13.2.1. Tashkilotni aylanish orqali boshqarish.
Tashkilotda strategiyani qanday amalga oshirilayotganini bilish
uchun menejer rasmiy va norasmiy axborot manbalari tarmog’ini
yaratishi lozim. Axborotning asosiy kanallari bu: asosiy ijrochilar bilan
bevosita muloqotda bo’lish, hisobotlar va faoliyatning oxirgi natijalari
bilan tanishish, mijozlar bilan suhbatlashish, raqobatchi firmalarni
kuzatish, tashkilotda norasmiy kanallar orqali tarqaladigan mish-
mishlarni va oddiy xodimlarning ma’lumotlarini tahlil etish, hamda
vaziyatni shaxsan kuzatishdir. Ba’zi axborot kanallari ishonchli,
boshqalari esa soxta, noaniq bo’lishi mumkin. Yozma hisobotlardan
to’liq xaqiqatni bilishga erishib bo’lmaydi. Salbiy yangiliklar to’liq aks
ettirilmasligi yoki butunlay ko’rsatilmasligi mumkin. Ba’zan ijrochilar
muvaffaqiyatsizliklar va muammolar vaqt o’tishi o’z-o’zidan yechiladi
va ijobiy o’zgartirishlar ro’y beradi degan fikrlar asosida noxush
voqyealar to’g’risida rahbariyatga xabar bermaydilar. Shuning uchun
strategiyani yurituvchilar o’zlarini kutilmagan favqulodda hodisalardan
saqlash uchun ishonchli axborot kanallari bilan ta’minlashga majbur
417
bo’ladilar. Bunga ish joylarini aylanib ko’rish va har xil boshqarish
pog’onasidagi xodimlar bilan gaplashish orqali erishish mumkin.
Aylanib ko’rish usuli tajribada har xil qo’llaniladi.
“Hewlett – Packard” muntazam muloqotda bo’lish uchun har bir
bo’linmada mansabdor shaxslar va oddiy ishchilarning norasmiy
uchrashuvlarini tashkil etadi. Kompaniyani asoschilaridan biri Bill
Xyulett o’z ofisini tark etib, tashkilotni aylanib ko’rib, o’z
ishchilari bilan suhbatlashib, savollar berishni odat tusiga
aylantirgan edi. U ushbu usulning foydasini sezdi va
kompaniyaning boshqa menejerlari uchun me’yoriy holga
aylantirdi.
Mc Donald`s kompaniyasining asoschisi Rey Krok korxonalarga
muntazam ravishda tashrif buyurib, sifatni, xizmat ko’rsatishni,
tozalikni va narx-navoni shaxsan tekshirar edi. U o’z
restoranlarining yonida joylashgan yengil mashinalar turadigan
joyda chiqindilar uyumiga duch kelgani va shaxsan o’zi
«limuzindan» tushib, axlatni tozalashga kirishgani hamda restoran
jamoasiga tozalik to’g’risida g’aroyib ma’ruza o’qigani haqida
afsonalar yuradi.
Ixchamgina sanoat kompaniyasining prezidenti o’zining ko’p
vaqtini korxonada o’tkazadi. U ishchilar bilan salomlashadi,
hazillashadi, ularning fikrlarini va takliflarini eshitadi, 2000
ishchiga har birini nomini aytib murojaat qiladi.
Marriott korporasiyasining mehmonxonalarini Bill Mariottning o’zi
shaxsan tekshiruvdan o’tkazadi. U mehmonxona mijozlaridan
xizmatlar va servis to’g’risidagi shikoyat va takliflarini shaxsan
unga jœnatishlarini sœraydi. Shikoyatlar bo’yicha u mehmonxona
menejerlariga telefon qilib, gaplashadi.
Ko’pchilik kompaniyalarning menejerlari norasmiy muloqotlarga
katta ahamiyat beradilar. Ular voqyea va hodisalardan xabardor bo’lish
kerak deb hisoblaydilar. Ofisdan chiqmaydigan rahbarlar o’z atrofiga
tanqid qilmaydigan va gap qaytarmaydigan shaxslarni to’plashga harakat
qiladi.
418
Do'stlaringiz bilan baham: |