiritiladi. Oziq-ovqat tovarlari guruhi uchun bunday mezon darajasi 20% deb
belgilangan.
Respublikada monopoliyalar ro'yxatiga kirgan korxona (tarmoq) larning bozordagi
mavqyeini tartibga solishda davlat bir qator usullardan foydalanadi. Bu usullardan ikkitasini ajratib
ko'rsatish lozim:
1. Monopol mavqyeidagi mahsulotlarga narxlarning eng yuqori darajasini yoki
rentabillikning chegarasini belgilab qo'yish.
2. O'z monopol mavqyeini suiiste'mol qilgan monopolistik birlashmalarni bo'lib tashlash
yoki maydalashtirish. Bu usul Vazirlar Mahkamasining (1994 yil 18 iyuldagi 366 sonli) qarori bilan
tasdiqlangan «Obyektlarning xo'jalik yurituvchi jamiyatlar va shirkatlar tarkibidan chiqish tartibi
to'g'risidagi Nizom» asosida amalga oshiriladi. Respublikada faqat 1994-1996 yillar davomida
monopol mavqyeidagi aksiyadorlar jamiyatlari, ijara va boshqa jamoa korxonalar tarkibidan 14972
obyekt chiqarilib, mustaqil korxonalarga aylantirildi.
O'zbekiston Respublikasining «Iste'molchilarning huquqlarini himoya qilish to'g'risida»
(1996 yil, aprel) qonuni asosida g'irrom raqobatga, shu jumladan Respublika bozorlariga
belgilangan talablarga javob bermaydigan tovarlarni chiqarishga yo'l qo'ymaydigan mexanizmni
yaratishga ham alohida e'tibor beriladi.
Tabiiy monopoliyalarni davlat yo'li bilan tartibga solish ular mahsulot (xizmat) lariga
narxlar va tariflar darajasini, shuningdek taklif etiladigan tovarlar va xizmatlar turiga doir asosiy
ko'rsatkichlarni belgilashni o'z ichiga oladi.
Raqobatchilik muhitini shakllantirish maqsadida va davlatga qarashli bo'lmagan sektorni
qo'llab-quvvatlash uchun tadbirkorlikni rivojlantirish fondi, kichik va o'rta biznesni rivojlantirishga
ko'maklashish fondi tashkil etildi. Raqobatchilik muhitini shakllantirishga ko'plab xalqaro
tashkilotlar ham faol qatnashmoqda. Jumladan YUNIDO yordamida bir nechta biznes inkubatorlar
tashkil etildi. Yevropa jamiyati Komissiyasi Amaliy aloqalar markazini, Germaniya texnikaviy
ko'maklashuv jamiyati kichik va o'rta biznesni qo'llab-quvvatlash markazini tashkil etdi.
Respublikada raqobatchilik muhitini vujudga keltirish amalga oshirilayotgan barcha ishlar
bozor iqtisodiyotini tarkib toptirishga xizmat qiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: