Sovuqqotish, spirtli ichimliklarni suiisteʼmol qilish, tamaki chekish, baʼzi kimyoviy moddalardan



Download 58,79 Kb.
Pdf ko'rish
Sana03.03.2022
Hajmi58,79 Kb.
#481048
Bog'liq
Bronxit - Vikipediya



Bronxit
Bronxit
— bronxlar (asosan shilliq pardasi)ning yalligʻlanishi. Nafas aʼzolarining koʻp uchraydigan
kasalliklaridan biri. B. oʻtkir va surunkali boʻladi. Kasallikni koʻpincha pnevmokokklar, gemolitik
streptokokklar, stafilokokklar, gripp virusi, Fridlender tayoqchasi va boshqa keltirib chiqaradi.
Sovuqqotish, spirtli ichimliklarni suiisteʼmol qilish, tamaki chekish, baʼzi kimyoviy moddalardan
surunkali zaharlanish; yuqori nafas yoʻllarida infeksiya oʻchogʻi borligi (sinusit, gaymorit) ham
oʻtkir B. rivojlanishiga sharoit tugʻdiradi. Kasallik quruq yoʻtal, toʻsh atrofida ogʻriq, yuqori nafas
yoʻllarining oʻtkir yalligʻlanishiga xos oʻzgarishlar, tumov bilan boshlanib, keyin yalligʻlanish
bronxlarga tarqaladi, muskullar qaqshab ogʻriydi, koʻkrak sohasida qisilish his qilinadi, yoʻtal
dastlab quruq boʻlib, keyin balgʻam ajraladi, gavda harorati koʻtariladi, gripp bilan ogʻrigan
bemorlarning lablariga uchuq toshadi va boshqa Oradan bir necha kun oʻtgach, kasallik
batamom tuzaladi, baʼzan choʻzilib ketib, surunkali B.ga aylanishi mumkin. Oʻtkir B. bolalar va
keksalarda ogʻir oʻtib, unga oʻpka yalligʻlanishi (zotiljam) qoʻshilishi mumkin. Surunkali B. nafas
aʼzolarining eng koʻp tarqalgan kasalliklaridan. Koʻproq erkaklarda kuzatiladi. Surunkali B.
birlamchi va ikkilamchi boʻlishi mumkin. Birlamchi surunkali B.da bronxlarning diffuz oʻzgarishlari
kuzatiladi. U bronxoʻpka va boshqa aʼzolarning kasalliklariga bogʻliq boʻlmaydi. Ikkilamchi
surunkali B. esa bronxoʻpka va boshqa sistema kasalliklari (sil, bronxoektatik kasallik, surunkali
pnevmoniya, uremiya, qon aylanishi yetishmovchiligi va boshqalar) natijasida kelib chiqadi.
Yalligʻlanish xususiyatiga koʻra surunkali B. kataral va yiringli boʻladi. Belgilari: bemorni yoʻtal
tutib, shilimshiqyiring aralash balgam ajraladi, hansiraydi, uning darmoni qurib, salga toliqadi,
harorati koʻtariladi, koʻp terlaydi, ishlash qobiliyati pasayadi. Kataral B.da koʻpincha ertalab
jismoniy mashqdan soʻng yoʻtal paydo boʻlib, balgʻam ajraladi. Kasallik yil fasliga qarab tez-tez
qoʻzib turadi. B. yengil kechganida bemor uyda yoki kunduzgi statsionarda davolanadi. Oʻrindan
turmay yotish, bekamu koʻst ovqatlanish, iliq ichimliklar (malina murabbosi solingan choy,
mineral suvli sut va boshqalar) ichish, oyoklarga vanna qilish bemorning ahvolini bir oz
yengillashtiradi. Kasallik qoʻzigan paytda etiotrop va patogenetik davo qoʻllaniladi. Bemorni
kasalxonaga yotqizish kerak. Vaqtida va toʻgʻri davo qilinsa, bemor batamom tuzalib ketadi, aks
holda oʻpka emfizemasi, bronxoektaziya, yurak yetishmovchiligi kabi asoratlar qoldirishi mumkin.


Davo gimnastikasi, ochiq havoda koʻproq sayr qilish tavsiya etiladi. Yalligʻlanish avj olgan davrda
ovqatda vitamin va oqsillar moʻlkoʻl boʻlishi kerak, chunki balgʻam koʻp ajralganda organizm koʻp
oqsil yoʻqotadi. Yuqumli kasalliklar, ayniqsa grippning oldini olish, ishlab chiqarishda changni
yoʻqotish, tamaki chekishni taqiqlash, organizmni chiniqtirish, suv muolajalari B.ning oldini olish
choralaridir.
Hayvonlarda aksariyat qora mollarda uchraydi. B.ga noqulay iqlim sharoiti, mollarning sovqotishi,
sovuq suv bilan sugʻorish, qoʻylarning juni olingandan soʻng yomgʻir va sovuqda, yelvizakda
qolishi, mollarni toʻshamasiz sement binolarda saqlash va sifatsiz ozuqalar berilishi sabab
boʻladi. B.ning belgilari: kasallik boshida hayvonlarning harorati koʻtariladi, yoʻtal, xirillash,
burundan suyuqlik ajralishi, nafas olish qiyinlashib, bezgak tutishi kuzatiladi, ishtaha yoʻqoladi.
Kasallik koʻkrak qafasi atrofini rentgenoskopiya va rentgenografiya qilish yoʻli bilan aniklanadi.
Davosi: balgʻam koʻchiruvchi preparatlar, antibiotiklar: neomitsin, monomitsin, fradizin,
trimerazin, tribsin, sulfanilamid beriladi, skipidar bilan ingalyatsiya qilinadi.
Oldini olish: mollarni saqlashda zoogigiyena meʼyorlariga rioya qilish.
Abdulla Ubaydullayev,. Poʻlat Moʻminov.
OʻzME
. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
Ko‘proq o‘rganish
Ushbu maqolada 
Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi
 (2000-2005)
maʼlumotlaridan foydalanilgan.
Ushbu maqola 
chaladir
. Siz uni 
boyitib, (https://uz.wikipedia.org/w/index.php?title=Bronxit
&action=edit)
 
Vikipediyaga
 yordam berishingiz mumkin.
 
Bu andozani 
aniqrogʻiga
almashtirish kerak.
Adabiyotlar


 
Soʻnggi tahrir 2 yillar avval
 
IluvatarBot
 tomonidan amalga oshirildi
"
https://uz.wikipedia.org/w/index
.php?title=Bronxit&oldid=2054659

dan olindi

Download 58,79 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish