60
Sportchining musobakaga tayerlanishida trener bilan sportchi urtasidagi
munosabati ta`siri, bu munosabat trenerning fe`li atvoriga, uning uzini tutishga
boglikligi.
Musobakaning xar kanday, xatoki eng tinch axvoldagi paytida xam, trener
uzini goyatda tetik va mutlako xotirjam tutishi shart.
Musobaka oldidan uz xayajonini bosa olmaydilar. Trener, musobaka
arafasida sportchi bilan mulokatda bulmagani ma`kul.
Elementlarini maxsus apparatlar (kinoga olish, tsiklografiya, dinometriya,
spidografiya) erdamida xam xisobga olinadi.
Sakrlvchanlikning sport formasi kandayligiga boglik kursatkichlari
(K.M.D`yachkov ma`lumotlari buyicha.)
61
X U L O S A
Sportchilarni tayorlash sitemasi, sport tayorgarlik jarayonining hammasini
o`z ichiga oladi. Yildan-yilga sport va sportchilarni tayyorlash to`g`risidagi
axborotlar hajmi o`sib bormoqda. Biz juda ko`p narsa bilamiz, ammo bilimlarimiz
tarqoq va uzuq-yuluqdir. Egallanayotgan yangi bilimlarni mavjudlari bilan
birlashtirib yuborish ko`pincha oson kechmaydi va shuning uchun ular, odatda,
amaliyotga tatbiq etilmay qolib ketadi. Sport sohasidagi ilmiy tadqiqot faoliyatini
tashkil etishga hozirgidek tartibsiz yondashuv tufayli sport to`g`risidagi fanning
va, ayniqsa, sport amaliyotining rivojlanishiga salbiy ta`sir ko`rsatadigan ko`pdan-
ko`p faktlarni keltirish mumkin.
Sport, hozirgi dunyoda inson faoliyatining har qanday boshqa sohasi kabi,
shiddatli kurashlar maydoniga aylandi va shunday bo`lib qolmoqda. Shuning
uchun ham mamlakatimizning xalqaro sport maydonlaridagi obro`-e`tibori va
ustuvorligi haqidagi masala nihoyatda dolzarbdir. Mamlakatimizning madaniy
qurilish doirasi sohalaridan biridagi ustunligining eng yaxshi isboti- o`zbek
sportchilarining yorqin, qat`iy va mutlaq g`alabalari hisoblanadi.
Yuqori malakali sportchilarni tayyorlashning sifat jihatdan yangi usuliga
bo`lgan ehtiyoj bu yangi vazifalar darajasida turadigan ishonchli nazariyani ishlab
chiqish zarurligini ko`rsatmoqda.
Sportdagi ilmiy tadqiqotlarga qo`yiladigan yangi talablar quyidagi
qoidalarda o`z ifodasini topgan:
1.Tadqiqotlar, umumlashma va xulosalarning yaxlit tizimlilik xususiyati.
2.Sportchilarni
tayyorlash
tizimini
rivojlantirishning
mavjud
imkoniyatlariga tayanish va uni optimallashtirish yo`llarini izlashni uyg`unlikda
olib borish.
3.Inson organizmining ruhiy-jismoniy imkoniyatlariga ilmiy tadqiqotlar
hamda ularni amalga oshirish ahamiyatining bosh mezoni sifatida qarash.
Do'stlaringiz bilan baham: |