Akrom abbasovich karimov, farxod rashidovich islomov, anvar ziyadullaevich avloqulov



Download 2,41 Mb.
Pdf ko'rish
bet151/183
Sana06.03.2022
Hajmi2,41 Mb.
#484595
1   ...   147   148   149   150   151   152   153   154   ...   183
Bog'liq
xalqaro audit

Auditor fikriga ta’sir ko’rsatuvchi masalalar.
Quyidagi vaziyatlardan biri mavjud bo’lgan taqdirda va, auditorning 
mulohazasiga ko’ra uning oqibatlari moliyaviy hisobotga ta’sir ko’rsatsa yoki 
ko’rsatishi mumkin bo’lgan taqdirda, ahtimol, auditor o’z fikrini sharhlarsiz bildira 
olmasligi mumkin: 
(a) 
auditor ishi ko’lami cheklanganda; yoki 
(b) tanlab olingan hisob siyosati, uning qo’llash usuli yoki moliyaviy 
hisobotda yoritishlar mosligining maqbulligi yuzasidan sub’ekt rahbariyati bilan 
kelishilmaganda. 
Sharhlar bilan fikr. 
Agar auditor fikr sharhlarsiz bildirilishi mumkin emas, 
lekin sub’ekt rahbariyati bilan har qanday kelishmovchiliklar oqibati yoki audit 
qo’lamining cheklovlari salbiy fikr bildirish yoki fikr bildirishni rad etish 
yuzasidan shunchalik muhim va chuqur emas degan xulosaga kelsa, sharhlar bilan 
fikr bildirilishi lozim. Sharhlar bilan fikr quyidagicha bildirilishi lozim - sharhlar 
taalluqli bo’lgan omil ta’siri bundan “istisno”. 
Fikr bildirishni rad etish.
 
Audit ko’lami cheklovlarining ehtimoliy ta’siri 
shunchalik muhim va chuqurki, auditor etarli bo’lgan tegishli auditorlik dalillarini 
olishga imkoniyati bo’lmaydi va, binobarin, moliyaviy hisobot bo’yicha fikr 
bildira olmasligi sababli auditor fikr bildirishni rad etishi lozim.
 


358 
Salbiy fikr. 
Moliyaviy hisobot uchun kelishmovchiliklar shunchalik muhim 
va chuqurki, auditor hisobotda sharhlar bilan fikr bildirish chalg’itishga olib 
keladigan yoki moliyaviy hisobotni to’liq tasvirlab bermaydigan ma’lumotni 
yoritish uchun mos emas degan xulosaga kelgan taqdirda, salbiy fikr bildirilishi 
lozim.
 
Auditor sharhlarsiz fikr bildirishidan farqli fikr bildirgan taqdirda, har gal 
buning haqiqiy sabablari aniq bayon etilganligi va, agar mumkin bo’lsa, moliyaviy 
hisobotga ehtimoliy ta’sir(lar)ining miqdoriy yoritilishi auditorlik hisobotiga 
kiritilishi lozim. Odatda ushbu ma’lumot fikr bildirilgan yoki fikr bildirishni rad 
etilgan banddan oldingi alohida bandda bayon etiladi va moliyaviy hisobotning 
ilovasidagi yanada ham kengroq muhokamaga, agar bu mavjud bo’lsa, izohlanadi.
 
Sharhlarsiz fikrdan farqli fikr bildirishga olib keluvchi vaziyatlar. 
Ayrim holatlarda auditor ishining ko’lami sub’ekt tomonidan cheklanishi 
mumkin (masalan, auditor kerakli deb hisoblagan auditorlik muolajani kelishuv 
shartlariga muvofiq bajarilishi ko’zda tutilmagan holatda). Shunga qaramasdan, 
agar taklif etilayotgan kelishuv shartlarida ko’zda tutilgan cheklov shundayki, 
bunda auditor fikr bildirishni rad etish lozim deb hisoblaganda, u, odatda, agar bu 
qonunchilikka oid hujjatlar bilan ko’zda tutilmagan bo’lsa, audit bo’yicha bunday 
cheklovlar bilan kelishuvni qabul qilmaydi. Bundan tashqari, cheklov auditorning 
qonun bilan belgilangan majburiyatlarini buzgan taqdirda, qonunchilikka asosan 
tayinlangan auditor audit bo’yicha bunday kelishuvni qabul qilmaydi. 
Ko’lamni cheklash vaziyatlardan kelib chiqishi mumkin (masalan, 
auditorning ishlash muddati auditorga tovar-moddiy zahiralarni inventarlash 
yuzasidan kuzatish imkonini bermagan taqdirda). Auditorning fikri bo’yicha, 
sub’ektning hisob yozuvlari mos bo’lmagan yoki auditor tavsiya qilingan 
auditorlik muolajalarini bajara olmagan taqdirda, audit ko’lamini cheklash vujudga 
kelishi mumkin. Bunday vaziyatlarda, sharhlarsiz fikrni tasdiqlovchi etarli bo’lgan 
tegishli auditorlik muolajalarini olish uchun auditor oqilona muqobil auditorlik 
muolajalarini bajarishga harakat qilishi lozim. 


359 
Auditor ishi ko’lamining cheklovi shundayki, bunda fikrni sharhlar bilan 
bildirish yoki fikr bildirishni rad etish lozim bo’lsa, auditorlik hisobotida bunday 
cheklov yoritilishi va moliyaviy hisobotga taxmin qilingan tuzatishlar, agar 
cheklov mavjud bo’lmagan holatda ular kerakli deb belgilansa, kiritilishi lozim. 
Quyida shunga o’xshash masalalarning namunalari keltirilgan: 
Ko’lamni cheklash - sharhlar bilan fikr.
“Biz ............ (kirish bandi misolida keltirilgan matn kiritiladi,........... auditni 
o’tkazdik. 
Quyidagi bandda keltirilgandan tashqari, biz tomondan audit ...............,......... 
muvofiq o’tkazilgan. 
Biz 2012 yil 31 dekabr holatiga ko’ra tovar-moddiy zahiralarni 
inventarlashdan o’tkazish yuzasidan kuzatishni amalga oshirmadik, chunki ushbu 
sana biz kompaniyaga auditor sifatida jalb qilingan dastlabki sanadan oldin 
bo’lgan. Kompaniyaning amalga oshirgan yozuvlari tavsifiga binoan, biz boshqa 
auditorlik muolajalarini bajarish yo’li bilan tovar-moddiy zahiralar miqdoriga 
ishonch hosil qilish imkoniyati bo’lmadi. 
Bizning fikrimizcha, agar biz tovar-moddiy zahiralar miqdoriga ishonch 
hosil qilganda kerakli deb hisoblagan tuzatishlar ta’siridan tashqari, 
moliyaviy 
hisobot haqiqiy va ............
Ko’lamni cheklash - fikr bildirishni rad etish.
Biz AVS Kompaniyasining 2012 yil 31 dekabr holatiga ko’ra ilova qilingan 
buxgalteriya balansi va u bilan bog’liq daromad va xarajatlar to’g’risidagi 
hisobotni hamda qayd etilgan sanada yakunlangan yil bo’yicha pul oqimlari 
siljishi bo’yicha hisobotni audit qilish uchun jalb qilinganmiz. 
Ushbu moliyaviy 
hisobot bo’yicha mas’uliyat Kompaniya rahbariyati zimmasida.
Sub’ekt rahbariyati bilan kelishmaslik. 
Auditor sub’ekt rahbariyati tomonidan tanlab olingan hisob siyosati, uni 
qo’llash usuli yoki moliyaviy hisobotdagi yoritishlar mosligi yuzasidan sub’ekt 
rahbariyati bilan kelishmasligi mumkin. Agar bunday kelishmovchilik moliyaviy 


360 
hisobot uchun muhim hisoblansa, auditor o’z fikrini sharhlar bilan bildirishi yoki 
salbiy fikr bildirishi lozim.
 

Download 2,41 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   147   148   149   150   151   152   153   154   ...   183




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish