91
chunki bu tarmoqlarni rivojlantirish ularni oliy ma’lumotli mutaxassislar
bilan boyitish bilan bo g‘lanib, o‘rta bo‘g‘in — o‘rta o‘quv yurtlarining
etishmasligi va ish haqining darajasi pastligi tufayli ular etarlicha
rivojlanmagan. Iqtisodiyotni rivojlantirishning ekstensiv yo‘li mehnatga
layoqatli aholi umumiy vaqt byudjetini uning ijtimoiy xo‘jalikdagi ish
bilan bandligi foydasiga muntazam qayta taqsimlanishini taqozo etdi.
Aholi turmush faoliyatida professional mehnatning o‘rni ijtimoiy foydali
faoliyatning boshqa ijtimoiy muhim sohalari (o‘qish, uy xo‘jaligi va
boshq.) zarariga juda kattalashib ketdi. Aholining deyarli barcha ijtimoiy-
demografik guruhlari zimmasidagi haddan tashqari ortiqcha vazifa aholini
qayta tiklash asosiga putur etkazadi, kadrlar professional tuzilmasini sifatli
o‘zgartirishni sekinlashtiradi, chunki mehnatga kam haq to‘lanadigan
sharoitda aholining mehnatga bo‘lgan ehtiyoji mavjud tarmoq va
professional tuzilmani barqarorlashtiradi.
Turmush
darajasining pasayishi
aholini qo‘shimcha mabla
g‘manbalarini izlashga undaydi. Aholining yangidan-yangi kontingenti
(ayollar, pensionerlar va hatto bolalar)da ish joylariga ehtiyoj ortib boradi,
ikki yoki undan ortiqcha ishda ishlash o‘sib boradi. Ayni bir vaqtda turli
sabablarga ko‘ra xodimlarni ishlab turgan korxonalardan bo‘shatish hollari
faollashadi, ammo bu qoidaga ko‘ra, o‘z mehnatini intensifikatsiyalash
imkoniyati pasaygan, malakasi kam xodimlarga tegishli bo‘ladi. SHunga k
o‘ra yosh bolali ayollarga, mehnat faoliyatini boshlayotgan yoshlarga,
pensiya yoshiga yaqinlashib qolganlarga, shuningdek, mehnat layoqati
past bo‘lganlar (nogironlar, pensionerlar) va ijtimoiy maqomi beqaror b
o‘lganlarga (sobiq qamalganlar, mehnat intizomini buzganlar va shu
kabilarga) mehnat qilish huquqini amalga oshirishlari qiyin bo‘ladi. Ishlab
chiqarish kuchlarini joylashtirishdagi oldingi kamchiliklar natijasi sifatida
hududlar bo‘yicha ish bilan bandlik sohasida nomutanosiblik kuchayadi.
Taklif etilgan ko‘rsatkichlar tizimi ish bilan bandlikning eng muhim
xususiyatlariga uning samaradorligi nuqtai nazaridan yiriklashgan holda
makro darajada baho berishga imkon tug‘diradi. Bunday baho berishlar
faqat mavjud muammolarni aniqlash uchun emas, balki ish bilan bandlik
sohasidagi ortib borayotgan qonuniy tamoyillarni aniqlash uchun ham
muhimdir. Bundan tashqari, ko‘rsatkichlar mazmunining tasdiqlashicha,
ish bilan bandlik faqat iqtisodiy ahamiyatga ega bo‘lib qolmay, shu bilan
birga yaqqol ifodalangan ijtimoiy mazmunga ham egadir.
Do'stlaringiz bilan baham: