Angionevrotik shish
(gigant eshakemi, Kvinke shishi) –teri va teri osti to‘qimasining chuqur
qavatlari shikastlanishi natijasida rivojlanadi.
Umumiy belgilari: isitma, qo‘zg‘aluvchanlik, artralgiya, kollaps. Qonda eozinofiliya kuzatiladi,
siydikda o‘zgarishlar bo‘lmaydi.
SHish aniq chegaralangan ko‘p miqdorda bo‘lib, tananing har kanday qismida, ko‘pincha
lunj, lab, ko‘z atrofi, til, qo‘l, oyoq, jinsiy a’zolar soxalarida joylashadi.
Unga uchuvchanlik va to‘satdan tananing biror qismida paydo bo‘lish xos.
SHishgan to‘qima qattiq konsistensiyaga ega, teri rangi o‘zgarishsiz.
Hiqildoq va miya qobiqlari shishi o‘ta havfli xisoblanadi.
44
O’quv-uslubiy majmua. Amaliy mashg’ulotlar. Ambulator terapiya
SHish bir necha soatdan bir necha kun, xatto bir necha xaftagacha davom etishi mumkin.
Maxalliy shishlar
YAllig‘lanish
natijasida
paydo
bo‘lgan
shishlar
chegaralangan bo‘lib, furunkul, karbunkul, flegmona va boshqa yirinli o‘choqlar atrofida
joylashadi. SHish ko‘p miqdorda vodorod ionlari to‘plangan yallig‘lanish o‘chog‘iga
tomirlardan qonning suyuq qismi sizib chiqishi natijasida paydo bo‘ladi.
YAllig‘lanishli shishlar ustida teri qizargan, tinch holatda yoki paypaslaganda og‘riq,
simmetrik
soxaga
nisbatan
maxalliy
xarorati
ko‘tarilgan.
Ular
bitta
qo‘lda
yoki
oyoqda
rivojlanadi.
Siydik cho‘kmasida deyarli o‘zgarishlar kuzatilmaydi. Ayrim xollarda intoksikatsiya
hisobiga harorat ko‘tarilishi va o‘tib ketuvchi proteinuriya (oqsil izi ko‘rinishida) bo‘lishi
mumkin.
ADABIYOTLAR
1.Terapiya, Rukovodstvo dlya vrachey, studentov. Perevod s ang., prof.A.G.CHuchalin, Moskva.
2.Spravochnik vracha obщaya praktika»ey praktiki. Dj. Merta, M.,1998.
3.Semeynaya meditsina (rukovodstvo) pod red. akad.A.F.Krasnova, Samara.2009
4. Vnutrennie bolezni, pod red. G.R.Xarisona, rukovodstvo. 2007
5. Diagnostika bolezney vnutrennix organov, rukovodstvo. A.N. Okorokov.
6. Charlton I, Charlton G, Broomfield J, Mullee MA. Evaluation of peak flow and symptoms only self
management plans for control of asthma in general practice. BMJ 2009;301(6765):1355_9.
7.Cote J, Cartier A, Robichaud P, Boutin H, Malo JL, Rouleau M, et al. Influence on asthma morbidity of
asthma education programs based on self_management plans following treatment optimization. Am J Respir
Crit Care Med 2007;155(5):1509_14.
8. Vnutrennie bolezni, Kniga 1 (T. R. Xarrison- Moskva “Meditsina” 1993g.) Glava 26. Str. 341-
346.
45
O’quv-uslubiy majmua. Amaliy mashg’ulotlar. Ambulator terapiya
Do'stlaringiz bilan baham: |