Nodir metall qotishmalari.
Nodir metall
ruda konilariga qalay, volfram, molibden, simob, berilliy, tantal,
niobiylar kiradi.
Kolima, Primore o’lkasi, Zabaykaledagi gidrotermal sulfit-kassiterit va kvars-
kassiterit konlarndan qalay rudasi olinadi. Volfram rudalari gidrotermal tomir va
volframitli shtokverk, shuningdek skarnlardagi sheelit konlarida uchraydi.
16
Molibden rudalari shtokverk va tomirli gidrotermal konlardan, skarn konlardan
qazib olinadi. Barcha simob rudasi gidrotermal konlardan ajratib olinadi. Berilliy
rudalarining turli manbalari ichida pegmatit va gidrotermal kvars va berilliy
(flyuorit bilan), greyzen va skarn (gelvin va fenakit bilan), vulkanogen flyuorit-
bertrandit va gelbertranditli konlar muhim ahamiyatga ega. Tantal rudalari va
niobiy rudalari magmatik konlardan nefelinli sienitlar, karbonatitlar, albitlar va
pegmatitlar orasidan qazib olinadi.
Tarqoq elementlar
ruda koni sedimentogen, magmatogen va metamorfogen
oltingugurtli kolchedan konlarida uchraydi va shu konlardagi rudalarni qayta
ishlash jarayonida qo’shimcha mahsulot sifatida ajratib olinadi.
Seriy va ittriy guruhlariga mansub siyrak er elementlarning ruda koni
magmatik, pegmatit, karbomatit, albitit, gidrotermal konlar va rangli, nodir,
radioaktiv metallar konlarida uchraydi.
Volfram qotishmalari
(volframovie splavi) — volfram-ning metallar
(molibden, reniy, mis, nikel, kumush), oksidlar (TNO2), kar-bidlar va boshqa
birikmalar bilan qotishmasi. Asosiy afzalliklari — suyuqlanish t-rasining
yuqoriligi,
elastiklik
modulining
kattaligi,
issiqlikdan
kengayish
koeffsentining pastligi; kamchiliklari — uy t-rasida plastikligi va
oksidlanishga qarshiligi pastligi. Volfram qotishmalari
buyumlari va yarim
fabrikatlari, asosan, kukun metallurgiyasi metodida, kamdan-kam vakuum-
yoy va elektron-nur pechlarida eritib, keyin deformasiyalab olinadi. Yadro
energetikasi, kosmonavtika, elektrotexnika, elektronika va boshqalarda
ishlatiladi.
Molibden qotishmalari
(molibdenovie splavi)— volfram, reniy, sirkoniy,
titan, niobiy, uglerod va boshqa elementlar qo’shilgan molibden asosidagi
qotishmalar.
Konstruksiey,
issiqbardosh
molibden
qotishmalari
ichida
molibdenning titan (0,5%), sirkoniy (0,08%) va uglerod (0,02%) qo’shilgan
qotishmasi mashhur. Molibden qotishmalaridan tayyorlangan detallar vakuumda
1800°S gacha t-rada uzoq vaqt, himoya qoplama bilan havoda 1200—2000°Sda
ma’lum vaqt ishlashi mumkin. Molibden qotishmalari
raketa va boshqa uchish
apparatlarining muhim detallarini ishlab chiqarishda, yadro energetikasi,
elektronika
va
texnikaning
boshqa
sohalarida
ishlatiladi.
Molibden
qotishmalarining asosiy afzalligi — issiqbardoshligi yuqori, kamchiligi —
olovbardoshligi va plastikligi past bo’ladi.
Molibdenlash
(molibdenirovanie)— po’lat, titan, niobiy va boshqa metall
materiallaridan tayyorlangan buyumlar sirtida molibden qoplamasi hosil qilish.
Molibdenlash buyumlar qattiqligi, sirt mu stavkamligi, azot k-tasiga
korroziyabardoshligini oshiradi, qo’shimcha silisiylanganda esa yuqori t-ralarda
olovbardoshligi oshadi. Molibdenlash diffuznoy
metallash
usuli bilan bajariladi.
Tantal qotishmalari
(tantalovie splavi)— niobiy, volfram, sirkoniy, gafniy va
boshqa elementlar qo’shilgan tantal asosidagi qotishmalar. Agressiv va suyuq
metall muhitlarida olovbardoshligi va korroziyabardoshligi yuqori bo’lgan
materiallar. Raketa soplolari, reaktiv dvigatel detallari, elektr vakuum asboblar va
boshqa tayyorlashda ishlatiladi.
Sirkoniy qotishmalari
(sirkonievie splavi)— sirkoniy asosidagi qurg’oshin.
17
temir. xrom, nikel va boshqa elementlar qotishmalari. Issiqlik neytron-larini kam
ushlab qolishi, 500—600°S da etarli mustahkamlikka egaligi, yuqori t-ralarda suv,
ishqoriy va ba’zi k-tali muhitlarda korroziyaga ancha chidamliligi bilan farq qiladi.
Sirkoniy qotishmalari
Do'stlaringiz bilan baham: |