Самарқанд давлат архитектура қурилиш



Download 3,21 Mb.
Pdf ko'rish
bet276/352
Sana03.03.2022
Hajmi3,21 Mb.
#481083
1   ...   272   273   274   275   276   277   278   279   ...   352
Bog'liq
Стратегик Менежмент дарслик

 
Tayanch vaziyatlar 
Internet – bu serverlarning va yuqori tezlikda ishlovchi 
kompyuterlarning yuqori darajada tashkil etilgan tarmog’i va 
marshrutlovchi 
hamda 
aloqani 
ta’minlovchi 
moslamalar, 
telekommunikasiya 
jihozlari, 
aloqa 
kanallari 
va 
personal 
kompyuterlarning uyg’unlashgan jamlanmasidir. Elektron tijoratda bir-
necha turdagi kompaniyalar shakllanadi. Jumladan: kommunikasiya 
jihozlarini ishlab-chiqaruvchilar, aloqa xizmatlarini ta’minlovchilar, 
kompyuterlarni va uni juftlovchi qismlarini ishlab-chiqaruvchilar, 
dasturlarni yaratish va ta’minlash faoliyati, elektron savdo kompaniyalari 
va provayderlar. 
Internet texnologiyalarni tarqalishi tarmoqdagi vaziyatni keskin 
o’zgartiradi: raqobat keskinlashadi, yangi raqobatchilarning paydo 
bo’lish xavfi oshib boradi, sotuvchilar va xaridorlar hamda sotuvchilar 
va ta’minotchilar o’rtasidagi raqobat bosimining muvozanati buziladi, 
ular o’rtasidagi raqobat kurashi ham keskin tus oladi. Ayni paytda, bir 
tomondan sotuvchilar va xaridorlar boshqa tomondan esa, sotuvchilar 
o’rtasidagi munosabatlarning turli-tuman shakllari paydo bo’ladi. 
Texnologiyalar, bozor vaziyati, raqobatchilarni mohiyati va soni 
tezkorlik bilan o’zgaradi, vaziyatni prognoz qilish imkoniyati bo’lmaydi. 
Elektron tijorat dunyosi yuqori darajadagi dinamik o’zgarishlar bilan 
ajralib turadi, kompaniyalarni oliy tezlikda harakat qilishiga majbur 
qiladi, shu sababli kutish strategiyasi halokatli hisoblanadi. 
Internet – iqtisodiyot imkoniyatlaridan foydalanishga intilish 
kompaniyalarni biznes – modellarini va strategiyalarini yaratishga 
yondashuvlarni qayta ko’rib chiqishni talab qiladi. Elektron tijoratda
muvoffaqiyatning tayanch omili – bu uzluksiz ravishda biznes 
modellarni yangilash hisoblanadi. Biznes modellar va strategiyalar 
kompaniyalarning 
turiga 
va 
uning 
elektron 
texnologiyalardan 
foydalanish 
darajasiga 
bog’liq. Telekommunikasiya jihozlarini, 
kompyuterlarni va ularga tegishli juftlovchi qismlarni ishlab 


336 
chiqaruvchilar odatda, an’anaviy biznes modellardan ya’ni, tovar va 
xizmatlar narxini ulardan keladigan foyda miqdoriga taqqoslab, samarali 
natija beradigan biznes modeldan foydalanadilar. Aloqa xizmatlarini 
ta’minlovchilar o’z xizmatlari uchun ikki xil to’lov shaklidan 
foydalanadilar ya’ni, abonent to’lovi yoki har bir xizmat uchun to’lovni 
afzal ko’radilar. 
Elektron chakana savdo qiluvchilar innovasion biznes – modellardan 
foydalanadilar. Ularning ko’pchiligi tovarning tannarxida yoki undan 
ham past narxlarda savdo qiladilar, foydani esa o’z saytlarida reklama 
uchun joy ajratish hisobiga oladilar. Boshqa Internet sotuvchilar esa, 
an’anaviy biznes – modellaridan foydalanadilar. Ba’zi kompaniyalar 
tovarni sotish, tarqatish funksiyalarini, zahira tovarlarini saqlash va 
yetkazib berishni iqtisoslashgan kompaniyalar vakolatiga topshiradilar 
o’zlari esa faqat Web – saytlarni qo’llab-quvvatlash bilan 
shug’ullanadilar. 
Elektron 
tijorat 
xizmatlarini 
ta’minlovchi 
kompaniyalarning biznes – modellari ham turli-tumandir. 
Elektron kompaniyalarning raqobat muvoffaqiyatini ta’minlovchi 
tayanch omillarni ajratish mumkin: kompaniyalarning biznes – 
modellarini va strategiyalarini o’zgaruvchan bozor muhitiga va yangi 
imkoniyatlarga moslashtirish; kompaniya uchun muhim bo’lgan asosiy 
faoliyat turlariga e’tiborni qaratish; texnologiyani rivojlantirishda 
sardorlikni saqlash; marketingni innovasion usullarini qo’llash; Internet 
– iqtisodiyotni o’ziga xos xususiyatlarini inobatga olgan holda qiymat 
yaratuvchi ketma – ketlikni shakllantirish. Bunda differensiyalash yoki 
narx va sifatning muqobil nisbatiga asoslangan holda past xarajatlar 
bo’yicha sardor bo’lish va raqobat ustunligiga erishishga harakat qilish 
lozim. 

Download 3,21 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   272   273   274   275   276   277   278   279   ...   352




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish