Xalqaro auditorlik tashkilotlarining faoliyati
№ Xalqaro auditorlik tashkilotining nomi
Yalpi tushum
2012 yil
(mlrd. doll.)
2012 yilda
mutaxassislar soni
1.
PricewaterhouseCoopers
31,5
180 500
2.
Deloitte
31,3
193000
3.
Ernst & Young
24,4
167 000
4.
KPMG
23
145 000
3.5. Ichki auditorlarning professional tashkilotlari
Tashqi (mustaqil) auditorlar o’z faoliyatida ko’p jihatdan ichki audit
natijalariga tayanadi. Umuman olganda ichki auditorlar o’zlari ishlaydigan
korxonalar faoliyatini tekshiradi. Ammo, ular qoidaga ko’ra, korxona ma’muriyati
(direktorlar kengashi) tarkibiga kiradilar. Bunday nazorat (o’z-o’zini nazorat
qilish) shakli AQShda o’tgan, XX asrning 30 yillarida yuzaga kelib, keyinchalik
G’arbiy Evropa va Yaponiyada tarqalgan.
Hozirgi vaqtga kelib, ko’p hollarda ichki auditorlarning funk-tsiyalari, hatto
o’z kompaniyasi tarkibiy bo’linmalari buxgalteriya hisobotlarini tekshirish
doirasidan ham chetga chiqadi. Ichki auditorlar korxonaning iqtisodiy siyosati va
boshqaruv masalalarida ko’proq ishtirok etmoqdalar. Ichki auditorlar yuqori
malakali mutaxassislar bo’lib, o’z maqomiga ko’ra katta vakolatlarga ega.
Ularning majburiyatlari doirasiga ko’proq quyidagilar kiradi:
operatsion audit
–boshqaruv masalalari bo’yicha korxonaning turli tarkibiy
bo’linmalariga maslahat berish kabi faoliyat (masalan, marketing ishlarini
baholash, korxona tarkibiy tuzilmasini baholash va sh.k.);
53
mos keluvchanlik auditi
– ushbu korxona bo’linmalari faoliyati, uning
ma’muriyati va zarur bo’lganda yuqori organlar tomonidan belgilangan yoki qonun
hujjatlarida ko’rsatilgan qoidalarga muvofiqligini tekshirishdan iborat. Masalan,
tuzilgan shartnomalarni yuridik talablar nuqtai nazaridan tekshirish va baholash,
risklarni kamaytirish va h.k.
AQShda ichki auditorlarning professional tashkilotlari 1941 yilda tashkil
topgan bo’lib, Ichki auditorlar instituti – IAI (IIA – Institute of Internal Auditors)
deb nomlangan. U hech qancha vaqt o’tmasdan «
Taraqqiyotga hamkorlik orqali
erishiladi
» degan shior bilan chiqqan. O’tgan asrning 70-yillarida institut o’zining
xalqaro markazini Florida shtatiga ko’chirgan. Ushbu institut faoliyati quyidagilar
negizida qurilgan:
a) ichki auditorlarning umumkasbiy bilimlari;
b) professionallikni uzluksiz rivojlantirish dasturi;
v) iqtisodiy kodeks;
g) professional me’yorlar;
d) sertifikatsiyalash dasturi.
Ichki auditorlarning bunday birlashishi ularning tarqoq kuchlarini o’z
manfaatlarini himoya qilish maqsadida birlashtirish hamda malaka mahoratini
yanada rivojlantirish va faoliyat samaradorligini oshirish zarurligidan kelib
chiqqan. Institut ichki auditorlar faoliyatini muvofiqlashtiradi va tartibga solib
turadi, umumta’lim faoliyatini ta’minlaydi va mazkur professional amaliyot
me’yorlarini ishlab chiqadi. U o’z funktsiyalarini va ichki auditorlar xizmatlarini
doimiy ravishda kengaytirib kelmoqda.
Institut ichki auditorlarning professional olamida yuqori obro’ga ega. Uning
dunyo bo’yicha 100 dan ortiq mamlakatlarda ishlaydigan a’zolari bor. Institutning
AQShdagi bo’limlaridan tashqari Avstraliya, XXR, Hindiston, Isroil, Yaponiya,
Malayziya, Yangi Zelan-diya, Janubiy Afrika Respublikasi, Angliya va Shimoliy
Irlandiya kabi mamlakatlarda milliy institutlari mavjud.
54
Do'stlaringiz bilan baham: |