UMUMIY MA’LUMOT
Ma’lumki, kesib ishlash yo’li bilan metalldan zarur shaklli va o’lchamli
buyumlar tayyorlashda zagotovkadagi ortiqcha metall qismi yo’nib tashlanadi. Bir
qism metallning qirindi tarzida chikib ketishi bu usulning kamchiligidir. Masalan,
texnologiya metodlari ilg’or bo’lgan avtotraktor sanoatida ham zagotovka
og’irligining qarib 25 prosenti qirindi tarzida isrof bo’ladi. Mamlakatimizda yiliga
bir nucha tonna qora metall qirindiga ketadi. Ammo, shunga qaramay,
mashinasozlikda asosiy o’rinni mexanik ishlash ishg’ol qiladi va unga detal
teyyorlashga ketadigan vaqtning 40 — 50 prosenti sarf bo’ladi.
Buning sababi shuki, metall kesish stanoklarida ishlangan detallarning shakli,
o’lchamlari boshqa usullarda ishlangan detallarnikiga qaraganda aniq., yuzalari esa
tekis va toza chiqadi. Shuning uchun ham bu usul tobora takomillashtirilmoqda va
rivojlantirilmoqda
. Yo’niladigan buyumning katta-kichikligiga qarab, tegishli gabaritdagi
stanoklar ishlatiladi. 25- rasmda soat detallari, masalan, qo’l soati balansining o’qi
ishlanadigan kichik tokarlik stanogi keltirilgan, uning gabariti (o’lchamlari),
taxminan 120x200 mm bo’lib, u stol ustiga o’rnatiladi. Ayniqsa yirik buyumlar
ii:lashda ancha baquvvat stanoklardan foydalaniladi. Kramatorsk zavodida
chiqariladigan tokarlik-vint qirqar stanogi ana shunday stanoklar jumlasidandir.
Bu stanokda diametri 3,2 m va uzunligi 16 m gacha bo’lgan buyumlar
ishlanadi; stanokning og’irligi 170 t 26- rasmda Novosibirsk og’ir stanoklar
zavodida tayyorlangan bo’ylama-randalash stanogi keltirilgan, bu stanokda
uzunligi 8 m, eni 3 m va balandligi 2,5 m gacha bo’lgan zagotovkalar ishlanadi.
Turbinalarning va og’irligi 170 t gacha bo’lgan boshqa mashinalarning detallari
Kolomensk zavodida ishlab chiqariladigan qudratli karusel stanoklarida ishlanadi
(27- rasm).
38
Bu stanok planshaybasiga (aylanuvchi doiraviy stoliga) o’nta „Moskvich"
mashinasini joylashtirish mumkin. Stanokning balandligi 12 m, og’irligi 500 t dan
ortiq bo’lib, 260 mg ga yaqin maydonni
egallaydi. Stanoksozlik sanoatimiz hozir
yiliga 180 mingdan ortiqroq tur metall
qirquvchi stanoklar ishlab chiqarmoqda
va korxonalarimizni zarur stanoklar bilan
ta’minlamoqda.
28-rasm. Qudratli karusel stanogi.
Ishlab chiqarish korxonasi uchun
zarur tipdagi stanoklar shu korxonaning
xarakteriga, ya’ni mahsulotning ko’plab,
se-riyalab, yakka (individual) ishlab
chiqarilishiga yoki uning remont qilish
korxonasi ekanligiga borliq. Ravshanki,
ko’plab ishlab chiqarishda har kuni bir
operasiyaning o’zi takrorlanadigan korxonaga uncha mur.akkab bo’lmagan stanok
kerak, bunda prosesslarni avtomatlashtirish va stanoklarni b'itta avtomatik liniya
qilib birlashtirish uchun qulay sharoit tug’iladi.
Yakka-yakka buyumlar ishlab chiqaruvchi korxonalarda yoki remont
ustaxonalarida sharoit butunlay boshqacha bo’ladi. Bu erda turli xil detallarning
zagotovkalarini ishlashga, turli operasiyalarni bajarishga imkon beruvchi metall
kesuvchi stanoklar kerak bo’ladi. Bunday stanoklar universal yoki umumiy ishlar
uchun mo’ljallangan stanoklar deyiladi. Bu stanoklarning tuzilishi, zaruriyatga
ko’ra, stanokning ish organlariga turli tezliklar beruvchi mexanizmlar bilan bog’liq
bo’ladi 29 – rasm.
27- rasm Karusel stanogi
26-rasmda Novosibirsk og’ir stanogi.
28- rasm Qudratli karusel stanogi.
39
Do'stlaringiz bilan baham: |