1. Ijtimoiy pedagogika fanlari tizimidagi o’rni



Download 0,61 Mb.
Pdf ko'rish
Sana04.03.2022
Hajmi0,61 Mb.
#481762
Bog'liq
do\'sova mahfira(1)



1
O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O’RTA MAXSUS TA’LIM
VAZIRLIGI URGANCH DAVLAT UNIVERSITETI
PEDAGOGIKA FAKULTETI
“PEDAGOGIKA VA PSIXOLOGIYA” KAFEDRASI
«PEDAGOGIK TEXNOLOGIYA» FANIDAN
KURS ISHI
Mavzu: O'zbekistonda ijtimoiy pedagogikaning rivojlanish tarixi
Bajardi: «Pedagogika va psixologiya » yo’nalishi
2 - bosqich talabasi Do'sova Mahfira
Qabul qildi: _________________________
Urganch - 2022


2
Mundarija.
I.Kirish
3
II.Asosiy qism
1.Ijtimoiy pedagogika fanlari tizimidagi o’rni.
5
2.Hozirgi vaqtda ijtimoiy pеdagogika faniga zaruriyat va uning ahamiyati.
8
3.Ijtimoiy pedagogikaning dastlabki tarixi.
11
4.Avestoda ijtimoiylashuv jarayoning dastlabki korinishlari.
13
5.Sharq mutafakkirlarining ijtimoiy pedagogikaga oid ilmiy qarashlari.
18
6.Ijtimoiy pedagogikaning rivojlanish tarixi hamda metodologik yondashuvlar.22
Xulosa.
31
Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati.
33
Ilovalar.
35


3
I.Kirish.
Kurs ishini tayyorlash jarayonida O'zbekistondagi ta'lim tizimini
chuqur o'rganib chiqildi. Qonunchilik palatasi tomonidan 2020-yil
19-mayda qabul qilingan Senat tomonidan 2020-yil 7-avgustda
ma’qullangan Ta'lim to'g'risidagi qaror o'rganib chiqildi.Ushbu
Qonunning maqsadi ta’lim sohasidagi munosabatlarni tartibga
solishdan iborat.Yana ta'lim tizimini isloh etishniO'zbekistonning
2017-2021-chi yillarga mo'ljallangan Harakatlar strategiyasi
misolida ham ko'rishimiz mumkin.
Kurs ishining maqsadi:O'zbekistonda ijtimoiy pedagogikaning
rivojlanish tarixini o'rganish va tahlil qilish
Kurs ishining vazifalari:
-Ijtimoiy pedagogika fanlari tizimidagi o’rnini o'rganish.
-Hozirgi vaqtda ijtimoiy pеdagogika faniga zaruriyat va uning
ahamiyatini tahlil qilish.
-Mavzuga oid tarixiy, ilmiy-falsafiy, pedagogik - psixologik
manbalarni tahlil qilish va umumlashtirish.
-Ijtimoiy pedagogikaning dastlabki tarixini o'rganish.
-Avestoda ijtimoiylashuv jarayoning dastlabki korinishlarini
o'rganish.
-Sharq mutafakkirlarining ijtimoiy pedagogikaga oid ilmiy
qarashlarni tahlil qilish


4
-Ijtimoiy pedagogikaning rivojlanish tarixi hamda metodologik
yondashuvlarni o’rganish.
Kurs ishining tuzilishi: Kurs ishi kirish, asosiy qism, 6 reja, xulosa
va adabiyotlar ro’yxatidan iborat.


5
1.Ijtimoiy pedagogika fanlari tizimidagi o’rni.Ijtimoiy
pedagogikagarchi u avvaldan yurtimizda pedagogik bilim sohasi va
fan sifatida mavjud bolgan bolsa ham, Ozbekiston uchun yangi
xodisa va tushunchadir. Uning mustaqil fanga aylanganligi va
amaliy tajribalari tizimlashtirilmaganligining sabablari Ozbekiston
tarixiy rivojlanishining murakkabliklari va qarama-qarshiliklari bilan
izohlanadi. Ijtimoiy pedagogikaga salbiy tasir korsatgan
hodisalarga XX asrning 30 yillarida boshlangan ijtimoiy tarbiyaning
diskreditatsiyalashuvi milliy olimlar va pedagoglarni xorij tajribasi
va chet ellik hamkasblaridan ajratgan temir pardaning tushirilishi,
umuminsoniy qadriyatlarni sinfiy qadriyatlarga almashtirilishi,
ijtimoiy muammolar haqida jim turish siyosati, rahmdillik,
mehr-muruvvat ananalarining yoq qilinishi kiradi.
Yurtimizning iqtisodiy, siyosiy, ma'naviy, ijtimoiy hayotida islohotlar
izchil amalga oshirilmoqda.
Hayot, bozor iqtisodiyotiga o`tish, isloqotlar jarayonida ya'ni
jamiyat a'zolarining, fuqarolarning ongida qanday o`zgarishlar ro`y
bermoqda, fuqarolik jamiyati qayotini farovon barpo etishni kim
qanchalik anglab yetmoqda. Bu yo`lda o`z yo`lini topayaptilaru,
kimlar adashmoqda, jamiyat insonlarga qanchalik va qanday ta'sir
o`tkazmoqda hamda qolaversa, insonlar jamiyatga qanday ta'sir
ko`rsatmoqda.
Muhtojlarga ijtimoiy-pedagogik yordamni amalga oshirish,
jamiyatda insoniylik, fuqarolarning haq-huquqlarini amalga


6
oshirishga asoslangan yangi demokratik qadriyatlar paydo bolgani
bilan ham izohlanadi. Bu masalaning ahamiyatliligi davlatimizning
boshqaruv tizimlari tomonidan mustaqillikning ilk kunlaridanoq
anglangan. Quyidagilar bundan dalolat beradi:
kuchli ijtimoiy siyosatni respublika taraqqiyotining ustuvor
yonalishi sifatida elon qilinishi;
aholining kam ta’minlangan qatlamlarini himoya qilish yuzasidan
bir qator qonun va farmonlarning qabul qilinishi;
sobiq ijtimoiy himoya muassasalarining moddiy texnik bazasining
yaxshilanishi va yangilarining ta’sis etilishi;
“Kadrlar tayyorlash milliy dasturi ning har tomonlama barkamol
shaxsni shakllantirishga qaratilgan ijtimoiy pedagogik choralari
majmuasi sifatida joriy qilinishi.
O’zbekiston fuqarolari hayotida ijtimoiy barqarorlikni ta’minlash
masalasi prezident I.Karimov asarlari va chiqishlarida ham muhim
o’rin tutmoqda. Ularda insoniylik, mehribonlik o’zbek xalqining
ajralmas xususiyati ekanligi ta’kidlanadi va ijtimoiy xarakterdagi
ko’pgina muammolar- sog’liqni saqlashni, maktab va
shifoxonalarning moddiy-texnik bazasini yaxshilash, yashash va
sport majmualarini qurish, ko’p bolali oilalarga yordam berish
muhokama qilinadi.
Yurtimiz mustaqillikka erishgach, o`zining mustaqil taraqqiyot
yo`lini belgilab oldi. Bu yo`l jamiyatimizning kelajagini o`z qo`llariga


7
oluvchi - yoshlarga beriladigan ta'lim-tarbiya asosida belgilandi.
Shu nuqtai nazardan 1997 yili 29 avgustda Kadrlar tayyorlash milliy
dasturi va Ta'lim to`g`risida”gi qonun qabul qilinib, unda kadrlar
tayyorlashning milliy modeli yaratildi. Mazkur modelda ShAXS
bosh va markaziy o`rinni egallab, modelning qolgan qismlari shaxs
manfaatlari uchun xizmat qiladi. Ayniqsa uzluksiz ta'lim tizimi
individ dunyoga kelgandan boshlab to maktabdan tashqari ta'lim
muassasalaridagi masofani qamrab oladi.
Ta'lim-tarbiya muassalari o`z vazifalarini amalga oshiraverishi
mumkin, ammo hayot qarama-qarshilik va ziddiyatlardan iborat.
Yoshlar, qolaversa jamiyatning barcha a'zolari ushbu ziddiyatlarni
yengib, ulardan to`g`ri xulosa chiqara oladilarmi! Demak,
ta'lim-tarbiya muassasalaridan tashqari tarbiyaviy ta'sirlar, ya'ni
kundalikli ijtimoiy voqeliklarning shaxsga ko`rsatayotgan ta'siri,
ularni ijtimoiy pedagogik, ilmiy, nazariy va amaliy o`rganish,
pedagogikada shu kunga qadar yetarlicha e'tibor berilmagan
ijtimoiy pedagogikaga zaruratni vujudga keltirmoqda. Kursning
nomidan ham ko`rinib turganidek, ijtimoiy qayotning turli jabqalari
shaxsga, ayniqsa yoshlarga, albatta o`z ta'sirini ko`rsatadi. Bunga
misol tariqasida quyidagilarni keltirishimiz mumkin:
SHAXS
-Ommaviy axborot vositalari
-Iqtisodiyot


8
-Ko`cha-kuy, mahalladagi voqe'liklar
-Ota-ona, yoshi kichik va kattalar orasidagi munosbatlar
-Ishlab chiqarish jarayoni
-Ilm-fanning turli sohalari.
2.Hozirgi vaqtda ijtimoiy pеdagogika faniga zaruriyat va uning
ahamiyati.Bugungi kunda ijtimoiy pedagogikaga qiziqish jamiyat
taraqqiyotining ehtiyojlari va davlatning ijtimoiy buyurtmasi
asosida paydo boldi.
Hozirda respublika siyosiy, iqtisodiy, talim va marifiy-madaniy
islohotlarni boshdan kechirmoqda. Ijtimoiy tuzilmalarni
insonparvarlashtirishning yangi tamoyillari, bozor iqtisodiyoti
munosabati qonunlari, mafkuraviy va axloqiy tamoyillarning
ozgarishi ishsizlik, moddiy yetishmovchilik, bolalarning
nazoratsizligi, oilalarning ajralib ketishi, gayri ijtimoiy
xodisalar-alkogolizm, narkomaniya, jinoyatchilik, fohishalik kabi
ijtimoiy muammolarni keskinlashuviga sabab bolmoqda. Bu
holatda birinchi navbatda bolalar, songra esa kattalar ijtimoiy
yordamga muxtojdirlar. Bunday sharoitlarda jamiyatning ijtimoiy
muammolariga bogliq bolgan pedagogik masalalarni hal qiluvchi,
uning ijtimoiylashuvi jarayonida shaxsga yordam beruvchi
mutaxassis sifatida ijtimoiy pedagogga talab paydo boladi.
Ijtimoiy pedagogikaning zarurligini quyidagi holatlar talab
etayotgan edi:


9
Birinchidan, Bugungi kunda ta'lim va tarbiya maqsadi bilan uning
ba'zi natijalari o`rtasidagi qarama-qarshilik sabablarini aniqlash
va ularni bartaraf etish yo`llarini aniqlash zarurligi talab
etilmoqda. Ushbu talab pedagogika olamiga jamiyatdagi
munosabatlar bilan shug`ullanuvchi sotsiologiyani olib kirish
zaruriyatini uyg`otdi. Chunki ongli xususiyatga ega bo`lgan
inson faoliyati, sotsiologiya fanining o`ziga xos obyektini
tashkil etadi. Har bir shaxsning jamiyatdagi o`z o`rnini, o`zligini
anglashi, hayotiy-axloqiy me'yorlarni o`zida mujassam etishi
jamiyatda shu ma'naviy-axloqiy sifatlarni namoyon etib, ijtimoiy
hayotimiz, zamonamiz bilan hamnafas yoshlarni tarbiyalashda
Pedagogika va sotsiologiya fanlarining hamkorligi alohida
ahamiyat kasb etadi. Vaholanki ta'lim-tarbiyaning o`zi ijtimoiy
hodisa va pedagogik jarayondir.
Ikkinchidan, ba'zi jamiyat a'zolarining ongidagi ma'naviy
bo`shliqning ijtimoiy kelib chiqishi sababalrini aniqlash, ularni
hal qilish mexanizmini yaratish kabi yangi muammolarning
yechimini topish uchun pedagogik va sotsiologik
tushunchalarning tutashligiga asoslangan yangi metodologiyani
talab etmoqda. Inson shaxsini shakllantirishda undagi tabiiy
(irsiy) va ijtimoiy xususiyatlarini, uning oliy nerv faoliyati
imkoniyatlarini hisobga olib yondashmoq lozim. Inson
organizmining biologik va subyektiv (shaxsiy tomonlari) asosida
o`z-o`zini tarbiyaga olish, sharoitga moslashish, ma'lum
obyektga yo`naltirish qonunlarini bilish asosida uning tarbiyasini


10
tashkil etish lozim. Shaxs shakllanishi jarayonida ichki va tashqi
ta'sir imkoniyatlari o`zaro omuxta qilish, tarbiya jarayonini
yoshlar faoliyatining xususiyatlari, qzini anglash kabi muhim
xususiyatlari asosida shaxsning erkinligi va g`ururini paymol
qilmasdan, demokratik, insonparvarlik va milliy tamoyillarga
tayanib, ularda ma'naviy-axloqiy fazilatlarni shakllantirish davr
talabidir. Jamiyatga insonlar ongini, tafakkurini ijobiy tomonga
o`zgartirish ijtimoiy- ma'rifiy jarayonlar bilan bog`liq bo`lib. Uni
ilmiy jihatdan o`rganish muhimdir. Pedagogika va
sotsiologiyaning tutashganligi tufayli yuzaga kelgan
muammolar o`zbekistonlik olimlarning diqqat e'tiborini ham
o`ziga tortmoqda.
Uchinchidan, bozor iqtisodiyoti sharoitida ijtimoiy
munosabatlar va bunda davlatning roli, axborotlar,
ustoz-shogird munosabatlari, kadrlar muammolari, yoshlarning
ma'naviyatida ro`y berayotgan zaiflikning sabablari, ularni
aniqlash, tekshirish, hal etish, ijtimoiy faollik kasbiy mahorat,
shuningdek mustaqil O`zbekistonda kechayotgan ma'naviy va
mafkuraviy islohatlarni, umuman, jamiyatni «pedagog so`zi»
bilan qrganish ijtimoiy pedagogikaning muammolaridan bo`lib
hisoblanadi. Eng asosiysi, ijtimoiy hayotda shunday holatlar
uchraydiki, bunda bolalar o`smirlar, tarbiyachilar bunday og`ir
vaziyatda o`zlariga ruhan malham bo`ladigan sotsial
pedagogning yordamiga muhtoj bo`ladi. Demak, bugungi
jamiyatimiz asoslariga sotsial psixolog bilan bir qatorda ijtimoiy


11
pedagogga bo`lgan ehtiyoji ham sezilmoqda.
Hayotdan umid uzgan, o`ziga ishonmaydigan, hayotiy
muammolarni mustaqil hal eta olmaydigan shaxslar insoniy
yordam, tushunish, uning qayg`usiga sherik bqlishlarini
kutadilar. O`z so`zi va faoliyati bilan shu kabi shaxslarda
o`ziga ishonch uyg`otish, o`z imkoniyatlarini anglab yetishlariga
yordam berish sotsial pedagogning asosiy vazifasidir. Ijtimoiy
hayotimizdagi voqelikning insonlarga bo`lgan ta'siri ularning
ongida yuz berayotgan jarayonlar haqida bahs yuritadigan
mazkur fan yo`nalishi bugungi kunda ijtimoiy buyurtma
sifatida vujudga kelmoqda.
3.Ijtimoiy pedagogikaning dastlabki tarixi.Ijtimoiy pedagogika
nazariyasi va amaliyoti xalqning tarixiy-madaniy va etnik ananalari,
davlatning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishiga bog`liq holda rivojlanadi
va xalqning inson va insoniy qadriyatlar haqidagi qarashlariga
tayanadi. Insoniyat rivojlanishining turli bosqichlarida va barcha
jamiyatlarda ham o`zini to`laqonli boshqarishga imkoni bo`lmagan
kishilarga, masalan, bolalar, qariyalar, kasallar, jismoniy yoki ruhiy
rivojlanishida cheklanishlari bo`lganlarga munosabat masalasiga
duch kelganlar. Bunday masalalar turli jamiyat va davlatlarda
turlicha hal etilgan, yani, ojiz va qarovsiz qolganlarni jismoniy yo`q
qilishdan tortib ularni jamiyatga to`liq integratsiyasigacha yo`llar
tutilgan.
O`zbеkistonda qadimdan bunday kishilarga nisbatan


12
insonparvarlik yo`li tutilib, ularga doimo rahm ko`rsatib kelingan,
ayniqsa, islom dini kirib kelganidan keyin rahmdillik va
xayr-saxovatga e’tibor kuchaygan. Muhtojlarga doimiy yordam
ko`rsatib kelingan.
Аjdоdlаr tаjribаsini o’rgаnish zаmоnаviy pеdаgоgikа fаnining
аsоsiy vаzifаlаridаn biridir. Birоq tаrbiyaning milliy хususiyatlаrigа
murоjааt qilish mаdаniy jihаtdаn o’z qоbig’igа o’rаlib
qоlmаslishgа оlib kеlmаsligi kеrаk. Zаmоnаviy pеdаgоgikа
fаnining mаqsаdi milliy хususiyatlаr аsоsidа fаnning zаmоnаviy
muаmmоlаrini еchishgа yordаm bеruvchi, uning rivоjigа o’z
hissаsini qo’shuvchi kuchlаrni tоpishdаn ibоrаt bo’lmоg’i lоzim.
Hоzirdа dunyoning turli dаvlаtlаridа хаlqlаrning mаdаniy
хususiyatlаrigа kаttа e’tibоr bеrilishi mаvjud mаdаniy yutuqlаrning
hоzirgi zаmоn tаlаblаrigа jаvоb bеrishi, mа’lum muаmmоlаrni hаl
qilish uchun ulаrdаn fоydаlаnish mаsаlаsining kеskinligini
tushirmаydi. O’sib kеlаyotgаn аvlоdni hаyotgа tаyyorlаshning ko’p
аsrlik tаjribаsi yordаmidа yoshlаrning zаmоnаviy bоzоr iqtisоdiyoti
munоsаbаtlаrigа аsоslаngаn dеmоkrаtik jаmiyatgа tаyyorlаsh
mumkinmi, dеgаn mаsаlаdа qizg’in bаhs munоzаrа bоrаdi.
Qаndаy qilib хаlqning o’z milliy qiyofаsi, mаdаniy хususiyatlаrini
tiklаmаsdаn bugunning muаmmоlаrini еchsа bo’lаdi? Shubhаsiz,
mоziy tаjribаsidа, хаlq pеdаgоgikаsidа tа’lim vа tаrbiya
jаrаyonlаridа qo’llаsh mumkin bo’lgаn ko’p nаrsа bоr. Хаlq
pеdаgоgikаsi shахsgа ijtimоiy хususiyatlаrni pаydо qilish uchun


13
lоzim bo’lgаn pеdаgоgik bilim, ko’nikmа vа mаlаkаlаr,
tа’lim-tаrbiya bеrish yo’llаri, vоsitаlаrining mаjmuаsi hisоblаnаdi.
4.Avestoda ijtimoiylashuv jarayoning dastlabki ko’rinishlari.
«Аvestо» vа аdаbiy mаnbаlаrdа ijtimоiy-pedаgоgik g‘оyalаr.
Ijtimoiy pedagogika fan sifatida respublikamiz mustaqillikni qolga
kiritgandan song oqitila boshlagan bolsa-da, ijtimoiy tarbiya,
ijtimoiy faoliyat- ijtimoiy ximoya korinishida qadimiy ildizlarga
ega. Ilk diniy-falsafiy (Avesto) va adabiy (Alpomish, Gorogli)
manbalarda biz insonning ijtimoiy kelib chiqishi nuqtai nazaridan
pedagogik qarashlarning aks etishini koramiz. Keyinchalik VI-VII
asrlarda Markaziy Osiyo hududida islom dinining tarqalishi yangi
manaviy, axloqiy qadriyatlarni olib keldi va ular mintaqada oila va
jamiyat tarbiyasi tizimiga tasir korsatdi. Markaziy Osiyoning arab
halifaligi tarkibiga kirishi madaniy almashuv, fikr va qarashlarning
erkin kurashi, ozaro munosabatlarning shakllanishiga olib keldi.
Moddiy barqarorlik va ishlab chiqarish hamda savdo rivoji
ehtiyojlariga asoslangan yangi ijtimoiy-iqtisodiy holat manaviy va
madaniy hayotning yuksalishiga, dunyoviy ilm va fanlarning
gullab-yashnashiga, fors, arab, qadimgi yunon madaniyati
yutuqlarini ozlashtirishga yordam berdi.
Avesto va jamiyatning ijtimoiy hayoti Eramizdan oldingi
minginchi yillarning o`talarida eng qadimgi ajdodlarimiz tomonidan
qahramonlik mazmunidagi juda ko`p afsonalar, rivoyatlar aytilgan
bo`lib, ular zardushtiylik dinining muqaddas kitobi «Avesto»ga


14
kiritilgan.
Ma'lumotlarga ko`ra, «Avesto» eramizdan avvalgi VII asrning oxiri
va VI asrning boshlarida yaratilgan bqlib, to`liq kitob holida
eramizdan avvalgi I asrda shakllangan.
«Avesto»ni qadimgi davrlarda ajdodlarimizning tabiiy, ilmiy,
ma'rifiy fikrlari to`plangan dastlabki pedagogik asar deb hisoblash
mumkin. Shuningdek, tadqiqotchilar uning diniy xarakterdaligini
ta'kidlash bilan birga falsafa, siyosat, ta'lim-tarbiya adabiyot
masalalarini ham qamrab olgan asar sifatida ta'riflaydilar.
Manbalarda «Avesto»ning kitob holidagi matni eramizdan
oldin, 12 ming oshlangan mol terisiga oltin har flar bilan bitilgani
keltiriladi. Zardushtiylik ta'limoti aks etgan Zardushtning «Avesto»
kitobi bizgacha 2-nusxada yetib kelgan.
Birinchisi - duolar toplamidan iborat bo`lib, «Vendidat- sede»,
ya'ni «Pok Vendidat» deb ataladi. Bu kitobga «Yasna»lar,
«Vispered» ham kiritilib, yaxlit tarzda shakllangan.
Ikkinchisiga birinchisidagi kabi «Vendidat», «Yasna», «Vispered»lar
qatori ularning izohli tarjimasi «Zand» (sharx ma'nosida) kiritilgan.
Shuning uchun ham sharxli nusxasi «Avesta va Zend» yoki «Zend
Avesta» deb yuritiladi. Zardushtiylikda yaxshilik va yomonlik
tushunchalari orqali butun yaxshilik va yomonlik dunyosi
tushuniladi. Taqvodor chorvador odil, oqil va hurmatga sazovor
bo`lsa, katta podaga ega bo`ladi. Chorvadorlar nazdida


15
ko`chmanchilar dushman sanaladi. Chunki ular odamlarni talaydi,
molini haydab ketadi. Bular axloqsiz maxluqlarga
o`xshatiladi, ular azob-uqubatga loyiq, chunki ser hosil yaylovlarni
yakson etadilar, yaxshilik homiylariga hujum qiladilar. Demak,
bulardan kqrinib turibdiki, shaxsning axloqiy xislatlari birinchi
o`ringa qo`yiladi. Zardushtning asosiy yo`riqlaridan biri ham
Axuramazdaning ko`makchisi sifatida inson saxovatli bqlishi kerak,
degan aqidadir. Garchi zardushtiylikda diniy rasm-rusmlarga rioya
etish, Zardushtning barcha axloqiy yo`l-yo`riqlarini bajarish har bir
kishining muqaddas burchi deb qaralsa ham, ayni paytda dunyoviy
ishlar ham targ`ib etiladi.
«Avesto»ning katta qismi bo`lgan «Yasna»larda inson kamolini
ko`rsatuvchi axloq-odob mezoni ana shu uchlikda xumata
(gumata) - yaxshi fikr, xukta (gukta)-yaxshi so`z va Xvarsha
(Gvarshta)- yaxshi ishlarda ifodalanadi. «Men yaxshi fikr, yaxshi
sqz, yaxshi ishga shon-shavkat baxsh etaman. Men yaxshilikdan
iborat Mazda qonuniga shon-shavkat baxsh etaman» Zardusht
ta'limotida 15 yosh balog`at yoshi sanalgan. Usmir balog`at
yoshiga yetganda Zardusht qonunlari, axloqiy yo`riqlari o`rgatilgan.
Usmirlarning xudojo`y, mehnatkash, adolatli, uy-niyatlari, so`zlari,
ishlarida halollikka alohida e'tibor berilgan.Zardushtiylikning
axloqiy yo`riqlariga binoan insonning o`z burchini xis etishining eng
birinchi belgisi ma'naviy poklik hisoblangan.Bunda ayniqsa,
ayollarga, jumladan homilador ayollarga g`amxo`rlik qilish asosiy
insoniy burch hisoblangan. Tozalikka rioya qilish - insonning o`z


16
tozaligiga rioya qilishi, kanallar, ko`llar, suv havzalarining tozaligiga
alohida e'tibor berilgan.Fuqarolik jamiyatini shakllantirishda
rostgo`ylik, qaqiqat, demokratiya, o`z huquqini bilish va talab etish
doimo muqim ijtimoiy masalalarning biri bo`lib kelgan. Shu
manoda Avestodek nodir yodgorlik ayniqsa ijtimoiy-pedagogik
masalalarni tarixiy nuqtai nazardan yoritganligi bilan aloqida
aqamiyat kasb etadi.Yunon tarixchisi Gerodotning ta'kidlashicha
Markaziy Osiyoda qaqiqatga, tartibga siqinish zardushtiylik dini
shakllangunga qadar qam mavjud bo`lgan, haqiqatga sajda
qilish-do`stga bo`yin egish bu buyuk qonun hisoblangan. Bu
marosimlarda yigitlar qilichlar bilan qo`llaridan qon chiqazib,
do`stga sodiq qolish uchun qasamyod qilganlar. Shuningdek,
Avesto da jamiyat bir butun ijtimoiy tuzum sifatida tasvirlanadi.
Bunda davlat muassasalari bilan birga jamoat tashkilotlari
bahamjihat faoliyat ko`rsatishlari kerakligi ta'kidlanadi. Ijtimoiy
hayotda jamiyatni boshqarish masalasi alohida ahamiyat kasb
etadi. Jamiyatni boshqarish uchun Ilohiy Nizom va Odil Nizom
zarurligi aytilib, davlat mahkamalari va jamiyat tashkilotlaridagi
barcha yo`nalishlar shu Nizomlar doirasida faoliyat ko`rsatishlari
kerak bo`ladi.Ilohiy Nizom talablari Avesto ning Vendidod va Got
qismlarida bayon etilgan. Ilohiy Nizomga ko`ra odam faoliyatining
barcha yo`nalishlari ezgulik ruhi bilan sug`orilgan bo`lishi shart.
Podshoh va vazirlar muhim, davlat ahamiyatiga molik ishlar
bilan band bo`lganlar. Mahalliy o`z-o`zini boshqarish mahkamalari
samarali ishlashi uchun unga yordam berganlar, ammo ularning


17
ichki ishlariga xuda-behudaga aralashmaganlar. Bu hol mahalliy
mahkamalar va erkaklar uylari kabi (hozirgi choyxonalar) jamoat
muassasalari ma'suliyatini oshirishga imkon tug`dirgan. Har bir
odamning fe'l-atvori, hatti-harakati, butun faoliyati jamoatchilik
nazorati ostida bo`lib, ularning musbat va manfiy jihatlari
belgilashning aniq mezonlari bo`lgan.Atrof-muhit tozaligi va
jamoat joylari pokizaligini maxsus kishilar nazorat qilib borganlar.
Kimda kim tozalik va ozodalikka rioya qilmasalar, ularni avvalo
tartibga chaqirgan, qilgan ishlari uchun javobgarlikka tortilgan.
Daraxtning bir shoxini sindirgan ham, nopok ko`zani hovuzga
solgan ham 25 qamchi kaltak bilan jazolangan.Er xotinning bir-biri
bilan kelisha olmasligi, kelinning qaynonaga yoqmasligi, fitna,
bo`xton, chaqimchilik tufayli oilalarning buzilib ketishiga mahalla
ko`y va jamoatchilik sira yo`l qo`ymagan. Zonokorlik qattiq
qoralangan. Zinokor 14 ta ariqqa ko`prik solib berish bilan o`z
gunohlarini yuvishi mumkin bo`lgan. Har bir sog`lom inson diniy
talab va Nizomni bekamu-ko`st bajarish bilan birga ijtimoiy foydali
mehnat bilan shug`ullanishi shart bo`lgan. Gunoh ish qilganlar
jamoatchilik nafrati metodi bilan jazolangan.Avesto da shu kabi
ko`plab ijtimoiy pedagogik muammolar o`z ifodasini topgan.
Jamiyat manfaati yo`lida o`zidagi barcha bilim, qobiliyat va
iste'dodini baxshida etishga tayyor turgan yetuk insonlar,
uddaburon yoshlar, fidoiylar bo`lmasa,O`zbekistonni dunyodagi
eng ilg`or davlatlar safiga qo`shish qiyin kechadi. Yoshlarni
tarbiyalashda birinchi galda Sharq va G`arb mutafakkirlarining


18
ma'naviy va madaniy meroslari katta ahamiyat kasb etadi. Abu
Nasr Farobiy, Abu Rayxon Beruniy, Axmad Yassaviy, Bahouddin
Naqshband, Ismoil Al Buxoriy, Abu Abu Ibn Sino, Al-Xorazmiy,
Firdavsiy, Amir Temur, Navoiy va Bobur singari alloma va
mutafakkirlarimizning shuningdek G`arb allomalarining ham
ijtimoiy -siyosiy va falsafiy ta'limotlariga tayanib ish ko`rilsa tarbiya
ta'sirchanligi yanada samarali kechadi. Ular ijtimoiy hayotimizning
barcha jabhalariga doir o`z qarashlarini bildirib o`tganlar. Aynan
Ijtimoiy pedagogika degan atamani o`z ijodlariga foydalanmagan
bo`lsalarda, ijtimoiy hayotimizning, atrof-muhitning insonlarga,
ularning ma'naviy dunyosiga ta'sirini atroflicha yoritib berganlar.
5.O’rtа Оsiyo qоmusiy оlimlаrining ijtimоiy pеdаgоgik g’оyalаri.
Ijtimоiy pеdаgоgik g’оyalаr vа nаzаriyalаrning shаkllаnishidа shаrq
uyg’оnish dаvri оlimlаrining аsаrlаri bеqiyos o’ringа egа. Ulаr
fаоliyatining mоhiyati shuki, mаvjud bo’lgаn o’shа dаvrni
ijtimоiylаshtirish usullаri ilmiy аsаrlаrining аsоsigа
singdirilgаnidаdir. Еtuk оlimlаrning fаоliyat хаrаktеri - ilm bilаn
mаshg’ul bo’lishi ijtimоiy pеdаgоgik qаrаshlаrning mаzmunigа o’z
tа’sirini ko’rsаtdi. Buyuk оlim аl-Хоrаzmiy (783-850 y.)Ning аsаrlаri
yorqin didаktik хаrаktеrgа egаdir. U sаvоl-jаvоb mеtоdi оrqаli
bilimlаr qo’lgа kiritilishini, bu jаrаyondа shахs bоshqаlаr bilаn
munоsаbаtlаrgа kirishishini vа jаmiyatning fаоl а’zоsigа
аylаnishini tа’kidlаgаn.Аl-Хоrаzmiy, Fаrоbiy, Bеruniy, Ibn Sinо,


19
Ulug’bеk kаbi оlimlаr o’z ilmiy vа pеdаgоgik fаоliyatlаridа
rivоjlаntiruvchi, tаrbiyalоvchi vа tа’lim bеruvchi tа’sir kuchlаrini
o’sib kеlаyotgаn аvlоdgа qаrаtish g’оyasini tushunishgаn vа buni
tаdbiq etishgаn. Bu аvvаlаmbоr ulаr tа’limning mаqsаdi hаyotgа
tаyyorlаsh, ахlоqiy nоrmа vа qоidаlаr, kаsbiy mаlаkаlаr vа chuqur
bilimlаrgа egа bo’lishidа dеb bilgаnliklаridа nаmоyon bo’lgаn.
Buyuk qоmusiy оlim Аbu Rаyхоn Bеruniy (973-1050 y.) tа’lim
jаrаyonidа qo’llаnilаdigаn ilmiy usullаrni ishlаb chiqqаn. U
shuningdеk, tа’lim tаmоyillаrini hаm tаsniflаgаn. Uning pеdаgоgik
qаrаshlаrining ijtimоiy yo’nаltirilishi u ахlоqni ijtimоiy хususiyatlаr
vа hissiyotlаrning ifоdаsi sifаtidа tushungаnligidа o’z ifоdаsini
tоpgаn. Оlimning tаrbiya, shахsning shаkllаnishidа vа jаmiyatdаgi
аmаliy fаоliyat uchun ilm vа mеhnаtning аhаmiyati hаqidаgi
g’оyalаri hоzirgаchа muhimligini sаqlаb qоlgаn.Buyuq qоmusiy
оlim Аbu Аli ibn Sinо (980-1037 y) o’z dаvrining bаrchа bilim
sоhаlаrini qаmrаb оluvchi kаttа ilmiy mеrоs qоldirgаn. Uning
bаrchа аsаrlаridа pеdаgоgik qаrаshlаr mаvjud. Uning bilim, irоdа
vа insоnning rivоjlаnish jаrаyonidаgi mаqsаdgа intiluvchаnligi,
аtrоf- muhit tа’siri, ахlоqiy vа mеhnаt tаrbiyasi, muоmаlа sаn’аti,
bоlаlаrni jаmоаdа o’qitish hаqidаgi g’оyalаri muhim hisоblаnаdi.
Fоrоbiy, Bеruniy tа’lim muаmmоlаri boyichа fikrlаr bildirishgаn vа
insоnning jаmiyatgа sеrmаhsul хizmаt qilishi uchun o’z аqliy,
jismоniy, ахlоqiy, estеtik vа mеhnаt qоbiliyatlаridаn sаmаrаli
fоydаlаnish imkоnini bеruvchi tа’lim vаzifаsini аjrаtib ko’rsаtgаnlаr.
Tа’limning rivоjlаtiruvchi vаzifаsini аmаlgа оshirish mаqsаdidа


20
ulаr quyidаgi didаktik tаmоyillаrdаn fоydаlаnishni mаslаhаt
bеrgаnlаr:
аstа-sеkin tushunchаlаrning murаkkаblаshuvi;
аmаliyotni tаjribа bilаn bоg’lаsh;
qаbul qilа оlishlilik;
ko’rgаzmаlilik:
Ibn Sinоning fikrichа, ijtimоiylаshtirish ko’nikmаlаri jаmоа bo’lib
o’qitish shаklidа yaхshi shаkllаnаdi. Buning uchun u quyidаgilаrgа
аsоslаnishi lоzim:Tа’lim оluvchilаr, o’qituvchi vа o’quvchilаr
оrаsidа tаjribа, bilim, mа’nаviy vа ахlоqiy qаdriyatlаr аlmаshinuvini
tаshkil qilish.Musоbаqаlаshuv elеmеntidаn
fоydаlаnish.O’quvchining ijtimоiy ахlоqiy хususiyatlаrini-muоmаlа,
o’zаrо tushunish, o’zаrо yordаm, do’stlik hissini rivоjlаntirish.Buyuk
оlimlаrning pеdаgоgik qаrаshlаri vа fаоliyatlаrining ijtimоiy
pеdаgоgik yo’nаltirilgаnligi, ulаrning аvvаlаmbоr hаyotgа hаr
tоmоnlаmа tаyyorlаsh hisоblаngаn tа’lim mаqsаdini
shаrhlаshlаridа o’z ifоdаsini tоpgаn. SHахsning jаmiyatdа o’z
o’rnini bеlgilаb оlishini tа’minlаb bеruvchi eng muhim хususiyatlаr
dеb, ulаr mеhribоnlik, yaqinlаrgа yordаm, g’urur, vijdоn, yaхshi
niyatlilik, sаbrni bilishgаn. O’quvchilаrning hаr tоmоnlаmа
intеllеktuаl vа mеhnаt tаyyorgаrliklаrigа kаttа e’tibоr qаrаtib,
Fоrоbiy vа ibn Sinо yoshlаrning jаmiyatgа “kirish”lаrining eng
muhim оmillаri sifаtidа, fаоllik, mustаqil tаshаbbuskоrlik,


21
intiluvchаnlik, qiziquvchаnlik, ijоdiy qоbiliyatni ko’rsаtib
o’tishgаn.Fоrоbiy ijtimоiy tаrbiyadа o’qituvchigа yеtаkchi o’rin
аjrаtib, uning fаоliyatini - jаmiyatning kеlаjаgi ungа bоg’liq bo’lgаn
hukmdоr fаоliyatigа qiyoslаydi. Fоrоbiy hаm ibn Sinо kаbi ustоz vа
o’qituvchilаrning bilimlаrini hаyotgа tаdbiq etishlаrigа e’tibоr bеrish
lоzimligigа ishоrа qilgаn.Qоmusiy оlimlаr shахsiy nаmunаgа
nihоyatdа kаttа e’tibоr bеrishgаn hаmdа o’zlаri hаm intiluvchаnlik,
yuqоri ijtimоiy mаvqеgа erishgаnlik nаmunаsi bo’lib хizmаt
qilishgаn. Fоrоbiy nihоyatdа mеhnаtsеvаr, irоdаli, kаmtаr, sоddа
bo’lgаn vа dоim yordаmgа intilgаn. Fоrоbiyning o’quvchilаrning
individuаl psiхоlоgik vа аqliy хususiyatlаrigа mоs tushuvchi
tа’limning ustuvоrligi, kаsb tаnlаsh muhimligi hаqidаgi fikrlаri hоzir
hаm kаttа аhаmiyatgа egа. Tаrbiyaning ijtimоiy хаrаktеri hаqidаgi
g’оyalаr Аlishеr Nаvоiyning аdаbiy mеrоsidа nihоyatdа аniq
ifоdаsini tоpgаn. SHоirning pеdаgоgik qаrаshlаri insоnpаrvаr
хаrаktеrgа egа. Insоn egаllаshi lоzim bo’lgаn bаrchа bilim vа
kаsb-hunаrlаr u tоmоnidаn Vаtаn fоydаsi uchun qo’llаnilishi kеrаk.
XI-XII аsr Mаrkаziy Оsiyo mа’rifаtpаrvаr оlimlаri turli fаnlаr, shu
jumlаdаn pеdаgоgikаning rivоjigа kаttа hissа qo’shishdi. Yusuf
Хоs Hоjib, Burхоniddin Zаrnujiy vа Аhmаd Yugnаkiylаr bоlаlаr
jаmiyatdа o’z o’rnini tоpishidа bilim, оtа-оnа, оilаning o’rnini
аlоhidа аjrаtib ko’rsаtаdilаr. Ulаr tаrbiyaning аsоsiy mаqsаdi dеb,
kоmil insоnni tаrbiyalаsh, ungа еtishish vоsitаsi dеb esа
qаttiqqo’llik, dоimiy mеhnаtgа o’rgаtish dеb bilishgаn.
Zаrnujiyning “Tа’limdа o’quvchigа pаndlаr” kitоbi Yusuf Хоs


22
Hоjibning “Qutаdg’u bilig” аsаri Mаrkаziy Оsiyodа pеdаgоgikаdаn
birinchi kitоblаr hisоblаnаdi.O’rtа Оsiyo оlimlаri tоmоnidаn tаrbiya
vа tа’limning ijtimоiy o’rnini tushunishlаri shundа nаmоyon bo’ldiki,
ulаr ijtimоiylаshuvning mikrооmillаr-muhit, оilа, o’quvchilаr
guruhigа e’tibоr kаrаtgаnlаr vа оtа-оnаlаr, pеdаgоg vа o’quvchining
hаrаkаtlаrini mujаssаmlаshtirish kеrаkligini tа’kidlаgаnlаr.
Shundаy qilib, o’rtа аsr оlimlаri ijtimоiy pеdаgоgikа sоhаsidа kаttа
mеrоs qоldirgаnlаr. Ulаrning ilmiy pеdаgоgik аsаrlаri zаmоnаviy
ijtimоiy pеdаgоgikа ilmini rivоjlаntirish uchun muhim mаnbа
hisоblаnаdi.Аlishеr Nаvоiy, Fоrоbiy, Ibn Sinоlаrning fаlsаfiy vа
pеdаgоgik kоnsеptsiyalаri kеyingi dаvrlаrning еtаkchi tа’limоtlаrini
rivоjlаntirish uchun аsоs bo’lib хizmаt qilgаn.
6.Ijtimoiy pedagogikaning rivojlanish tarixi hamda metodologik
yondashuvlar. Ijtimoiy pedagogikani va ijtimoiy-pedagogik faoliyat
rivojining metodologik asoslari quyidagilar hisoblanadi:Bozor
munosabatlarini shakllantirish va jamiyatni demokratiyalashtirish
sharoitida davlatning kuchli ijtimoiy siyosati. Bu siyosatning asosiy
yonalishlari I.A.Karimov asarlarida va davlat dasturiy hujjatlarida
korsatilgan.Aholining eng kam taminlangan qatlamlarini ijtimoiy
himoya qilish choralari togrisidagi hukumat farmoyishlari, qonun,
farmonlarni hayotga tatbiq etish.Ozbekiston Respublikasining
ijtimoiy pedagogik konsepsiyasi. Ijtimoiy muammolarga nihoyatda
katta etibor qaratilishining sababi milliy davlatchilikni shakllantirish


23
jarayonidir. Bu davrda ayniqsa ijtimoiy muammolar nihoyatda
keskinlashadi, ijtimoiy qarama-qarshiliklarning yuzaga kelishi
milliy havfsizlikka tahdid omili bolib xizmat qilishi mumkin.
SHuning uchun vaqtida choralar qabul qilish nihoyatda
muhimdir.Iqtisodning liberallashuvi turli ijtimoiy qiyinchiliklarni
ilmsizlar sonini ortishi, turli tengsizliklar paydo bolishi, hayot
tarzining buzilishini keltirib chiqardi.SHuning uchun Ozbekiston
taraqqiyotining oz yoli, asoslanadigan yetakchi tamoyillaridan biri
kuchli ijtimoiy siyosat olib borish hisoblanadi. Bu siyosatning
maqsadi quyidagilardir:Bozor islohotlarining hamma bosqichlarida
aholining ijtimoiy himoyasini taminlash;Aholining turli qatlamlarini
paydo qilmaslik orqali ijtimoiy kelishuvni taminlash.Mustaqillik
yillarida korsatilgan maqsadlarga aholining ijtimoiy himoyasining
yangi mehanizmi shakllangan va u quyidagilarda namoyon boladi:
ishlab chiqarishni barqarorlashtirish;
davlat mablaglaridan tashqari, mehnat jamoalari, ijtimoiy va
mehribonlik fond va tashkilotlarining mablaglarini yonaltirish;
aholi daromadlarining yuqori tabaqalashuviga yol qoymaslik;
kambag'allikka qarshi kurashish, nogiron, yetim va qariyalarni
qollab-quvvatlashni kuchaytirish.Milliy mentalitet va hayot tarzining
xususiyatlarini inobatga olib, eng kam taminlangan oilalarni
aniqlash va ularga mahalla qomitalari orqali yordam korsatish kabi
ijtimoiy qollab-quvvatlash shakli tarqalmoqda. Bunday yondashuv
bizning xalqimizda kop asrli ildizlarga ega va amaliy ahamiyati esa


24
mablaglarning hayotda aniq tarqatilishini taminlaydi.Respublikada
olib borilayotgan ijtimoiy siyosatning huquqiy asosi bolib quyidagi
yonalishlarga doir hujjatlar xizmat qilmoqda:Xayriya-Ozbekiston
Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2000 yil 4 martdagi Soglom
avlod uchun xalqaro nohukumat xayriya fondining faoliyatini
taminlash choralari togrisidagi farmoni. Unda fondning asosiy
vazifalari belgilangan:
-mablag’larni Sog’lom avlod davlat dasturiga qaratish;
-oila va jamiyatda sog’lom hayot tarzini targ’ib qilish;
-xorij va milliy homiylarning xayriya yordami vosita va mablag’larini
jalb qilish;
-ko’p farzandli oilalar, nogiron bolalar, bolalar uylari
tarbiyalanuvchilariga insonparvarlik yordami ko’rsatish.
Mehr-muruvvatga oid O’zbekiston Respublikasi Vazirlar
Mahkamasining 2004 yil 27 yanvardagi Mehr-muruvvat
to’g’risida”gi farmoyishi. Uning maqsadi jamiyatda do’stlik,
bag’rikenglik, xalqlararo totuvlik fuqarolar, ayniqsa yoshlarning
yaxshi axloqiy hislatlarini rivojlantirishdir. Sog’lom avlod
tarbiyasiga oid O’zbekiston Respublikasining fuqarolar sog’ligini
saqlash to’g’risida”gi qonuni haqida aholining malakali tibbiy
yordam va ijtimoiy himoya olishdagi konstitutsiyaviy huquqlarni
amalga oshirishi, sog’liqni saqlash tizimini mamlakatda amalga
oshirilayotgan islohotlarga moslashtirish maqsadida quyidagi


25
farmon va farmoyishlar qabul qilindi. O’zbekiston Respublikasi
prezidentining 1998 yil 10 noyabrdagi O’zbekiston Respublikasida
sog’liqni saqlash tizimini isloh qilish davlat dasturi to’g’risida”gi
farmoni, Vazirlar Mahkamasining 1993 yil 3 dekabrdagi O’sib
kelayotgan avlodni sog’lomlashtirish muammolarini kompleks hal
qilish to’g’risida”gi farmoyishi, 2000 yil 15 fevraldagi Sog’lom avlod
davlat dasturi to’g’risida”gi, 2002 yil 31 oktyabrdagi O’zbekiston
bolalar sportini rivojlantirish fondi faoliyatini tashkil qilish
to’g’risida”gi, 2002 yil 25 yanvardagi Ayollar va o’sib kelayotgan
avlodning sog’ligini mustahkamlash to’g’risida”gi farmoni.
Ayollarning ijtimoiy himoyasiga oid O’zbekiston Respublikasi Oliy
Majlisining Ayollarga qo’shimcha imtiyozlar to’g’risida”gi 1989 yil
14 apreldagi qonuni, O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 1989
yil 17 martdagi Ayollarning maxsus himoyasini kuchaytirish
to’g’risida”gi farmoni, Vazirlar Mahkamasining 1999 yil 17 martdagi
Zararli va sharoiti og’ir ishlarda band ayollarning daromadlariga
soliq solinayotganidagi imtiyozlar to’g’risida”gi farmoni.Oilani
qo’llab-quvvatlashga oid O’zbekiston Respublikasi prezidentining
1994 yil 16 iyundagi Ko’p bolali oilalarga ijtimoiy yordam tizimini
mukammallashtirish to’g’risida”gi farmoni, Vazirlar
Mahkamasining 1986 yil 10 dekabrdagi Ko’p bolali oilalarga
yordam ko’rsatish to’g’risida”gi farmoyishi. Voyaga yetmagan
bolali oilalarga nafaqa to’lash to’g’risida”gi Nizomida bu
nafaqalarni olish huquqiga quyidagilar ega:
-nogiron bolali oilalar; -ota-onasi yo’q bo’lgan va bolalarning


26
tarbiyasi bilan qarindoshlari shug’ullanuvchi oilalar; -ota-onadan biri
yoki ikkalasi ham nogiron bo’lgan oilalar; -ota-onadan biri yoki
ikkalasi ham ishsiz bo’lsa.Nogironlarga yordam berishga oid 1991
yil 18 noyabrdagi O’zbekiston Respublikasida nogironlarning
ijtimoiy himoyasi to’g’risida, Vazirlar Mahkamasining YOshligidan
nogiron bo’lganlarga, qariyalarga va mehnat qilishga layoqatsiz
shaxslarga nafaqa to’lash to’g’risida”gi 1994 yil 24 iyundagi
319

farmoyishi. Ularda nazarda tutilgan choralar nogironlar uchun
individual rivojlanishlari, ularning ta’limlari va ishlab chiqarishda
qatnashishlari, sog’liqni saqlash dasturini amalga oshirishga
qaratilgan.Aholining kam ta’minlangan qatlamlarini himoyalashga
oid O’zbekiston Respublikasining aholining kam ta’minlangan
oilalarini himoyasi to’g’risidagi farmon, farmoyishlari. SHuningdek,
ijtimoiy himoyaga muhtoj aholini ishga joylashtirishda ish
o’rinlarining minimal soni o’rnatiladi.
Mahallaning ijtimoiy maqomini mustahkamlashga oid Mahalla
qo’mitalariga fuqarolarni o’z-o’zini boshqarish organiga aylanishi
munosabati bilan 1999 yil 14 apreldagi Fuqarolarni o’z-o’zini
boshqarish organlari to’g’risida”gi Qonun, shuningdek 1999 yil 13
yanvardagi Aholining ijtimoiy qo’llab-quvvatlanishini ta’minlashda
o’z-o’zini boshqarish organlari rolini oshirish to’g’risida”gi farmon
qabul qilindi. Ular shahar, qishloq, mahalla oqsoqollari
yig’ilishlarining vakolatlarini belgilab berishadi. Ulardan asosiylari
davlatning oilalarni ijtimoiy ta’minlash uchun ajratilgan
mablag’larini to’g’ri taqsimlash, ayollar manfaatlarini himoya qilish,


27
oilada ma’naviy-axloqiy muhitni shakllantirish, ijtimoiy tartibni
ta’minlashda ishtirok etish, huquqbuzarliklarning oldini olish,
voyaga yetmaganlarning huquqlarini himoya qilish, aholi
markazlarining tozalik va ekologik holatini nazorat qilish.
Zamonaviy sharoitlarda ijtimoiy siyosatni o’tkazish hayotning
barcha sohalarini ijtimoiylashtiruv ijtimoiy ishlarning aniq
belgilangan yangi shakllarini joriy qilish zarurligini tug’diradi. Bu
borada quyidagi ishlar amalga oshirildi:
1) 1996 yil 23 fevralda Vazirlar Mahkamasining Ozbekistonda
tibbiy- ijtimoiy patronaj tizimini tuzish haqidagi buyrugi chiqdi.
Unda Soglom avlod fondining taklifi bilan viloyatlar, Toshkent
shahri, Qoraqalpogiston Respublikasida 15 ta tez tibbiy yordam
guruhilarini tuzilishiga mablag ajratildi. Bu buyruq tibbiy- ijtimoiy
yordam kochma guruhlarini mutaxassislar bilan taminlash
vazifasini amalga oshirishga qaratilgan. Unda shuningdek tibbiy-
ijtimoiy patronaj ishchilarini tayyorlash tashkiloti zarurligi ham
aytilgan. Ozbekiston Respublikasi mehnat vazirligiga bir oy muddat
ichida kasb-hunarlarni tasniflash Respublika markaziga yangi
kasb-tibbiy- ijtimoiy ishchi kasbini kiritish vazifasi yuklatildi. Tibbiy-
ijtimoiy patronaj funksiyalari tarkibiga quyidagilar kiradi:
Tibbiy- ijtimoiy patronaj ijtimoiy sohada faoliyat yurituvchi turli
tashkilot, muassasalar intilishlarini birlashtiradi.Tibbiy- ijtimoiy
patronaj oz faoliyatida Ozbekistonda yashovchi xalqlarning asriy
ananalariga, fan yutuqlariga asoslanadi va Ozbekistonda


28
yuritilayotgan samarali ijtimoiy siyosatni har bir oilaga yetkazishga
majburdir.Tibbiy- ijtimoiy patronaj har bir oilaning tibbiy ijtimoiy
holati monitoringini otkazadi.Tibbiy- ijtimoiy patronaj maqsadlari
quyidagilardan iborat:Sogliqni saqlash vazirligi, Aholini ijtimoiy
taminoti vazirligi va Soglom avlod uchun fondi korsatkichlari
yordamida mahalliy organlar bilan yaqin aloqada bolib yashashning
tozalik gigiyenik sharoitlarini, oilaning psixologik iqlimini, uning
azolarining sogligi holatini aniqlash tibbiy, ijtimoiy va psixologik
yordamga muhtoj ayollar va bolalarni oz vaqtida aniqlash; oilada
soglom turmush tarzining shakllanishi.korsatilgan maqsadlarga
muvofiq tibbiy ijtimoiy patronajga quyidagilar yuklatiladi:-oilalarga
tibbiy, ijtimoiy va huquqiy yordam korsatish;-ayol va bolalarni
soglomlashtirishda yordam korsatish, oilani rivojlantirish boyicha
keng tushuntirish ishlarini olib borish.
2) 1998 yil 1 aprelda Vazirlar Mahkamasining Ona va bola skiringi
dasturini tasdiqlash togrisidagi farmoyishi chiqdi. Bu dastur
homilador ayollarda nogiron bolalarning tugilishini oldini olish
uchun tugma va boshqa patalogiyasini aniqlashga qaratilgan. Bu
farmoyishga binoan Ona va bola skiringi dasturini
qollab-quvvatlash masuliyati Soglom avlod uchun, Mahalla fondi,
Ozbekiston Respublikasi xotin-qizlar qomitasiga yuklatildi.
1998-2001 yillar orasidagi davrda Soglom avlod uchun fondining
Villak (Finlandiya) va Bristol Monteds Skvibb (AQSH) kompaniyalari
bilan tuzilgan shartnomalariga muvofiq skrining markazlari
agrotexnika va boshqa texnik jihozlari bilan taminlandilar.


29
3) 1997 yil 31 dekabrda Vazirlar Mahkamasining SOS-Ozbekiston
bolalar qishloqlari assotsiatsiyasini tasis etish togrisidagi
farmoyishi chop etildi. Bu assosatsiatsiya bolalar qishloqlarini
tashkil qilish jamiyati - SOS-Kinderford xalqaro jamiyati (Avstriya)
tomonidan tasis etildi.Assosatsiatsiya faoliyatining asosiy maqsad
va yonalishlari quyidagilardan iborat:
-jamoatchilik va davlat tuzilmalarining yetim bolalarning jismoniy,
aqliy va axloqiy jihatdan rivojlantirish uchun qulay sharoitlar
yaratishdagi harakatlarini tartibga solish;
-yetim bolalarga yordam berishga qaratilgan loyiha va dasturlarni
amalga oshirishda moliyaviy yordam berish;
-falokatga uchragan barcha bolalarga yordam korsatish;
-Ozbekiston Respublikasida SOS-Ozbekiston bolalar qishloqlarini
tashkil qilish va ularni jihozlar bilan taminlash;
-SOS-Kinderford interneyshnl bilan hamkorlik qilish;
-Assotsiatsiya faoliyatiga davlat, jamoat va xususiy xususiyatlarni
jalb qiladimi;
-yetim bolalar uchun insonparvarlik dasturlarini tarqatish va
qollab-quvvatlash uchun OAVlari bilan hamkorlik qilish, korgazma,
seminarlar otkazish, axborot materiallarini chop etish.Yuqorida
keltirilgan hujjatlardan korinib turibdiki, ijtimoiy muammolarga
alohida etibor 1996 yildan qaratilgan. Bir yil avval 1995 yil


30
Ozbekistonda shaxsni shakllantirishning ijtimoiy pedagogik
konsepsiyasi ishlab chiqildi. Uning tuzilishi Kadrlar tayyorlash milliy
dasturi, talim tizimini togri isloh qilish bilan izohlanadi.
Konsepsiyaning asosiy qoidalari:
madaniy-axloqiy tarbiyaning ta’limdan ustuvorligi;
insonda ijtimoiy faollik, o’z-o’zini boshqarish ko’nikmalari,
muomala va axloq madaniyati, yuqori intizomga ega demokratik
jamiyat fuqarosini tarbiyalash;
ijtimoiy faol shaxsni jamiyat ishlab chiqarishning asosiy sharti
sifatida shakllantirish har bir fuqaro hayotining ijtimoiy-siyosiy,
ma’naviy sohalarida ishtirok etishi;
shaxsni ijtimoiylashtirish vositalari sifatida demokratiyalashtirish,
insonparvarlik tamoyillarini amalga oshirish;
Talimni demokratiyalashtirish-faollik va tashabbusni, hamkorlik,
birlik vositalarini rivojlantirishni nazarda tutsa insoniylashtirish-
yosh avlodni milliy, ijtimoiy-madaniy qadriyatlar orqali
umuminsoniy manaviy qadriyatlarga, inson huquqlarini
taminlashga konikishlari demakdir.Bu konsepsiya boy tarixiy,
madaniy, manaviy, pedagogik, ijtimoiy ananalar bilan birgalikda
ijtimoiy-pedagogika fanining amaliy faoliyat sohasi sifatidagi
rivojida poydevor bolishi mumkin.


31
XULOSA
Kursh ishiga xulosa qilib shuni takidlashimiz mumkinki
O'zbekistonda ijtimoiy pedogokika fanining rivojlanish taarixi
bundan 200 ming yil oldinga borib taqaladi. Faqat unda bu fan
pedagogikaning tarkibida bo‘lgan. Pedagogik sotsiologiya fanniing
ilk ko‘rtaklari Yevropa va Osiyoda yozilgan. Bu fan asosan 820-829
yillardan boshlab rivojlangan, albatta fan bo‘lib emas. xozirda
ped.sotsiologiya fan sifatida kiritilgan. Pedagogik sotsiologiya
sotsiologiya fanining tarmogi sifatida. Har bir fan aniq bir
haqiqatdan “o‘sib chikadi”, uning aksini ifodalaydi. Ilmiy bilimlar
amaliy faoliyatidan uzilgan xolda rivojlana olmaydi. Aynan amaliyot
istalgan fanning manbayi hisoblanadi. Boshqa tomondan, barcha
amaliy faoliyat ham agar ilm fan yutuqlariga asoslangan bo‘lsa
yanada samarali bo‘ladi. Ijtimoiy pedagogikaning fan sifatida ham,
amaliy faoliyat muhiti sifatida ham farqlaydilar, aslida ular bir-biri
bilan o‘zaro bog‘liq. Amaliy faoliyat - bu ijtimoiy pedagogikaning
aniq bir bola yoki bolalar guruhi bilan olib boradigan ishidir.
Ijtimoiy–pedagogik ish O‘zbekistonda davlat va jamoat
tashqilotlari faoliyatida alohida o‘rinni egallaydi. «Milliy
g‘oya–bizning g‘oya», «Istikbolimiz–istiqlolimiz», «Tafakkurimizni
o‘zgartirgan o‘n yil» mavzularidagi tadbirlar bunga misol bo‘la oladi.
Jamoat tashqilotlari, madaniyat, maorif, san’at muassasalari
faoliyatiga tegishli bo‘lgan ma’naviy –ma’rifiy shakldagi ishlar ham
shular jumlasiga kiradi. Ularning faoliyati targ‘ibot va tashqilot


32
ishlarining ko‘lamini kengaytiradi,o‘sayotgan avlod tarbiyasida
yangi imkoniyatlar ochadi. Ma’naviy muassasalar yana bir muhim
vazifa bajaradi. Gap odamlarning jamoa bo‘lib ma’naviy hayot
kechirishni tashqil etish ustida bormokda. Bu vazifa inson va
jamiyatning bilish extiyojini kondirish, ularning faoliyatida
uchraydigan hodisalarni, mehnatini, turmushini, bo‘sh vaqtini
chukur mushoxada qilish bilan uzviy bog‘liqdir.¹Respublikamizga
moslashtirilgan holda maqsadga muvofik qo‘llash lozim. Chet el
ijtimoiy pedagogikasi esa ko‘p yillardan buyon rivojlanib kelmokda,
hozirgi vaqtda bu sohada juda ko‘p ilmiy salohiyatli bilimlar
jamlangan. Shu sababli ham O‘zbekistonda ijtimoiy
pedagogikaning vujudga kelishi va rivojlanishida boshqa
mamlakatlarning tajribalari muhim ahamiyat kasb etadi. Bu
sohadagi pivojlanish jarayonida vujudga kelgan muammolarni
tahlili, ilmiy bilimlar va chet eldagi amaliy faoliyatni o‘rganishning
o‘rni beqiyos.


33
Foydalaniladigan asosiy darslik va o‘quv qo‘llanmalar ro‘yxati
Asosiy darslik va o‘quv qo‘llanmalar
1.Egamberdiyeva N.M. «Ijtimoiy pedagogika» - T.: Alisher Navoiy
nomidagi O’zbekiston Milliy kutubxonasi nashriyoti, 2009 y.
2.Mavlonova R. va boshqalar “Ijtimoiy pedagogika” T.: Istiqlol, 2009
y.
3. Галагузова М. А. Социальная педагогика – М.: Владос, 2000
г.
4.История социальной педагогики / Под. ред. М.А.
Галагузовой – М.: Владос, 2003 г.
5.Hоshimоv K., Nishоnоva S., Inоmоva M., Hasanоv R. Pеdagоgika
tariхi. – T.: O’qituvchi, 1996.
6.Hasanbоеv J., Hasanbоеva О., Hоmidоv H. Pеdagоgika tariхi. –
T.: O’qituvchi, 1997.
7.Safо Оchil., Hоshimоv K. O’zbеk pеdagоgikasi antоlоgiyasi. – T.:
O’qituvchi, 1999.
8.Hоshimоv K., Safо Оchil. O’zbеk pеdagоgikasi antоlоgiyasi. – T.:
O’qituvchi, 2010.


34
Qo‘shimcha adabiyotlar
1. Munavvarov A.K. Pedagogika. – T.: O’qituvchi. 1996 y.
2. Munavvarov A.K. Oila pedagogikasi. – T.: O’qituvchi. 1994 y.
3. Yo’ldoshev J.G’. Ta’lim yangilanish yo’lida. – T.: O’qituvchi. 2000
4. Podlasыy I.P. Pedagogika. V 2x kn. M.: Vlados, 2003 g.
5.Niyozov G’., Axmedova M. Pedagogika tarixidan seminar
mashg’ulotlari. – T.: NOSHIR, 2011.
6.Хayrullaеv M. Ma’naviyat yulduzlari. – T.: Abdulla Qоdiriy
nоmidagi хalq mеrоsi nashriyoti, 2001.
7.Safо Оchil., Hоshimоv K. O’zbеk pеdagоgikasi antоlоgiyasi. – T.:
O’qituvchi, 1999.
8.Hоshimоv K., Safо Оchil. O’zbеk pеdagоgikasi antоlоgiyasi. – T.:
O’qituvchi, 2010.
9.Hashimov K., Nishonova S. Pedagogika tarixi. – T.: 2005.
10.Zunnunov A. va boshq. Pedagogika tarixi. T.: “SHarq”, 2000.
11.O‘zbek pedagogikasi tarixi. (Tuzuvchi muallif, prof. A.
Zunnunov) -T.: “O‘qituvchi”, 1997.
12.Hasanboyeva O., Hasanboyev J., Homidov H. Pedagogika
tarixi-. T.: “O‘qituvchi”, 1997.
13.O.Hasanboyeva, J.Hasanboyev, X.Xamidov. Pedagogika tarixi.


35
Elektrоn tа`lim resurslаri
1. www. tdpu. uz
2. www. pedagog. uz
3. www. Ziyonet. uz
4. www. edu. uz
5. tdpu-INTRANET. Ped

Download 0,61 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish