132
VII BOB. XALQARO AUDITORLIK STANDARTLARI
7.1. Xalqaro auditorlik standartlarining mohiyati
Audit standartlari - o’zining professional faoliyati davomida hamma auditorlar
rioya qilishi lozim bo’lgan yagona asos tamoyillardir.
Auditorlik standartlariga rioya qilish audit sifati darajasini va audit
natijalarining
ishonchliligini
ta’minlaydi. Auditorlik
standartlari sudda
auditorlarning haqqoniy ishlaganligining asosi bo’lib xizmat qiladi. Agar auditor
standartdan chekinish qilgan bo’lsa, buning sababini ko’rsatishi lozim.
Butunjahon mamlakatlari o’rtasida bo’ladigan savdo-iqtisodiy va boshqa
ko’rinishdagi aloqalar ular o’rtasida bo’ladigan hisob-kitoblarni unifikatsiyalashni
taqozo etmoqda.
Buning uchun, milliy hisob va audit tizimlarini yaxlit shaklga
keltirish talab qilinadi.
Jahon mamlakatlari o’rtasida milliy hisob va audit tizimlarini yaxlit holga
keltirish uchun yagona qoidalarni ishlab chiqish lozim edi.
Bu qoidalar auditorlik
amaliyotida auditning xalqaro standartlari maqomini oldi.
Auditorlik faoliyatida me’yoriy hujjatlar sifatida auditning xalqaro
standartlarini ishlash borasida ham ma’lum darajada urinishlar bo’lgan.
1948 yilda Amerika qasamyod qilgan buxgalterlar instituti tomonidan
«Umumlashtirilgan audit standartlari» ishlab chiqildi.
Shu kabi mamlakatda
auditorlar instituti tomonidan «Ichki auditorlarning majburiyatlari» e’lon qilindi.
1976 yilda ma’lumotga elektron ishlov berish auditi assotsiatsiyasi tuzilib,
1987 yilda «Axborot tizimi bo’yicha umumiy qabul qilingan audit standartlari»
ishlab chiqildi.
Dunyoning ko’pchilik davlatlarida milliy kuzatuv auditor-konsultant firma
vakolatxonalari mavjud bo’lib, ularning barchasi xalqaro auditorlik standartlari va
ularga mos keladigan me’yorlardan keng foydalanadilar. Butun dunyoda auditorlar
faoliyatida umumiy standartlar ishlanishiga Amerika qasamyod qilgan buxgalterlar
instituti (AICPA) katta ta’sir va tashabbus ko’rsatib keladi.
AICPA tomonidan
auditorlik kasbi, umuman olganda, auditorlik faoliyatiga oid bir nechta standart
133
ishlab chiqildi. Mazkur tashkilot tomonidan ishlab chiqilgan standartlar 3 ga
bo’linadi:
Auditning umumiy malaka va etika standartlari:
1.
Majburiy tayyorgarlik va mahoratlilik. Auditor tekshirish o’tkazishda
maxsus texnik tayyorgarlikka va auditorlarning professional
xulq sifatlariga ega
bo’lishi kerak (The examinition is to be reformed by a person or persons having
adequate technical training and proficience as an auditor).
2.
Mustaqillik. Har qanday vazifani bajarishda auditor yoki auditorlar
mustaqil bo’lishi shart (In all matters relating to the assignment an independence in
mental attitude is to be maintained by the auditor or auditors).
3.
Majburiy malakaviy ziyraklik. Tekshirishni o’tkazishda va xulosani
tayyorlashda auditordan professional ziyraklik talab etiladi. (Due professional care
is to be exercised in the performance of the examinition and the preparition of the
report).
Ob’ektlarning ish standartlari:
Do'stlaringiz bilan baham: