42
12-rasm. Gazlama to`shash dastgohi
1.3.12.
Buyum detallarini bichish
Tikuvchilik sanoatida bugungi kunda ko`plab dasturlardan foydalanib
buyumlarni kompyuterda loyihalash modellashtirish, andozalarni tayyorlash va shu
bilan birgalikda gazlamani bichish usillarini ham avtomatlashtirilgan sistemalardan
foydalanib
kelinmoqda.
Gazlamalarni
qirqishda
kam
operatsiyali
texnologiyalardan
va
avtomatlashtirilgan
bichish
usullaridan
fiydalanib
kelinmoqda. Nafaqat
gazlamalarni bichish balki, to`shash usullarini ham
avtomatlashgan sistemalardan foydalanib to`shsash imkoniyatlari mavjud.
Tikuvchilik sanoati korxonalarida gazlamalarni to’shash jarayoni
avtomatlashtirilgan texnologiya ―BULLMER‖ bichish uskunasi yordamida amalga
oshiriladi. Buning uchun avvalo, gazlama to’pi maxsus moslamaga o’rnatiladi.
Gazlama uchuning ikki burchagidan ushlab,
stol ustiga tortib, cheklovchi
chiziqlargacha yetkaziladi. Gazlama uchini cheklovchi chizg’ich bilan bostirib
qoyiladi. To’shama qavati tekislanadi, gazlama milki to’g’irlanadi,
qavat oxiri
maxsus keskich yordamida qirqiladi. Bu jarayon ma’lum bir qalinlik hosil
bo’lguncha davom ettiriladi. Bunda avvalo katakli gazlamalarda yoki yo’l- yo’l
gulli matolarda to’shamaning barcha qavatlarda ustma-ust tushurilishi kerak
bo’ladi.
43
Guli bir tomonga qaragan yoki tukli gazlamalarni to’shashda barcha
detallardagi tuklar va guli bir tomonga qarab turishi lozim. Gazlamalarni to’shash
ko’p kuch talab qiladi. Bundan tashqari ishchilar gazlamani qavatlarini har
xil kuch
bilan tortishadi, bu esa to’shama qavatlarini notekis cho’zilishiga sabab bo’ladi va
bichiqlar sifatiga ta’sir etadi.
To’shamalarni to’shashda to’shovchilar ishini osonlashtirish uchun to’shash
mashinalari ishlatiladi. To’shama bajarilgandan so’ng uning sifati, ya’ni
to’shamadagi qavatlar soni, to’shama qavatlarining milki bir tomondan
tekislanganligi, tuki va
guli bir tomonga qaraganligi, o’ngini-o’ngiga qaratib
to’shalgan katak va yo’l-yo’l gazlamalarning chiziqlarining ustma-ust tushganligi,
to’shamaning eni va uzunligi tekshiriladi. So’ng to’shama ustki qavatida bo’rlama
tayyorlanadi.
13-rasm. BULMER bichuv dastgohini ishga tushirishga mo`ljallangan
avtomatlashtirilgan tizim
To’shama ustiga avvaldan gazlama yoki qog’ozda tayyorlanadigan
bo’rlamani yoki trafaretni joylashtirish mumkin. Traferitni teshiklari bo’ylab detal
qirqimlarining izi bo’r bilan tushuriladi. To’shalgan, ma’lum bir qalinlikdagi
gazlamalarni hech qanday og’ish va siljishlarsiz BULLMER texnologiyasiaga
44
asosan joylashtiriladi.
Materyallarni lazer nuri, mikroplazma oqimi yordamida va
elektir uchquni bilan bichiladi. Lazer usulida bichish gazlamalarga termik ta’sir
etishga asoslangan. Bu usulda gazlamaga qirqish asbobi bevosita tegib turmaydi.
Shuning uchun bu usul kantaktsiz qirqish usuli deyiladi. Bu usulda bichilgan
gazlamalarda bir qator texnologik operatsiyalarga extiyoj qolmaydi. Gazlamalarni
BULLMER texnologiyasida bichish eng istiqbolli usul hisoblanadi.
Dizaynerlar tomonidan tayyorlangan andoza bichuv sehining kompyuteriga
(set orqali) tushiriladi (13, 14-rasmlar).
14-rasm. BULMER bichuv dastgohini ishga
tushirish sxemasi
1-asosiy elektr kuchlanishidan yoqish (avtomat);
2-dastgoh buragichidan 0 dan 1 ga burab yoqish;
3-kompyuterdan programmani yoqish;
4-golovkani yoqish;
5-dastgohda sariq rangdagi stoplarni tekshirib programmadagi qulfni ochish;
Do'stlaringiz bilan baham: