171
Tavsiya etiladigan adabiyotlar.
1.
O’zbekiston Respublikasi: Qonun va Farmonlar Toshkent 2019
2.
Shavkat Mirziyoyev “Erkin
va farovon, demokratik O’zbekiston
davlatini birgalikda barpo etamiz” Toshkent:. “O’zbekiston” 2016
3.
Shavkat Mirziyoyev “Tanqidiy tahlil, Qat’iy tartib-intizom va
shaxsiy javobgarlik-har bir rahbar faoliyatining kundalik qoidasi bo’lishi
kerak” Toshkent:. “O’zbekiston” 2017
4.
М.Н.Сидоров Стратегический менеджмент 2-е изд., испр. и
доп.
Учебник
для
прикладного
бакалавриата
Москва
Издателство Юрайт 2016
5.
Е.П.Голубков Стратегический менеджмент. Учебник и
практикум
для
академического
бакалавриата
Москва
Издателство Юрайт 2015
6.
В.С.Абрамов, С.В.Абрамов Стратегический менеджмент в 2
ч. Част 1. Сущност и содержание.
Учебник и практикум для
бакалавриат Москва Издателство Юрайт 2017
7.
Б.Г.Литвак Стратегический менеджмент. Учебник для
бакалавров Москва Издателство Юрайт 2016
172
6-BOB. STRATEGIYA VA KOMPANIYA VAZIYATINI
MUVOFIQLASH.
Strategiya va kompaniya vaziyatini muvofiqlash murakkab masala
hisoblanadi, chunki rahbarlar kompaniyaning tashqi va ichki muhitidagi
ko’p sonli omillarni e’tiborga olishi lozim. Lekin turli-tuman omillarning
ro’yxati juda uzun bo’lishiga qaramay ularni
ikki guruhga ajratish
mumkin.
Tarmoq tabiati va raqobat shartlari
Kompaniyaning raqobat potensiali,
uning bozor mavqei va eng
afzal imkoniyatlari.
Kompaniyaga ma’qul keladigan strategiyalar tarmoqning hayotiy
sikli (ya’ni paydo bo’layotgan, tez o’sib borayotgan, yetuk yoki so’nib
borayotgan) bilan, besh raqobat kuchi bilan va raqobat ko’lami
bilan
bog’liq. Kompaniyaga tegishli asosiy fikrlar quyidagilardir: 1)
kompaniya nimadan iborat: tarmoq sardori, bozorga yangi kirib kelgan
kompaniya, sardorni ta’qib etuvchi va o’z
mavqeidan qoniqqan
kompaniya,
yashash
uchun
kurashayotgan
kompaniya;
2)
kompaniyaning kuchli-kuchsiz tomonlari, imkoniyatlari va xavf-xatari
nimalar?
Hattoki, kam sonli strategiyalar ham ko’plab kombinasiyalarni
o’zida mujassam etadi. Lekin, strategiyani
vaziyat bilan muvofiqlashda
tadbirkorlik muhitining klassik turlaridan beshtasini o’z ichiga oladi:
1. Yangi paydo bulayotgan va tez o’sib borayotgan tarmoqlardagi
raqobat;
2. Yetuk tarmoqlardagi raqobat;
3. Turg’un va so’nib borayotgan sohalardagi raqobat;
4. Tarqoq tarmoqlardagi raqobat;
5
.
Xalqaro bozorlardagi raqobat;
Kompaniya quyidagi uch klassik vaziyatlarda bo’lishi mumkin.
1. Kompaniya bozorda yetakchi vaziyatlarga ega.
2. Kompaniya sardorlarni ta’qib etishni tanlagan.
3. Kompaniya hamma sohalarda zaif yoki inqiroz vaziyatda.