Вазирлиги тошкент давлат миллий рақс ва хореография олий



Download 1 Mb.
Pdf ko'rish
bet68/88
Sana03.03.2022
Hajmi1 Mb.
#480596
1   ...   64   65   66   67   68   69   70   71   ...   88
Bog'liq
teatr tarixi

SAHNA SAN'ATI 
Mamlakakt birlashtirilgach Germaniyada teatr hayoti jadallik bilan avj oladi. Aynan shu 
davrda — 1870-yillari meyningenchilar teatri deb atalmish jamoa o'z taraqqiyotining eng yuqori 
cho'qqisiga ko'tarilib jahonshumul shuhrat qozonadi. XVIII asrda, rasman 1831-yili sobiq 
Saksen-Meyningen gertsogligida paydo bo'lgan kichik saroy teatri XIX asrning oxiriga kelib 
Ovro'po teatr hayotining yorqin voqeligiga aylandi. Meyningen teatri pyesa ustida yangicha 
ishlash tamoyilini joriy etib, spektakl yahlitligi davrning bosh estetik talabi ekanini amalda tasdiq 
etgan birinchi rejissorlik teatri sifatida maydonga chiqdi. 
Meyningen teatri. 1869-yili Meyningen gersogligi hukmdori Georg II Lyudvig Kroneg 
(1837—1891)ni o'z teatriga rejissor qilib tayinlagach, nemis sahna san'ati jo'g'rofiyasida chet 
ellarda ham keng shuhrat topgan o'ziga xos yangi ijodiy jamoa dunyoga keldi. Germaniya 
birlashtirilgach, gersoglik martabasidan ajralgan Georg II butu diqqat-e'tiborini teatrga qaratadi: 
spektaklni bezash «rang-tasviriy» yechim vazifasini o'z zimmasiga oladi, xotini sobiq aktrisa 
Ellen Fransga esa ijrochilar bilan peysa matni ustida ishlash vazifasini topshiradi. Asarni 


78 
sahnalashtirish, spektakl qismlarini o'zaro yaxlit tarzda uyg'unlashtirish vazifasi Kroneg 
zimmasiga yuklatiladi. 
Iste'dodli rejissorgina emas, shuningdek, salohiyatli tash-kilotchi sifatida ham ko'ringan 
aynan shu Kroneg menin-genchilarni Ovro'po badiiy izlanishlari sarhadiga chiqdi. Uning 
bevosita rahbarligi ostida teatr 1874-yili «Yuliy Sezar» spektakli bilan Berlinda bo'ladi va shu 
bo'yi 1890-yilga qadar davom etgan dunyo bo'ylab safarini uyushtiradi. Meyningen teatri nomi 
bilan tarixdan o'rin olgan bu jamoa Shekspirdan boshlab Shiller, Gyote, Kleyst, Molyer va 
boshqa dramaturglar asarlarini Ovro'po mam-lakatlarida namoyish etdi. 
Meyningenchilar teatri bir qator yangi estetik tamoyillar bilan ko'rindi: ular spektakl ustidagi 
ishni muallif aks ettirgan tarixiy davr, uning turmush tarzini o'rganishdan boshladilar. 
Meyningenchilar nemis sahnasida burjua tijoriy teatri hukm surgan bir paytda o'z teatr islohlarini 
boshlagan edilar. «Meyningen teatri* repertuari awalo 
Shekspir va Shiller asarlaridan tuzildi. Shillerdan «Makr va muhab-bat* va «Don Rarlos* 
asarlaridan tashqari, uning hamma pyesalari (1250 marta ko'rsatilgan) sahnalashtirildi. Shekspir 
pyesalari esa bi-roz kamroq — 820 bor namoyish etilgan. Bulardan tashqari teatr sahnasida 
Kleyst, Grilparser, Moler, Geote, Lessen asarlari ham o'rin oldi. Shu narsa diqqatga loyiqki, 
meyningenchilar mavjud pye-salami qayta ishlash, ularga o'zboshimchalik bilan munosabatda 
bo'lish odatiga qarshi chiqdilar. Shu tarzda mumtoz dramaturgiya namunalari tomoshabinga asl 
holida yetkazildi. 
Zamonaviy dramaturgiyaga kamroq e'tibor berildi. Lekin Germaniyada birinchi marta shu 
teatrda Ipsenning «Arvohlar* (1886) asari qo'yiladi, shu yerda Byorson va boshqa ko'plab mual-
liflar asarlari ko'rsatiladi. 
Mumtoz asarlarini sahnaviy talqin etish borasida meyningenchilar voqeaning o'tish davrini 
mufassa tasvirlash yo'lini tutdilar. Georg II va Kroneg sahnada kechadigan voqealarga daxlsiz, 
jonsiz qurilma bo'lib qolgan an'anaviy mavxum qurilmaga qarshi kurash ochdilar. 
Meyningenchilar spektakl ustidagi ishni muallif aks ettirgan tarixiy davr, uning turmush 
tarzini o'rganishdan boshladilar, musawir pyesada voqeaning o'tish joyiga kelib, bezak eskizini 
chi-zar edi; masalan Shillerning «Orlean qizi» va «Mariya Styuart* pyesalari ustida shu tarzda 
ish olib borilgan. Janna D'Ark yurti Domremi, ikki qirolicha — Mariya va Yelizavettalarning 
mashhur uchrashuvlari o'tgan Fitorongey qasri eskizlari hamon teatr arxivida saqlab kelinadi. 
Tarixchilar va etnograflar tadqiqotlari ham sinchkovlik bilan o'rganilgan. Masalan, uzoq davom 
etgan mash-qlar orqali yaratilgan Shekspirning «Yuliy Sezar» asari uchun de-koratsiya 
arxeologik topilmalar asosida Rimda yaratilgan. 
Meyningenchilar qahramonlarni qurshab turuvchi «muhit» yaratish omillariga, liboslarning 
tarixan haqqoniyligiga, shart-sha-roit belgilarining aniq bo'lishiga alohida diqqat-e'tibor 
qaratdilar. 
Meyningenchilar ommaviy ko'rinishlar orqali ham sahnada hayotiy haqqoniylik yaratish 
maqsadini ko'zladilar. Kroneg Ovro'po teatrida birinchi bo'lib sahnada serharakat, so'zi yo'q 
kimsa (statist)larni pyesa voqeasi doirasida yashovchi jonli kishilar olomoniga aylantirdi. 
Truppani beistisno qabul etmagan A.N. Os-trovskiydek dramaturg ham uning yig'ma xalq obrazi 
yaratishdagi usullari haqida hayajonli so'zlar aytgan («01omon qaynoq hayot og'ushida nafas 
oladi, hayajonga tushadi, g'azabga kiradi, to-moshabinni Antoniyning so'zlaridan ko'ra kuchliroq 
larzaga soladi, - deya o'z kundaligida qayd etgan edi dramaturg*). U «Vallenshteyn lageri* 
haqida yana shulami ilova qilgan edi: «Vallenshteyn lageri» haqida gapirmasa ham bo'ladi: bu 
asl hayotning o'zginasi, guruhlar turlicha va ular o'ta ishonarli: kimdir yerda yastanib yotar, 
muhimi shundaki, teatr spektaklida omma turlichaligi bilan e'tiborli edi. Bu teatrda birinchi bo'lib 
qutichaga o'xshash kichik sahnada oz sonli ishtirokchi bilan keragida bir olam olomon taas-
surotini tug'dirish usullari joriy etildi. L. Kroneg jahon rejissurasi tarixiga «ommaviy sahnalar* 
kashfiyotchisi sifatida kirdi. U so'zi yo'q ishtirokchilarni guruh-guruhga ajratar va ularning har 
biriga asosiy aktyorlar tarkibidan rahbar tayinlar, natijada guruh umumiy vaziyatni buzmay, 
belgilangan ruhiy holatda yashashi kerak edi. 


79 
Asarning rejissorlik talqini namunalari birinchi bor Meyningen teatrida dunyoga keldi. Shu 
rejissorlik rejasi asosida alohida-alohida aktyorlar va ommaviy sahna ishtirokchilari bilan 
davomli mashqlar o'tkazildi, sahnaviy ashyo va jihozlar joy-joyiga joylashtirildi. 
Ko'pgina zamondoshlar, dovrug'li nemis truppasining fazilat-larini ta'kidlash qatori, bu 
teatrda aktyorga nisbatan e'tibor sustligi uning eng jiddiy kamchiligi ekanini ta'kidlaganlar. 
A. Antuan meyningenchilar san'atidan kuchli ta'sirlanganini tan olgani holda keskin 
mulohazalar ham bildirgan: «Gersog pulni aya-may, xotamtoylik bilan sotib olgan serhasham 
matolarni ko'z-ko'z qi-lishga monand atayin o'tkir ovozli, yelkador aktyorlar tanlangandek 
taassurot qoldiradi*. K. S. Stanislavskiy esa meyningenchilar «eski ak-tyorlik o'yini usullarini 
isloh qila olmadilar*, der ekan ayni paytda ular uning ilk ijodiga kuchli ta'sir ko'rsatganliklarini 
alohida ta'kidlagan. Staniislavskiy truppa muholiflariga javoban shunday yozgan edi: «Truppada 
birorta iste'dodli aktyor yo'q deydilar. Bu noto'g'ri. Barnay, Teller va boshqalar bor, ular faqat 
tashqi jihatdan e'tiborni qaratishgan, hamma narsani yasama deyish to'g'ri emas*. 
«Mayningen teatri* o'z amaliyoti bilan rejissor boshchiligi maqomini tasdiq etgan birinchi 
namunali teatr sifatida o'zini ko'rsatdi. Aynan shu teatrda rejissor teatr ijodiy jarayonining tash-
kilotchisi sifatida o'zini namoyon etdi. Meyningenchilar teatr tarixiga rejissyorlik san'atining ilk 
dovonlarini zabt etgan ijodkorlar sifatida kirdilarki, Germaniyada O. Bram, Fransiyada A. 
Antuan, Rossiyada K. S. Stanislavskiy o'z ijodlari bilan rejissurada navbat-dagi dovonlarni 
egalladilar. 


80 

Download 1 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   64   65   66   67   68   69   70   71   ...   88




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish