Ma„lumki, o‟simliklarda fotosintez jarayoni tufayli ularni yer usti va yer osti
qismida organik modda to‟planadi. O‟simlik nobud bo‟lgach tuproqda bu moddalarni
minerializatsiyasi o‟tadi. Bu jarayonni o‟tishi o‟simlik xiliga va qismiga bog‟lik. Masalan,
g‟allasimonlarni ildizi bir yilda chirisa, paxtaniki, bir necha yilda chiriydi. Ya„ni yerni
yuza qismidagi gumus hosil bo‟lishi undagi o‟simlik va hayvon qoldiqlarini chirishi bilan
bog‟liqdir.
Tuproqdagi organizmlarni ekologik gruppalari. Tuproqdagi tirik organizmlar juda ko‟p
va xilma-xildir (pochvennaya zoologiya – Gilyarov, pochvennaya mikrobiologiya).
Tuproqdagi hayvonlar ularni tuproq muhiti bilan bog‟liqligiga ko‟ra 3 ta ekologik
guruhga bo‟linadi.
Geobiont – doimo tuproqda yashovchilar. Ularni hamma rivojlanish stadiyalari tuproqda
o‟tadi. Masalan: yomg‟ir chuvalchangi, kravchik qo‟ng‟izi.
Geofil – hayotini ayrim davrlari albatta tuproqda o‟tadi: chigirtkalar, kolorado qo‟ng‟izi.
Geonsen – ba„zan, vaqtincha himoyalanish uchun, tuproqda hayoti o‟tuvchi hayvonlar:
suvaraklar, kemiruvchilar, sutemizuvchilar.
Ko‟chuvchi qum va cho‟l sharoitida yashovchi o‟simliklar (psammofitlar), hayvonlar
(psammofillar) o‟ziga xos xususiyatlarga va moslanishlarga ega. Bunday joylarni sharoiti …
Ko‟chuvchi qumlarda ko‟chib, ba„zan o‟simlikni ko‟mib tashlaydi yoki ildizlari ochilib qoladi.
Ularning barglari reduktsiyalangan, shoxlari tez o‟sish xususiyati orqali moslashgan.
Bunday sharoitda yashovchi qushlar uzoq masofada suv qidirib uchishga va suvsiz
yashashga moslashgan. Tuyalar 10-16 kun suvsiz, tanasidagi yog‟ moddasi hisobida yashaydi.
Ba„zi hayvonlar yomg‟ir suvlarini ichib, qovuqlarida, teri osti to‟qimasida, qorin bo‟shlig‟ida
zapas saqlaydi. Ba„zi hayvonlar yozni issig‟ida inlarida yashirinib, yozgi uyquga yoki
diapauzaga o‟tadi (suslik, kapalaklar…)
Qumlarni ko‟chishini cho‟llarda garimselni to‟xtatish uchun ixota daraxtlari (tol, jiyda,
saksovul) ekish; ular esa o‟z navbatida o‟tchil o‟simliklarni o‟sishiga sharoit yaratadi. Ular
orasida bug‟doy, poliz, mevali daraxtlar ekish mumkin. Ixota daraxtlarini roli beqiyosdir.
Tuproqni sho‟rlanishi. Sho‟rlangan tuproq namli bo‟lib, quriganda tuproqni yuza
qavatida tuz kristallari hosil bo‟ladi. O‟zimizdagi sho‟rlangan tuproqlar.
Sho‟rlangan tuproqda o‟suvchi o‟simliklarni galofitlar deyilib, ularni ildizini so‟rish
kuchi tuproqdagi eritmani so‟rish kuchidan yuqori bo‟ladi. Ba„zi galofitlar barglari orqali
ortiqcha tuzni chiqarish yoki tanalarida tuzni yig‟ish xususiyatiga egadir. Shuning uchun ham
ularni ba„zilaridan sodda va ishqor olishda foydalaniladi (mayiz qilishda). Ba„zi galofitlarni
hayvonlarni yaxshi iste„mol qiladi.
Sho‟rli joylarda yashaydigan hayvonlarni galofillar deyilib, ammo bular sho‟rlangan
joylarda son va tur jihatdan ham kam bo‟ladi (chernotelok, shelkunlar).
Tuproqni o‟simlik va hayvonlarni tarqalishiga ta„siri. Ma„lumki har bir joyni sharoiti,
shuningdek tuprog‟iga ko‟ra ma„lum bir o‟simliklar assotsiatsiyasi va hayvonlari shakllanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |