3-bob bo’yicha xulosalar
Xulosa o‘rnida aytish mumkinki, qayd qilingan uchala bosqichning har birida
O‘zbekiston Respublikasi ham o‘z davlat siyosati doirasida, ham xalqaro
tashkilotlar mexanizmlaridan foydalangan holda, Afg‘onistonda barqarorlikni
ta’minlash borasida mavjud imkoniyatlarni aniq maqsadni ko‘zlab ishga soldi.
O‘rta muddatli kelajakda ham xavfsizlikni ta’minalash yuzasidan Afg‘oniston omili
O‘zbekiston tashqi siyosatining ustuvor yo‘nalishlaridan biri bo‘lib qoladi. Butun
milliy strategiyamizning asosiy yo‘nalishlaridan biri ana shunday mazmun-
mohiyatga ega.
Ikkinchi band bo’yicha xulosa qilib aytganda, Markaziy Osiyo mintaqasi, shu
bilan birga Afg‘oniston AQSH, Rossiya, Xitoy va G‘arbiy Yevropa davlatlari
manfaatlari to‘qnashadigan mintaqa bo‘lib qolmoqda. «6+3» muloqot guruhining
tashkil etilishi Afg‘onistondagi vaziyatni tartibga solishda shubhasiz katta
ahamiyatga ega. Biroq, ushbu tashabbusni amalga oshirishda kuchli davlatlar
AQSH va Rossiya, shuningdek, NATO va boshqa davlatlar nuqtai- nazarlarining
mos kelmayotganligi mazkur g‘oyaning amalga oshishiga to‘sqinlik qilib turibdi .
Yuqorida
keltirilganidek,
yirik
davlatlarning
Markaziy
Osiyo
va
Afg‘onistonda barqarorlik hamda o‘zaro integratsiyaning yuzaga kelishidan
manfaatdor emasligi, shuningdek, mintaqani o‘z ta’sir doirasida tutib turishga
intilish mavjudligi bois, mazkur davlatlar «6+3» muloqot guruhini tashkil etish
bilan bog‘liq O‘zbekiston tashabbusini rasman inkor etmasada, uni qo‘llab-
quvvatlash bo‘yicha amaliy choralar qo‘llashni e’tibordan chetlashtirishga harakat
qiladi. Yuqoridagilardan shuni kuzatish mumkinki, Afg‘onistonda antitolibon
operatsiyalari
o‘tkazilayotganligiga
qaramasdan
bu
yerdagi
vaziyat
barqarorlashayotgani yo‘q va buning natijasida Markaziy Osiyo mintaqasining
xavfsizligiga bo‘lgan bir qator tahdidlar saqlanib qolmoqda.
103
XULOSA
O‘tkazilgan tadqiqot natijasida xulosalar berilib, o‘rganilayotgan
muammoning asosiy nazariy jihatlari yoritildi.
1.
Tashqi kuchlar aralashuvi bugungi kunda xalqaro munosabatlar
tizimida legitimlashgan ko‘rinishda shakllanib, xalqaro xavfsizlik tahdidlariga
qarshi kurashish maqsadida faol amalga oshirilmoqda. Shuningdek, ayrim
holatlarda harbiy aralashuvni amalga oshirish bo‘yicha qarorlarning qabul qilinishi
dunyoning yetakchi davlatlari orasida qarama-qarshiliklarni kuchayishiga ham
sabab bo‘lmoqda.
2.
Afg‘onistonda davom etayotgan mojarolarning kelib chiqishi
dinamikasini tahlil qilganda uning uzoq tarixga ega ekanligi ma’lum bo‘ladi. Shu
bois, Afg‘oniston jahonning yetakchi davlatlari geosiyosiy «o‘yinlari» uchun
harbiy harakatlar maydoniga aylanib qolgan. Afg‘onistonda bo‘lib o‘tgan barcha
«Katta o‘yin» urushlarida bir tomon bevosita harbiy harakatlarni olib borgan bo‘lsa,
boshqa tomon unga qarshi kurashayotgan kuchlarni (hoh mujohidlar bo‘lsin, hoh
«Tolibon» harakati bo‘lsin) qo‘llab-quvvatlab turgan. Shu sabab, ularning birortasi
bu yerda to‘liq g‘alaba qozona olmagan.
3.
90-yillarda Pokiston Afg‘onistondagi fuqarolar urushini tugatish,
Afg‘onistonni birlashtirish va barcha uchun manfaatli bo‘lgan yangi transport
yo‘laklarini ochish maqsadida «Tolibon» harakatini vujudga keltirishi va uning XX
asr oxirlaridan «Katta o‘yin»da o‘zi uchun ajratilgan kichkina rolni «ijro etish»dan
bosh tortishi vaziyatni yanada murakablashtirib yubordi. Hozirgi kunga kelib
Pokistonning o‘z milliy xavfsizligini ta’minlash borasida olib borayotgan faoliyati
oxir-oqibatda nafaqat afg‘on xalqi va Markaziy Osiyo mintaqasi uchun, balki
butun jahon uchun keng ko‘lamli fojeaga aylandi. Afg‘oniston bora-bora xalqaro
terrorizm va ekstremizm uchun qulay shart-sharoitlarga ega markazga aylanib
qoldi.
104
4.
2001 yil 11 sentyabrda Afg‘onistonda o‘rnashgan «Al-Qoida»
terrorchilik tashkilotining AQSHda sodir etgan «terrorchilik aktlari» xalqaro
hamjamiyat tomonidan «qurolli hujum» sifatida ko‘rilib,
«agressiya akti» sifatida baholandi. Shu bilan bir qatorda, nodavlat suyekt
(«Al-Qoida» terrorchilik tashkiloti) ham xalqaro huquqda «agressiya akti»ni
amalga oshiruvchi subyekt sifatida tasniflashtirildi. Bu esa, o‘z navbatida,
Afg‘onistonga xalqaro kuchlarning aralashuvini yuzaga kelishiga, NATO
mamlakatlari va AQSHning ittifoqchilar bilan birgalikda Afg‘onistonda harbiy
harakatlar olib borishiga sabab bo‘ldi. Shuningdek, mazkur tashqi aralashuv ilgari
yuz bergan aralashuvlardan (Yugoslaviya, Iroq va sh.k.) farqli o‘laroq, terrorchi
guruhni qo‘llab turgan, tan olinmagan hukumatga nisbatan legitimlashgan
ko‘rinishda namoyon bo‘ldi.
5.
Afg‘onistonda harbiy kompaniya boshlanganidan buyon (2001-2011
yillar) zamonaviy qurollardan foydalanib, turli masshtabdagi harbiy operatsiyalar
o‘tkazilayotgan bo‘lsada, ularda bir qator muammolar – koalitsion qo‘shinlarning
nazorat-hududlaridagi kamchiliklar, harbiy operatsiyalarning ayrim jihatlari
targ‘ibot va OAV orqali fosh qilib yuborilayotganligi, harbiy va noharbiy yuklarni
yetkazib berishda tranzit yo‘llarida vujudga kelayotgan muammolar va
mamlakatda terroristik aktlarning faollashuvi, shuningdek, havo zarbalari tufayli
tinch aholi orasida ham qurbonlarning ortib borayotganligi kuzatilib, afg‘on
muammosini hal qilishda harbiy yo‘l noqobil ekanligi o‘z isbotini ko‘rsatmoqda.
Ma’lumki, hozirgi vaqtda ham «Tolibon» harakati a’zolari mamlakatning ba’zi
hudidlarida o‘z ta’sirini ushlab turibdi. Bu esa, bugungi kunda xalqaro koalitsiyaga
nisbatan afg‘on xalqi, mamlakat rasmiylari va xalqaro hamjamiyat tomonidan
ishonchsizlikni (norozilikni) kuchaytirmoqda.
6.
Hozirgi vaqtda ko‘plab tortishuvlarga sabab bo‘layotgan harbiy
kontingentlarni olib chiqib ketish masalasi noaniqligicha qolmoqda. Bunga sabab,
bir tomondan, koalitsion kuchlar 2011 yildan boshlab 2014 yilgacha
harbiy kuchlarni to‘liq olib chiqilishi ma’lum qilingandi, lekin unday
bo‘lmagani va boshqa tomondan esa, AQSH tomoni 2010 yilda 30 ming qo‘shinini
105
olib kirish haqida ma’lum qildi hamda Afg‘oniston hududida doimiy harbiy
kontingentlarni saqlab qolish maqsadida uchta operativ bazani barpo etishga
kirishganidir. Bundan xulosa sifatida AQSH o‘z qo‘shinlarini AIRdan yaqin
kelajakda olib chiqib ketmaydi deyish mumkin.
8.
Mamlakatdagi
koalitsion
kuchlar
tomonidan
milliy
armiyani
shakllantirishga qaratilgan olib borilayotgan tegishli kompleks chora- tadbirlar
ko‘lamining kengligiga qaramay, yaqin istiqbolda AIR xarbiylarining mamlakat
xavfsizligini ta’minlash borasida mustaqil faoliyat
yuritishiga erishish
murakkabligicha qolaveradi. Bunga milliy armiyaning tayyorgarlik darajasi hamda
AQSHning mintaqadagi pozitsiyasini saqlab qolishga urinishi asosiy omil bo‘lib
xizmat qiladi.Shu bilan birga, o‘tkazilgan tadqiqot shuni ko‘rsatadiki, afg‘on
muammosini bartaraf etishda O‘zbekiston tashabbuslari eng maqbul va oqilona
bo‘lib, xususan, «6+3» muloqot guruhi AIRdagi vaziyatni tartibga solish bo‘yicha
eng samarali vosita hisoblanadi. Biroq, ayni vaqtda «6+3» muloqot guruhini
tuzishga nisbatan AQSH, Rossiya, Xitoy va Eron kabi ishtirokchi davlatlar
tomonidan rasmiy munosabat bildirilmagan.Shu sababli ta’kidlash joizki, yetakchi
kuchlarning mintaqada o‘z mavjudligini ta’minlashga va uni kengaytirishga
urinayotganligi hamda geosiyosiy manfaatlarining to‘qnash kelayotganligi
Afg‘onistonda tinchlik va barqarorlikni ta’minlashga qaratilgan yangi formatdagi
«6+3» muloqot guruhini tuzish bo‘yicha tashabbusni amalga oshishiga to‘sqinlik
qilmoqda. Muloqot guruhiga kiritilishi ko‘zda tutilayotgan davlatlar afg‘on
muammosini hal etishda umumiy yondashuvga kelmas ekan, mazkur
tashabbusning amalga oshish istiqboli dargumon bo‘lib qolaveradi. Shunday
bo‘lsada, bugungi kunda xalqaro hamjamiyat ham Afg‘onistondagi mojarolarni
xalqaro harbiy kuchlar vositasida yechib bo‘lmasligini sekin-asta tushunib
yetmoqda.
106
Do'stlaringiz bilan baham: |