qilgan. 1939-yilda esa vokzal harakati to ‘xtatiladi.
1971-yilda binoni buzish bo‘yicha qaror chiqadi.
Lekin bu amalga
oshmaydi, chunki Jorj Pompidu prezident vaqtida ushbu vokzalni
muzeylashtirish taklifini kiritadi. 1978-yilda bino tarixiy yodgorlik
maqomiga erishadi. Pompidu vorisi Jiskar d ’Esten vokzalni rekon-
struksiya ishlariga bosh bo‘ladi va u muzeyga aylantiriladi. 1980-yil
ish boshlab, 1986-yilda
bu yerda muzey ochiladi, italiyalik m e’mor
Gae Aulenti tomonidan loyihalashtiriladi.
Muzey kolleksiyasi yirik fransuz rangtasviri va haykaltaroshligi,
1848 — 1914-yillariga tegishli kolleksiyalar asosini impressionistlar
va postimpressionistlar asarlaridan iborat. Kolleksiya amuvo uslubi-
dagi dekorativ san’at asarlari, fotolar va m e’morchilik
predmetlari
bilan boyitilgan.
M uzey ko‘rgazmasi 3 xil toifada joylashtirilgan, san’atning ham-
ma turlari (rangtasvir, haykaltaroshlik, m e’morchilik, mebel, kino
foto, musiqa, operaning badiiy bezak berilishi va b.) xronologik tar-
tibda namoyish etilgan.
Orse muzeyi, shu bilan birga, Luvr muzeyi
va Jorj Pompidu Markazi zamonaviy san’at muzeyi kolleksiyalari
bilan to ‘ldirildi. Orse muzeyi spektakl va konsertlar o ‘tkazish joyi
hamdir.
Shu bilan birga, bu yerda har yili kinoning kelib chiqishiga
bag‘ishlangan festival bo‘lib o ‘tadi54.
Pompidu markazi
Jorj Pompidu (fr. Centre national d ’art et de culture Georges-Pom-
pidou) nomidagi san’at va madaniyat milliy markazi, oddiy nom bi
lan Jorj Pompidu markazi (fr. Centre Georges-Pompidou) 1977-yilda
ochilgan va Fransiya prezidenti Jorj Pompidu nomi bilan bog‘liq.
Markazning asosiy faoliyatiga plastikani o ‘rganish va zamonaviy
san’atni, XX asr san’atini turli xil ko‘rinishini (tasviriy san’at, raqs,
musiqa va b.) qoMlab-quvvatlash kiradi.
Markaz Luvr va Eyfel minorasidan so‘ng uchinchi o ‘rindagi Fransiya
madaniy merosiga kiradi. Pompidu Markazi Parijdagi zamonaviy san’at
muzeyini, katta kutubxonani, konsert va ko‘rgazma zallarini, tadqiqot in-
stitutini, akustika va musiqa koordinatsiyasini o ‘z ichiga oladi.
Pompidu Markazi oldidagi
umumiy maydonda rassomlar, sayyor
artistlar, musiqachilar va sirkchilar o ‘z mahoratlarini namoyon etadi-
lar. Pompidu Markazi o ‘ng tomonida kichik maydondan Stravinskiy
nomi bilan atalgan ekstravagant favvora o ‘rin olgan.
Zamonaviy qurilish binosi va Parijning
eng katta markazining
uzunligi 166 m, kengligi 60m va balandligi 42 m ga teng. Ushbu
yangi loyiha tanlov asosidagi 680 ta loyiha orasidan saralab, tanlab
olinib, Renso Peno va Richard Rodjerslar tomonidan amalga oshiril-
gan. M e’morlaming original g ‘oyasi barcha texnik konstruksiyalami
mujassamlaydi55.
Do'stlaringiz bilan baham: