Akrom abbasovich karimov, farxod rashidovich islomov, anvar ziyadullaevich avloqulov


 Auditorlik tekshiruvida aldash va xatoni aniqlash



Download 2,41 Mb.
Pdf ko'rish
bet98/183
Sana06.03.2022
Hajmi2,41 Mb.
#484595
1   ...   94   95   96   97   98   99   100   101   ...   183
Bog'liq
xalqaro audit

9.6. Auditorlik tekshiruvida aldash va xatoni aniqlash 
Tashkilot va korxonalar ko’proq foyda olish maqsadida o’z daromadlarini 
yashirishga yoki kamaytirib ko’rsatishga harakat qiladi. Buning oqibatida noto’g’ri 
berilgan, ko’rsatilgan ma’lumotlar moliyaviy hisobotni noto’g’ri tuzilishiga olib 
keladi. 
Operatsiyalarni bajarishda hisobchilar ayrim holatlarda xatolarga yo’l 
qo’yishlari ham mumkin. Buning oqibatida ham moliyaviy hisobot noto’g’ri 
tuziladi. 
Xalqaro audit standartlarining 240-standarti shu masalaga bag’ishlangan 
bo’lib, bu standart «Aldash va xato» deb nomlangan. 
Bu standartda audit qilishda nimalarga e’tibor berish kerakligi, aldash va 
xatolar moliyaviy hisobotga qanchalik darajada ta’sir etganlik, aldash va 
xatolarning oldini olish bo’yicha bir qator protseduralar ishlab chiqilgan. 
Bundan tashqari xalqaro audit standartlarining 240-standartida aldash va 
xatolarni topishda auditor qanday ishlarni olib borishi, tashkil etishi, ishni nimadan 
boshlashi, qanday vaziyatda qanday harakat qilishi, ularni topish uchun nimalarga 
e’tibor qilishi kabi bir qator tavsiyalar berilgan va yo’l-yo’riqlar ko’rsatilgan. 
Xalqaro auditorlar audit qilishda aldash va xatolarni topishda 240-standartga 
asoslangan holda ish olib borishi samarali natija beradi. 


200 
Xalqaro audit standartlari jahon miqyosidagi barcha tashkilot, korxona, 
kompaniya, firma va qo’shma korxonalarning moliyaviy hisobotini audit qilishda 
qo’llaniladi. 
Ma’lumki, buxgalteriya hisobi auditning ma’lumotlar bazasi bo’lib 
hisoblanadi. Auditorlar tekshirish jarayonida tekshirishning maxsus uslublaridan 
foydalanib, auditorlik dalillarini yig’adi, moliyaviy hisobotning haqqoniyligi va 
to’g’riligini auditorlik xulosalari bilan tasdiqlaydi va hisob ma’lumotlarini 
to’g’rilash uchun o’zlarining takliflarini beradi.
Xalqaro audit standartlari boshqa xizmatlar auditida ham qo’llaniladi. Xalqaro 
audit standartlari asosiy va kerakli protseduralardan iborat.
Aldash oldindan bilib qilinadigan harakat hisoblanib, bir yoki bir necha kishi, 
rahbariyat tomonidan, ishchilar yoki uchinchi shaxs tomonidan amalga oshirilgan 
bo’lishi mumkin. Aldash moliyaviy hisobotni noto’g’ri tuzilishiga olib keladi. 
Aldash va xatoning farqlariga yana to’xtaladigan bo’lsak: aldash xo’jalik 
operatsiyalari jarayonida mahsulot va xizmatlar chiqimi operatsiyalari, kirimi 
operatsiyalari amalga oshirilib, ularni hisobga olishda buxgalteriyada aks ettirishda 
bilib turib o’zgartirish, noto’g’ri provodkalar berish, ko’paytirib yoki kamaytirib 
ko’rsatish, asosiy vositalarni hisobga olishda: ularni kirim qilishda, chiqim 
qilishda, ularga amortizatsiya hisoblashlarda bila turib noto’g’ri rasmiylashtirish, 
ular moliyaviy hisobotlarda noto’g’ri ko’rsatilib, oxirida moliyaviy hisobot 
noto’g’ri tuzilishga olib keladi. 
Xato esa xo’jalik operatsiyalari jarayonida hisob yozuvlarida arifmetik yoki 
mantiqiy xatoliklar, hisob ma’lumotlariga e’tiborsizlik yoki xo’jalik faoliyati 
faktlarini, mulkning holati va mavjudligini, majburiyatlar va hisoblash ishlarini 
noto’g’ri tasavvur etish orqali hisob va hisobot ma’lumotlarining ko’zda 
tutilmagan holatdagi buzilishi, asosiy vositalarni olib kelish, kirim qilish, chiqim 
qilish va provodkalar berishda bilmasdan noto’g’ri provodkalar berish, ularni 
bilmasdan, hisobchining e’tiborsizligi tufayli noto’g’ri rasmiylashtirish va 
hujjatlarda aks ettirish oqibatida moliyaviy hisobotlarni noto’g’ri tuzilishiga olib 
kelishdir. 


201 
Aldash va xatoga quyidagilar misol bo’ladi: 
Buxgalteriya hisobini ish jarayonida uzluksiz olib borilishi aldash va xatoning 
oldini olish sub’ektning rahbariyati javobgarligidadir. Bu narsalar xato va 
aldashlarni yo’qotmaydi, faqat oldini oladi. 240-«Aldash va xato» xalqaro audit 
standartidagi, audit qilishdagi auditorning javobgarligiga to’xtaladigan bo’lsak, 
auditor aldash va xatolarni oldini olishi majburiyatini olmaydi. 
Har bir korxona, tashkilot, kompaniya, firmalar har yili auditor nazoratidan 
o’tkazilishi ma’lum bir miqdorda aldash va xatolarni oldini olishi mumkin. 
Auditor audit qilishdan oldin moliyaviy hisobotni o’zgartirishga olib 
keladigan aldash va xatolarning tavakkalchilik darajasini baholab, xato va 
aldashlar oldin bo’lgan yoki bo’lmaganligi haqidagi ma’lumotlarga ega bo’lishi 
kerak. 

Download 2,41 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   94   95   96   97   98   99   100   101   ...   183




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish