Yunus payg‘ambarning kitobi kirish



Download 176,92 Kb.
Pdf ko'rish
bet2/4
Sana09.03.2022
Hajmi176,92 Kb.
#486708
1   2   3   4
Bog'liq
Jonah Part

2

BOB 
Yunus baliq qornida ibodat qiladi 

Yunusni yutsin deb, Egamiz nahang baliqni yubordi. Yunus uch kechayu uch 
kunduz baliq qornida qoldi. 

Yunus baliqning qornida ekan, o‘zining Egasi Xudoga shunday deb ibodat qildi:

“Ey Egam, qayg‘uli damlarimda
Senga qildim iltijo, 
Iltijolarimni Sen eshitding. 
O‘liklar diyorining

qa’ridan faryod ko‘tardim,
Sen eshitding ovozlarimni. 

Meni otganding tubsiz chuqurga, 
Dengiz bag‘riga,
Meni qurshab olgandi suvning girdobi. 
Sening to‘lqinla
ring 
O‘tgandilar ustimdan bosib.

Sening huzuringdan 
Quvilganman, dedim o‘shanda,
Lekin muqaddas Ma’badingni
Yana ko‘raman!

Suvlar meni bo‘g‘zimgacha ko‘mgandi,
Tubsiz dengiz atrofimni o‘radi.
Dengiz o‘tlari boshimga o‘ralib qoldi.

Tog‘larning tubiga

cho‘kkandim —
Zanjirlari bilan to abad menga to‘siq qo‘ygan joyga
*. 
Sen esa, ey Egam Xudo, 
Jonimni o‘sha joydan qutqarding!

Ey Egam, hayotim onlari tugay deganda, 
Men Seni esladim. 
Iltijolarim Sengacha, 


Yunus 

Muqaddas Ma’badinggacha yetib bordi.

Soxta, bema’ni butlarga sig‘inadiganlar
Senga bo‘lgan sadoqatidan voz kechdilar!
10 
Men esa shukrona aytib, 
Senga qurbonlik keltiraman. 
Atagan nazrlarimni ado etaman. 
Ey Egam, najot faqat Sendandir!”
11 
Egamiz shundan keyin nahang baliqqa amr bergan edi, nahang baliq Yunusni 
quruqlikka chiqarib qo‘ydi.
3

BOB 
Yunus Naynavo aholisini tavbaga chaqiradi 

Yunusga Egamiz ikkinchi marta shu so‘zlarni ayon qildi: 

“Qani, bo‘l, qudratli 
Naynavo shahriga* 
borib, Mening so‘zlarimni jar solib u yerdagilarga e’lon qil.”

Yunus Egamizning amriga bo‘ysunib, Naynavo tomonga ketdi. 
Naynavo juda katta 
shahar boʻlib, uni aylanib chiqishga uch kun vaqt ketardi


Yunus shahar bo‘ylab bir kun 
yo‘l yurib o‘tdi. U aylanib yurib: “Yana qirq kundan keyin Naynavo xarob bo‘ladi”, 
deb 
jar soldi. 

Naynavoliklar Xudoga ishonib, ro‘za tutamiz, deb e’lon qildilar. Shahardagi kattayu 
kichik tavba qilib qanorga o‘randi
*. 

Bu xabar Naynavo shohiga ham yetib bordi. U taxtdan tushib, shohona liboslarini 
yechdi, qanorga o‘ranib, kulga o‘tir
di. 

O‘zi va amaldorlari nomidan butun Naynavo 
bo‘ylab quyidagi farmonni e’lon qildi: “Na insonlar, na hayvonlar —
mol
–qo‘ylar hech 
narsa yemasin, suv ichmasin. 

Insonlar ham, hayvonlar ham qanorga o‘ransin. Har kim 
Xudoga yalinib iltijo qilsin, yovuz qilmishidan qaytsin, zulm qilmasin. 

Kim biladi, balki 
Xudo rahm qilib, bizga bo‘lgan g‘azabini qaytarar, biz halok bo‘lmasmiz.”
10 
Xudo ularning qilgan ishlarini, yovuz qilmishlaridan qaytganini ko‘rib, rahm qildi 
va ularning ustiga 
“yuboraman”, deb aytgan ofatni yubormadi.

Download 176,92 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish