O'zbekiston respublikasi oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirligi sh. Shodmonov, T. Jo'Rayev



Download 1,2 Mb.
Pdf ko'rish
bet15/202
Sana09.03.2022
Hajmi1,2 Mb.
#487037
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   202
Birinchi guruhga 
mashinalar, mexanizmlar, stanoklar, uskunalar, turli 
xil apparatlar va boshqalardan iborat mehnat qurollarini kiritish mumkin. Ularning yordamida 
ishchi tabiat ashyolari va kuchlariga bevosita ta'sir qiladi va bu ashyolarni o'zining iste'moli uchun 
zarur bo'lgan shaklga keltiradi. 
 
Ikkinchn guruhga 
materiallarni saqlash uchun mo'ljallangan mehnat vositalari /sisternalar, 
turli xil bochkalar, quvurlar, omborlar va boshqalar/ kiritiladi. 
 
Uchinchi guruhga 
ishlab chiqarish jarayonida bevosita qatnashmaydigan mehnat vositalari 
kiradi. Lekin bu vositalarsiz ishlab chiqarish jarayonining amalga oshishi mumkin emas yoki to'la 
va samarali amalga oshmasligi mumkin. Bularga binolar, yo'llar va boshqalar misol bo'la oladi.
Hozirgi fan-texnika inqilobi davrida ishlab chiqarishning rivojlanishida mehnat 
predmetlarining ahamiyati oshib bormoqda. Materiallarning tabiatda tayyor holda uchramaydigan 
yangi turlari yaratilmoqsa. Ishlab chiqarish omillari insoniyat taraqqiyotining hamma bosqichlari 
uchun umumiy bo'lsada, bu omillarga turli adabiyotlarda turlicha ta'rif berishadi va ularni turlicha 
tushuntirishadi. 
Jumladan «Siyosiy iqtisod» darsliklarida ishlab chiqarishning ikki omili: moddiy va shaxsiy 
omillari mavjudligi tan olinadi. Buvda mehnat qurollari va mexnat predmetlari (yer-suv, yer osti 


boyliklari kabi tabiiy boyliklar ham) ishlab chiqarish vositalari deyiladi va ishlab chiqarishning 
moddiy omilini tashkil etadi, ishchi kuchi esa uning shaxsiy omili deb yuritiladi. Hozirgi bozor 
iqtisodiga doir ko'pchilik adabiyotlarda esa ishlab chiqarishning to'rt omili: mexnat, kapital, yer-
suv, tadbirkorlik qobiliyati tan olinadi. 
Bu yerda ishchi kuchi bilan mehnat o'rtasidagi farqni anglab olish juda muhimdir. Bizga 
ma'lumki, mehnat turli omillarning harakat jarayonidir. Ishchi kuchi, yuqorida aytganimizdek, 
insonning mehnatga bo'lgan aqliy va jismoniy qobiliyati, uning bilim, malaka darajasi bilan 
birgaliqsa ishlab chiqarishga qatnashishiga tayyor turgan omil bo'lib xizmat qiladi, mehnat esa 
ishlab chiqarish vositalari va ishchi kuchining qo'shilishi natijasida sodir bo'ladigan va ma'lum 
samara olishga qaratilgan faoliyatdir. 
Shuning uchun biz mehnat degan tushunchani emas, balki ishchi kuchi degan tushunchani 
ishlab chiqarishning omili deb bilamiz va ishlab chiqarish omillari ishchi kuchi, kapital, yer-suv va 
tadbirkorlik qobiliyatidan iborat deb ta'kidlaymiz. 
Ishchi kuchi insonning mehnatga bo'lgan aqliy va jismoniy qobiliyatlarining yig'indisi 
bo'lganligi uchun bozor iqtisodiyoti davrida inson emas, mehnat jarayoni xam emas, balki ishchi 
kuchi sotiladi, uning bozori bo'ladi. Shuning uchun hozirgi kunda keng qo'llanilayotgan 

Download 1,2 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   202




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish